• Nazariy qism
  • 5. amaliy mashg‘ulot




    Download 44.5 Kb.
    bet1/2
    Sana02.04.2024
    Hajmi44.5 Kb.
    #185785
      1   2
    Bog'liq
    5-AMALIY MASHG
    3-MAVZU, 7 fizika uzb 2017 (1) kk emas-010, 7 fizika uzb 2017 (1) kk emas-011, 1s6c1s6c1s6c1s6c1s6c1s6c1sc6c1sf6e16asvd1bv6fsb1s1616, 10-MUSTAQIL ISH 403-GURUH TALABASI XONAZAROVA SHABNAM QIYOSIY PEDAGOGIKA, OfferI ru, Samadova Zebuniso Tarbiya fanining dolzarb muammolari slayd, “Qurilish materallari va buyumlari’’ fanidan yakuniy nazorat savollari, bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, Юксак.Силлабус 2023-2024, @kompyuterscience 5 9 sinflar uchun yillik taqvimiy ish reja, Kredit-modul-tizimi-Nizomi (1).pdf tojikcha, Oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlaritttt, 5G31jGSM0zvSWRIaL68WhTdV40kHSYwRViM8TQMW, Tajriba ishi 8

    5.AMALIY MASHG‘ULOT




    Ta’mirlash-xizmat ko‘rsatishda konstruktorlik, texnologik va tashkiliy- iqtisodiy tayyorgarlikni tashkil qilish


    1. Mashg‘ulotning maqsadi


    Ta’mirlash-xizmat ko‘rsatishda konstruktorlik, texnologik va tashkiliy- iqtisodiy tayyorgarlikni tashkil qilishni o‘rgatishdan iborat.


    1. Nazariy qism


    Ta’mirlash-xizmat ko‘rsatish ishlab chiqarishining konstruktorlik tayyorlashida puxtalik, ishlash muddati, tejamkorligi va boshqa qayta ishlab chiqariluvchi mashinalarning ko‘rsatgichlari, hamda ta’mirlash korxonasini zarur bo‘lgan konstruktorlik hujjatlar bilan ta’minlash bo‘yicha talablar ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorgarlikning asosiy ish hajmi korxonadan tashqarida bajariladi.


