Naqdsiz hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish




Download 29,35 Kb.
bet3/8
Sana30.01.2024
Hajmi29,35 Kb.
#148263
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 Mavzu Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobi.

Naqdsiz hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish.
Korxonalar orasida sodir bo’ladigan hisob-kitoblar quyidagi birlamchi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va amalga oshiriladi:
1. Me’morial order;
2. To’lov talabnomasi;
3. To’lov topshiriqnomasi;
4. Inkasso topshiriqnomasi;
5. Akkreditivga ariza;
6. Pul cheklari;
7. Plastik kartochkalar;
8. To’lov kvitantsiyalari.
Barcha hisob-kitob hujjatlarida quyidagi majburiy rekvizitlar mavjud:
1. Hujjatning raqami va tuzilgan sanasi;
2. Mablag’ to’lovchi korxonaning nomi, kodi, bankdagi hisob-kitob schyotining va soliq to’lovchining identifikatsiya raqami;
3. Mablag’ to’lovchi korxonaga xizmat qiluvchi bankining nomi va kodi;
5. Mablag’ oluvchi korxonaning nomi, kodi, bankdagi hisob-kitob schyotining raqami va soliq to’lovchining identifikatsiya raqami;
6. Mablag’ oluvchi korxonaga xizmat qiluvchi bankining nomi va kodi;
7. To’lovning summasi (raqamlar va yozuvlarda ko’rsatiladi);
8. To’lovning maqsadi;
9. Korxona rahbari va bosh hisobchisining imzosi;
10. Korxona muhri.
Tijorat banklarining cheki kitobchalarida qo’shimcha quyidagi rekvizitlar mavjud:
1. Chekning seriyasi va raqami;
2. Chekdan foydalanuvchi shaxsning pasporti (yoki unga tenglashtirilgan hujjatning) seriyasi va tartib raqami;
3. Chekni bank muassasasidan olingan sanasi;

Akkreditivga arizada qo’shimcha quyidagi rekvizitlar mavjud:


