xizmatda dastlabki ulanishda boshlang‘ich 2 Gb hajmdagi joy bepul tarzda
beriladi. Ushbu xizmatdan ShK orqali foydalanilganda maksimal bir fayl uchun
10
Gb
joy ajratiladi. Ma’lumotni almashinish qulay bo‘lishi va tezkorligi uchun
tizimda taqsimlangan katalog (shared folders) mavjud bo‘lib, bunda foydalanuvchi
ushbu katalogga boshqa foydalanuvchilar foydalanishi uchun ularga ruxsat beradi.
Kalitlarni boshqarish. DropBox kalitlarni boshqarish infratuzilmasi cheklangan
boshqaruvga ega bo‘lgan operativ, texnik va protsedurali xavfsizlik boshqaruvi
asosida qurilgan. Shifrlash kalitlarini hosil qilish, almashish va saqlash
desentralizatsiya jarayonlari uchun taqsimlanadi.