    Ta’mirlash korxonasining konstruktorlik tayyorgarligi quyidagi tartibda tashkil qilinadi: ta’mirlashga texnik vazifa ishlab chiqiladi, unda yangi mashinaning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlardan farqi ko‘rsatiladi; ta’mirlashning taxminiy tannarxi aniqlanadi; ta’mirlashning maqsadga muvofiqligi va samaradorligi belgilanadi; detallarni tiklashning texnologik uslublari tanlanadi; ishchi chizmalar tayyorlanadi.
    Ta’mirlash-xizmat ko‘rsatish korxonasini konstruktorlik tayyolashda, mashinalarni ishlab chiqaruvchi asosiy korxonaning; foydalanish va ta’mirlash korxonasining asosiy hujjatlar taqdim etilishi kerak.
    Texnik tayyorlash ishlarining umumiy kompleksida ta’mirlash ishlab chiqarishdagi texnologik tayyorlash, texnologik operayasiyalarni ishlab chiqishni, texnologik va loyiha-texnologik hujjatlarni, tartibni ta'minlash va unga rioya qilish nazorat hujjatlarini, qurilma va yordamchi uskunalarni yasashni o‘z ichiga oladi.
    Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash o‘zaro bog‘langan jarayonlar majmuasi bo‘lib, kerakli sifatga ega bo‘lgan buyumni belgilangan muddatlarda, hajimda va xarajatlarda ishlab chiqarishga korxonaning texnologik tayyor ekanligini ko‘rsatadi. Buning uchun tipoviy texnologik kartalardan, ilmiy tadqiqot ishlarining ma’lumotlaridan, sanoat korxonalarining tajribalaridan foydalaniladi.
    Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash, ishlab chiqarishni texnologik xizmat strukturasini shakillantirish yoki mukammallashtirish va ishlab chiqarishni texnologik funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot, matematik va texnik jihatdan ta’minlashdan iborat.
    Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashda transportlashdagi mehnat sarfi aniqlanadi, nostandart uskunalarni yaratiladi, mehnat unumdorligini oshiruvchi moslamalar loyihalanadi va yasaladi.
    Bir rusumdagi traktorlarni ta’mirlashda maxsus, bir necha rusumdagi traktorlarni ta’mirlashda esa universal uskunani qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
    Texnologik qurilma mehnat unumdorligini bir necha baravar oshiradi. Ammo, uni ishlab chiqish va yasash mashaqatli va uzoq muddat talab etadi. Texnologik qurilma va nostandardat uskunaga hujjatlar markazlashtirilgan holda ilmiy-tadqiqot instiutlarida (GOSNITI nostandart uskunalarining albomlari) tayyorlanadi. Texnologik tayyorlashning bu qismi konstruktorlik tayyorlash bilan qat’iy bog‘langan.
    Texnologik qurilmaga va nostandart uskunaga hujjatlarni rasmiylashtirishdan avval quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi: loyihalash, tajriba namunasini yasash, ishlab chiqarishda tekshirish, tekshirish natijalari bo‘yicha hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish.
    Mashinani ta’mirlash sifatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar texnologik qoidalarga tizimli rioya qilishni talab etiladi. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash tadbirlari texnik nazorat xizmatining tashkil qilish asosini va uning mavjudligini tashkil qiladi.
    Detallarni tiklash texnologik jarayonini ishlab chiqishda, quyidagi bosqichlarni amalga oshirish talab qilinadi: texnologik jarayonni ishlab chiqish
    uchun dastlabki ma’lumotlarni tahlil qilishni; amalda harakatda bo‘lgan guruhli texnologik jarayonni yoki yakka shaklda ishlab chiqarish jarayonning o‘xshatmasini topishni, hamda azalgi xomaki detalni va uni yasash usulini va texnologik bazasini tanlashni; ishlov berish texnologik marshrutini tuzishni; texnologik operatsiyalarni ishlab chiqishni; texnologik jarayonni me’yorlashni; havfsizlik texnikasi talablarini aniqlashni; texnologik jarayonlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashni; texnologik jarayonlarni rasmiylashtirishni.
    Ta’mirlash-xizmat ko‘rsatish ishlab chiqarishini tashkiliy-iqtisodiy tayyorlash texnik tayyorlashning zarur va ajratib bo‘lmaydigan qismi hisoblanadi, u asosiy uch bosqichni o‘z ichiga oladi: 1- korxonani ishlab chiqarish faoliyatini o‘zgarishi munosabati bilan korxonani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishini dastlabki loyihalash; 2- konstruktorlik va texnologik tayyorlash bosqichlaridagi yechimni iqtisodiy asoslash; 3- yangi texnikani, progressiv texnologiyani va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash rejasi bo‘yicha zamonoviy texnologiyani va ishlab chiqarishga joriy etilishi munosabati bilan korxonani ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati yakuniy ko‘rsatgichlarini hisoblash.
    Ta’mirlash korxonasini iqtisodiy tayyorlashning yakuniy maqsadi tavsiyalar kompleksini berishdan iborat, ulardan asosiylari quyidagilar: detallarni, uzellarni va agregatlarni tiklashning maqsadga muvofiqlini va samaradorlini iqtisodiy jihatdan asoslash; mashina detali, uzeli ta’mirlashdan keyingi maqbul resursi; kapital va boshqa ta’mirlash turlarini, ta’mirlash korxonasining maqbul dasturini bajarishning maqsadga muvofiqligini aniqlash.
    Ta’mirlash korxonasining iqtisodiy asoslash bo‘yicha hisob natijalari ta’mirlash bazasini markazlashtirish va ixtisoslashtirish yo‘nalishini ehtimollash uchun dastlabki material bo‘lib xizmat qiladi.
    Ishlab chiqarishni tashkiliy tayyorlash ta’mirlash ishlab chiqarishning quyidagi asosiy ko‘rsatgichlarini o‘z ichiga oladi: ritmni, vaqtni fondni, mashinani ta’mirlashda bo‘lish vaqtini, ta’mirlash fronti va boshqalarni. Ishlab chiqarishni tashkil qilish ishlab chiqarish strukturasini, knstruktorlik va texnologik xizmatni, ta’mirlash-xizmat ko‘rsatish bo‘linmalarni va boshqa xo‘jaliklarni loyihalashni
    nazarda tutadi. Ta'mir ishlab chiqarishda mehnatni tashkil qilish yo‘nalishida muxandis-texnik xodimlarni tayyorlash va ishchilarning faoliyatini reglamentlovchi hujjatlarni ishlab chiqshni nazarda tutadi. Ish joylarining loyihalarida texnik, iqtisodiy va energometrik talablarni hisobga olish asosida shakillantiriladi. Ish joylarini zarur bo‘lgan uskunalar, qurilmalar, texnologik kartalar, boshqa hujjatlar bilan materiallarning, asbobning, bug‘ning, suvning, siqilgan havoning sarfini reglamentlashtiruvchi me’yorlar tartibi ishlab chiqariladi.



    1. Download 44.5 Kb.
      1   2




    Download 44.5 Kb.