1. Akkreditivni amal qilish muddati;
2. Akkreditiv ochish uchun tuzilgan shartnomaning raqami va sanasi;
3. Buyurtmaning tartib raqami;
4. Buyurtma berilgan sana;
5. Yetkazib berilayotgan tovarni, bajarilayotgan ishni yoki ko’rsatilayotgan xizmatning nomi;
6. Akkreditiv bo’yicha to’lovlarni amalga oshirishga asos bo’ladigan hujjatning turi va boshqa qo’shimcha shartlar.
Hisob-kitob hujjatlari qo’lda yoki hisoblash texnika vositasida bank va hisob-kitoblarda ishtirok etuvchi tomonlarga kerak bo’lgan nusxalarda, tuzatishlarsiz to’ldiriladi. Hujjatlarda amalga oshirilgan yozuvlarni bo’yash, chizish va tuzatishga yo’l qo’yilmaydi. Bank cheklari qo’lda binafsha, ko’k yoki qora ranglarda to’ldiriladi.
Pul hujjatlarini ijro uchun qabul qilish bank ish kunining mijozlar bilan ishlash vaqtida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Huquqiy shaxslardan-korxona rahbari va bosh hisobchisining haqiqiy imzolari va korxona muhri mavjud bo’lganda;
2. Yuridik shaxs tashkil qilmasdan turib dehqon xo’jaligi va yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilardan-korxona rahbari va bosh hisobchisining bittasini imzosi va korxona muxrning izi mavjud bo’lganda, agar korxonada muxr mavjud bo’lmasa, u holda hisob-kitob hujjatlari muxr izisiz qabul qilinadi.
Barcha turdagi pul hujjatlarida korxona rahbarining va bosh buxgalterining imzolari o’z qo’li bilan qo’yiladi, faksimiledan foydalanish taqiqlanadi.
Mijozning bankdagi hisob-kitob schyotiga mablag’larni kirim qilish yoki hisob-kitob schyotidan mablag’larni berish hisob-kitob hujjatlarining asl nusxasi bilan, elektron to’lovlardan foydalanilganda, elektron to’lov hujjatiga, plastik kartochkalardan foydalanilganda, plastik kartochka elektron hujjatiga asosan amalga oshiriladi.
Hisob-kitob hujjatlarining barcha nusxalari mijozga xizmat ko’rsatuvchi bankning buxgalteri tomonidan imzolanadi va bank shtampi bilan tasdiqlanadi.
Banklar, fuqarolarning yozma iltimosnomalari va topshiriqnomalariga ko’ra ularning tadbirkorlik faoliyatilari bilan bog’liq bo’lmagan majburiyatlarini, naqd pulsiz amalga oshirishda memorial orderlardan foydalanadilar. Memorial orderlar topshiriqnomada ko’rsatilgan to’lovni to’liq amalga oshirilgandan keyin bank rahbarining va bosh buxgalterning imzolari va muhri bilan tasdiqlanadi va bankning kunlik hujjatlar yig’ma jildiga tikib qo’yiladi. Memorial orderlar bilan sodir etilayotgan operatsiyalarning to’g’riligi bo’yicha javobgarlik bankning rahbari va bosh buxgalteri zimmasiga yuklatiladi.
To’lov topshiriqnomasi mijozning, unga xizmat ko’rsatuvchi bankga, o’z schyotidan oluvchining schyotiga ma’lum bir summani o’tkazib berish to’g’risidagi topshirig’i bo’lib, barcha turdagi to’lovlarni amalga oshirishda foydalaniladi. To’lovga, mijozning bankda ochilgan hisob-kitob schyotida mablag’lar mavjud bo’lgandagina, qabul qilinadi (agarda bank bilan tuzilgan shartnomada boshqa tartib ko’zda tutilmagan bo’lsa).
To’lov topshiriqnomasining sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo’lishi kerak. Ular mos kelmaganda to’lov topshiriqnomasi ijro uchun qabul qilinmaydi (byudjetga va byudjetdan tashqari jamg’arma to’lovlari bundan mustasno).
Pensiya, aliment va boshqa to’lovlar pochta aloqasi orqali amalga oshirilganda, to’lovni tasdiqlovchi barcha hujjatlar, ma’lumotnomalar, pul o’tkazmalari ro’yxati va boshqalar, to’lov topshiriqnomalariga ilova qilinadi va O’zbekiston pochtasi va telekommunikatsiyalar agentligining to’lovni amalga oshirayotgan xududiy bo’limiga taqdim etadi.
Kechiktirib bo’lmaydigan to’lovlar xo’jalik sub’yektlarining bankdagi schyotlaridan, pul mablag’larini hisobdan chiqarish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaga muvofiq, to’lov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi. Bunda to’lov topshiriqnomasining «To’lov maqsadi» ustunida «Kechiktirib bo’lmaydigan extiyojlar summasi hisobidan» deb ko’rsatiladi.
To’lov topshiriqnomalari bankka quyidagi tartibda taqdim qilinadi:
