|
Pedagogik faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari
|
bet | 5/7 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 30,39 Kb. | | #112794 |
Bog'liq 2-Mavzu Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari Reja-fayllar.org3.Pedagogik faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari.
Pedagogik faoliyatning o’ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo’ladi.
Inson tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o’zining alohida xususiyatlari, ro’y berayotgan voqealarni idrok qilishi va ularga o’zicha baho beradigan, takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta’kidlanganidek, har bir shaxs takrorlanmasdir. U pedagogik jarayonning o’z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo’lgan ishtirokchisi hamdir.
Pedagog doimo o’sib-o’zgarib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga yondashishda bir xil qolip, shakllanib qolgan xatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi.
O’quvchilarga pedagogdan tashqari, atrof-muhit, ota-ona, boshqa fan o’qituvchilari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy hayot ham ta’sir etadi. Shuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o’zida jamiki ta’sirlarga va o’quvchilarning o’zida paydo bo’lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda tutadi.
Pedagogik maqsadning o’ziga xosligini quyidagilarda bilish mumkin:
Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya’ni pedagog faoliyatining natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog`liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo’naltirilgan. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma-ketligi)ni ta’minlaydi. Bir avlod tajribasini, ikkinchi avlodga o’tkazadi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqaradi.
Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog`liq. Bunda pedagogik maqsad o’quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Pedagog o’z faoliyati maqsadini va unga erishish yo’llarini aniq tasavvur qilishi va bu maqsadga erishish o’quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Gyote ta’kidlaganidek: «Ishonch bilan gapir, ana shunda so’z ham, tinglovchilarni mahliyo qilish ham o’z-o’zidan kelaveradi».
Pedagogik (ta’lim-tarbiya) jarayonda o’quvchi faoliyatini boshqarish shuning uchun ham murakkabki, pedagog maqsadi doimo o’quvchi kelajagi tomon yo’naltirilgan bo’ladi. Buni anglagan holda, mohir pedagoglar o’z faoliyatini mantiqan o’quvchilar ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar. Hamkorlik pedagogikasining tub mohiyati ham ana shundan iborat.
Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o’ziga xosligi o’qituvchidan quyidagilarni talab qiladi:
- jamiyatning ijtimoiy vazifalarini to’la anglab, o’z shaxsiga qabul qilishi. Jamiyat maqsadlarini «o’sib» uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi;
- muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi;
- o’quvchilar qiziqishlarini e’tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning belgilangan maqsadlariga aylantirish;
O’quvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta’sir ko’rsata oladigan kishigina haqiqiy tarbiyachidir. Bunga erishish uchun pedagog o’zining axloqiy sifatlarini doimo takomillashtirib borishi zarur. O’quvchilarni mehnat, muloqot, o’yin, o’qish kabi faoliyat turlarida ishtirok etishlari tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir mohir pedagog o’zining individual pedagogik tizimiga ega bo’lishi kerak.
Ayrim pedagoglar kasbiy mahorat sirlarini egallash uchun, avvalo ta’lim-tarbiya metodlarini takomillashtirishga intiladilar. Bu tabiiy hol, chunki aynan metodlar yordamida pedagog o’z o’quvchilarini turli o’quv faoliyatiga jalb qiladi. Shu bilan birga o’quvchilarni bilim olishga qiziqtirishda o’qituvchi tomonidan tanlangan metodlar, usullar va topshiriqlardan boshqa sabablar ham ta’sir etadi. Pedagog faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi uning shaxsi, xarakteri, o’quvchilar bilan muomalasiga ham ko’p jihatdan bog`liq bo’ladi. Odatda bularning ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’siri ahamiyatsizdek tuyuladi. Ammo tajribali pedagog, uning xatti-harakati o’quvchilarga qanday ta’sir ko’rsatayotganligiga ahamiyat berib, unga kerakli tuzatishlar kiritib, takomillashtirib boradi. Shuning uchun ham pedagogik mahoratni o’qituvchi shaxsi sifatlarini majmui sifatida qaralib, uni o’qituvchi yuqori darajada psixologik-pedagogik tayyorgarlikka ega bo’lishi bilan bog`liq bo’lishini unutmaslik lozim.
|
| |