1. Agar mablag’ to’lovchi va mablag’ oluvchi (keyingi o’rinlarda aloqador korxonalar)ga bitta bank xizmat ko’rsatsa, topshiriqnomalar uch nusxada tuziladi. Uning birinchi nusxa to’lov amalga oshirilgandan keyin bankning kunlik hujjatlar yig’ma jildiga tiqiladi, ikkinchi nusxasi mablag’ oluvchining, uchinchi nusxasi esa mablag’ to’lovchining shaxsiy schyotidan olingan ko’chirmaga ilova qilinadi;
2. Agar aloqador korxonalarga turli banklar xizmat ko’rsatsa, topshiriqnomalar ikki nusxada tuzilib, birinchi nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikib qo’yiladi. Ikkinchi nusxasi-mablag’larni to’lovchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilingan holda mablag’larni to’lovchiga taqdim qilinadi.
To’lovlarni amalga oshirishda, «Bank-Mijoz» elektron to’lovlar tizimidan foydalanilganda mijozlardan elektron aloqa kanali orqali olingan elektron to’lov topshiriqnomalari dasturiy nazoratdan o’tkaziladi, zarurat tug’ilganda qog’ozga chiqariladi va tegishli tekshiruvdan so’ng to’lov amalga oshiriladi. To’lovlar amalga oshirilgandan so’ng elektron topshiriqnomalar ikki nusxada qog’ozga chiqariladi, uning bir nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig’ma jildiga tiqiladi, ikkinchi nusxasi to’lovchidan hisob-kitob hujjatlarining asl nusxasini olingunga qadar, taqqoslash uchun bankda qoldiriladi, to’lov amalga oshirilgandan so’ng belgilangan tartibda bankning kunlik hujjatlar yig’ma jildiga tiqiladi.
To’lov talabnomasi, mablag’ oluvchi korxonaning unga xizmat ko’rsatuvchi bank muassasiga to’lovchining hisob-kitob schyotidan talabnomada ko’rsatilgan summani so’zsiz undirib olish to’g’risidagi talabi bo’lib, barcha turdagi to’lovlarni. amalga oshirishda foydalaniladi. Talabnoma mablag’ oluvchi korxona tomonidan unga xizmat ko’rsatuvchi bankga reestr bilan ikki nusxada taqdim qilinadi. Talabnoma korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Talabnomaning birinchi nusxasi, qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda, xizmat ko’rsatuvchi bank buxgalterining imzosi va bankning muxri bilan tasdiqlangan holda mablag’ to’lovchining bankiga beriladi, ikkinchi nusxasi esa mijozga qaytarib beriladi.
Talabnomalar aktseptlangan va aktseptlanmagan bo’ladi.
Aktsepsiz to’lanadigan talabnomalarda, to’lov summasini undirib olish uchun, to’lovchining aktsepti (roziligi) talab qilinmaydi.
Aktseptsiz to’lanadigan talabnoma bank muassasiga quyidagi tartibda taqdim qilinadi:
-agar, aloqador korxonalarga bitta bank muassasi xizmat ko’rsatsa, talabnoma uch nusxada tuziladi. To’lov to’langandan keyin, talabnomaning birinchi nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig’ma jildiga tikib qo’yiladi, ikkinchi nusxasi to’lovchining, uchinchi nusxasi esa mablag’ oluvchining shaxsiy schyotidan olingan ko’chirmaga ilova qilinadi;
-agar, aloqador korxonalarga boshqa-boshqa banklar xizmat ko’rsatsa, talabnoma ikki nusxada tuzilib, pochta orqali to’lovchining bankiga yuboriladi. To’lov amalga oshirilgandan so’ng talabnomaning birinchi nusxasi bankning kunlik hujjatlari yig’ma jildiga tikib qo’yiladi, ikkinchi nusxasi shaxsiy schyotdan ko’chirma bilan birga to’lovchiga beriladi.
Aktseptsiz talabnoma bilan kommunal xizmatlar uchun to’lovlar amalga oshirilganda, talabnomaning bir nusxasi unga ilova qilingan schyot-faktura bilan to’lovchining bankiga taqdim etiladi. To’lov amalga oshirilgandan so’ng talabnomaning birinchi nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig’ma jildiga tikib qo’yiladi, ikkinchi nusxasi shaxsiy schyotdan bilan oluvchi korxonaga beriladi.
To’lovlar elektron to’lovlar tizimi orqali amalga oshirilganda, elektron talabnoma ikki nusxada ko’paytiriladi, uning birinchi nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig’ma jildiga tikib qo’yiladi, ikkinchi nusxasi mablag’ oluvchining shaxsiy schyotidan olingan ko’chirmaga ilova qilinadi.
To’lovchining hisob-kitobda mablag’lar yo’q bo’lganda, talabnoma «Muddatida to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari» nomli 2-sonli kartotekaga joylashtiriladi va bu haqida oluvchining bankiga uch ish kuni mobaynida ma’lum qilinadi, to’lovlar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda, mablag’larni kelib tushishiga qarab to’lab boriladi.
To’lovchining hisob-kitob schyotida yetarli mablag’lar bo’lmasa, u holda bank talabnomada ko’rsatilgan to’lovni qisman to’laydi. Talabnomaning qolgan summasi 2-sonli kartotekaga joylashtiriladi, bunda talabnomaning orqa tomonida qisman to’langan summa miqdori ko’rsatiladi.
To’lovchi belgilangan muddatlarda, sababini ko’rsatib, aktseptdan qisman yoki to’liq voz kechish to’g’risida yozma ariza topshirish huquqiga ega.
Aktsept (rozilik) bilan to’lanadigan talabnoma17 bank muassasiga quyidagi tartibda taqdim etiladi:
-agar aloqador bo’lgan korxonalarga bitta bank muassasi xizmat ko’rsatsa, talabnoma uch nusxada taqdim etiladi. Birinchi va ikkinchi nusxalar to’lovni kutib bankda qoladi, talabnomaning uchinchi nusxasini bankga kelib tushgan kundan keyingi bank ish kundan kechiktirmay, hujjatni qabul qilish sanasini ko’rsatgan holda, aktsept uchun to’lovchiga topshiriladi. To’lov amalga oshirilgandan keyin talabnomaning birinchi nusxasi bankning kunlik hujjatlariga tiqiladi, ikkinchi nusxasi esa mablag’ oluvchining shaxsiy schyotidan ko’chirmaga ilova qilinib unga qaytarib beriladi.
-agar aloqador korxonalarga turli bank muassasalari xizmat ko’rsatsa, talabnoma uch nusxada taqdim etiladi. Talabnomaning uchinchi nusxasi pochta orqali aktsept uchun to’lovchining bankiga jo’natiladi, talabnomaning birinchi va ikkinchi nusxalari to’lovni kutib bankda qoladi. To’lovchi belgilangan muddatlarda talabnomani rahbarning imzosi bilan, uning yuqoridagi chap burchagiga aktsept to’g’risida belgi qo’yib bankka qaytaradi. Agar, to’lovchi belgilangan muddatlarda, to’lovdan to’laligicha yoki qisman bosh tortganligi to’g’risida bankni ma’lum qilmasa, talabnoma umumiy tartibda aktseptlanadi. To’lovdan keyin talabnomaning birinchi nusxasi bankning kun hujjatlariga tiqiladi, ikkinchi nusxasi shaxsiy schyotdan ko’chirma bilan mablag’ oluvchiga beriladi.
Talabnomada ko’rsatilgan summani to’lashga rozilik berishning quyidagi muddatlari belgilangan:
1. Bir shaharda joylashgan mijozlar uchun-talabnoma topshirilganidan keyingi kundan boshlab uch ish kunida;
2. Boshqa shahardagi mijozlar uchun-talabnoma topshirilganidan keyingi kundan boshlab besh ish kunida;
3. To’lovchining asosli iltimosnomasi bo’yicha-talabnoma topshirilgan kundan keyingi kundan boshlab 10 kunigacha;
Agar belgilangan muddatda to’lovchi aktseptdan voz kechish haqida yozma ariza taqdim etmasa, talabnoma aktseptlangan deb hisoblanadi.
Bank mijozning aktseptdan to’liq voz kechish to’g’risidagi arizasini olinganda keyin, to’lov talabnomasini o’sha kuniyoq 1-son kartotekadan olib, to’lovchining aktsepdan yozma voz kechish arizasini nusxasi bilan oluvchining bankiga pochta orqali qaytaradi. Aktseptdan qisman voz kechilganida, talabnoma to’lovchi tomonidan aktseptlangan summa miqdorida to’lanadi.
To’lovchining hisob-kitob schyotida to’lov uchun yetarlicha mablag’ bo’lmaganda to’lov talabnomasi bankning 2-son kartotekasiga joylashtiriladi. To’lov, keyinchalik moliya vazirligi va markaziy bank tomonidan o’rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Quyidagi hollarda to’lovchilarning hisob raqamlaridan mablag’larni aktseptsiz hisobdan chiqarish amalga oshiriladi:

  1. Komunal to’lovlar uchun hisob-kitoblarda;

2. To’lov talabnomasiga da’vo summasini tan olinganligi to’g’risida qarzdorning yozma roziligi ilova qilinganda;
3. Banklar tomonidan berilgan qarz xo’jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan o’z vaqtida qaytarilmaganda. Talabnomaning yuqoridagi o’ng burchagiga «Aktseptsiz» deb yoziladi yoki shtamp qo’yiladi.
Aktseptsiz to’lanadigan talabnomalar to’lovchining bankiga kelib tushgan kuniyoq to’lanadi. Agar, to’lovchining hisob-kitob schyotida mablag’ bo’lmasa, yoki to’lovga yetarli bo’lmasa, to’lov talabnomasi bankning 2-son kartotekasiga to’lanmagan summa miqdorida joylashtiriladi.

Download 29,35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 29,35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Naqdsiz hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish

Download 29,35 Kb.