Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar




Download 29,35 Kb.
bet4/8
Sana30.01.2024
Hajmi29,35 Kb.
#148263
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 Mavzu Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobi.

Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar

Inkasso topshiriqnomasi mablag’ oluvchining unga xizmat ko’rsatuvchi bank muassasiga, to’lovchining schyotidan topshiriqnomada ko’rsatilgan to’lovni so’zsiz o’ndirib olish to’g’risidagi topshirig’i bo’lib, ijroga, to’lovni tastiqlaydigan hujjatning asli yoki dublikati ilova qilinganda qabul qilinadi. Inkasso topshiriqnomalarida ijro hujjatining tartib raqami, sanasi, shuningdek, davlat boji xarajatlari va qarz summalari alohida ajratib ko’rsatiladi.


Inkasso topshiriqnomasini ijroga to’g’ri qo’yilishi bo’yicha javobgarlik, inkasso topshiriqnomasini qo’ygan shaxs zimmasiga yuklatiladi.
Agar mablag’ni undirish muddatlari o’tib ketgan bo’lsa, inkassa topshiriqnomalari bank tomonidan ijro uchun qabul qilinmaydi. Inkasso topshiriqnomalari mablag’ oluvchi tomonidan xizmat ko’rsatuvchi bankga quyidagi tartibda taqdim qilinadi: -agar aloqador korxonalar bir shaharda joylashgan bo’lsa va ularga bitta bank muassasi xizmat ko’rsatsa, topshiriqnoma uch nusxada tuziladi va bankka taqdim etiladi. Uning birinchi, ikkinchi nusxalari ijro hujjatlari ilova qilingan holda bank buxgalterining imzosi va bankning muhri bilan tasdiqlanib, hujjatlarni qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda to’lovni amalga oshirish uchun bankda qoladi, uchinchi nusxasi qabul qilish sanasini ko’rsatgan holda bank buxgalterining imzosi va bankning muhri bilan tasdiqlanib mablag’ oluvchiga qaytariladi;
-agar aloqador korxonalar bir shaharda joylashgan bo’lsa va ularga boshqaboshqa banklar xizmat ko’rsatsa, inkasso topshiriqnomalari bank muassasiga uch nusxada taqdim qilinadi, bunda, birinchi va ikkinchi nusxalar ijro hujjatlari ilova qilingan holda ijro uchun, ijro hujjatlari bilan birga bank buxgalterining imzosi va bankning muhri bilan tasdiqlanib, hujjatlarni qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda to’lovchining bankiga beriladi yoki pochta orqali jo’natiladi, uchinchi nusxasi qabul qilish sanasini ko’rsatgan holda bank buxgalterining imzosi va bankning muhri bilan tasdiqlanib mablag’ oluvchiga qaytariladi;
-agar aloqador korxonalar boshqa-boshqa shaharlarda joylashgan bo’lsa va ularga boshqa-boshqa banklar xizmat ko’rsatsa, inkasso topshiriqnomalari bankga uch nusxada taqdim qilinadi, bunda, birinchi va ikkinchi nusxalari ijro hujjatlari bilan birga bank buxgalterining imzosi va bankning muhri bilan tasdiqlanib, hujjatlarni qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda to’lovchining bankiga pochta orqali jo’natiladi, uchinchi nusxasi qabul qilish sanasini ko’rsatgan holda bank buxgalterining imzosi va bankning muhri bilan tasdiqlanib mablag’ oluvchiga qaytariladi.
To’lovchining bankida inkasso topshiriqnomasini quyidagi tartibda bajariladi:
-agar aloqador korxonalarga bitta bank muassasi xizmat ko’rsatsa, unda, inkasso topshiriqnomasini birinchi nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig’masiga tikib qo’yiladi, ikkinchi nusxasi ijro hujjatlari ilova qilingan holda to’lovni amalga oshirish uchun to’lovchiga shaxsiy schyotdan ko’chirma bilan beriladi;
-agar aloqador korxonalar bir shaharda joylashgan bo’lsa va ularga boshqaboshqa banklar xizmat ko’rsatsa, talabnomaning birinchi nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig’ma jildiga tikib qo’yiladi, ikkinchi nusxasi ijro hujjatlari ilova qilingan holda bank buxgalterining imzosi va muhri bilan tasdiqlanib shaxsiy schyotdan ko’chirma bilan birga to’lovchiga beriladi, uchinchi nusxasi, bank buxgalterining imzosi va muhri bilan tasdiqlanib shaxsiy schyotdan ko’chirma bilan birga to’lovchiga beriladi;
-agar aloqador korxonalar boshqa-boshqa shaharlarda joylashgan bo’lsa va ularga boshqa-boshqa banklar xizmat ko’rsatsa, talabnomaning birinchi nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig’ma jildiga tikib qo’yiladi, ikkinchi nusxasi ijro hujjatlari ilova qilingan holda bank buxgalteriniing imzosi va muhri bilan tasdiqlanib shaxsiy schyotdan ko’chirma bilan birga to’lovchiga beriladi, uchinchi nusxasi, bank buxgalterining imzosi va muhri bilan tasdiqlanib shaxsiy schyotdan ko’chirma bilan birga to’lovchiga beriladi;
-agar to’lovlar elektron inkasso topshiriqnomasi bilan amalga oshirilayotgan bo’lsa, mablag’ oluvchining bankida elektron inkasso topshiriqnomasi ikki nusxada qog’ozga chiqariladi va birinchi nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig’ma jildiga tikib qo’yiladi, boshqa nusxasi mablag’ oluvchining shaxsiy schyotidan ko’chirmaga ilova qilinadi.
To’lovchining hisob kitob schyotida mablag’ bo’lmagan taqdirda, inkasso topshiriqnomasi «Muddatida to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari» nomli 2-sonli kartoteka joylashtirilib, bu haqda mablag’ oluvchining bankiga uch ish kunidan kechiktirmay xabar beriladi. To’lov mablag’larning kelib tushishiga qarab qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Agar inkasso talabnomasi bankning aybi bilan to’liq yoki qisman bajarilmay qolsa, bank qonunchilikda ko’zda tutilgan tartibda va miqdorlarda javobgar bo’ladi.
Quyidagilar inkasso topshiriqnomalarini qo’ya oladilar:
1. Soliq idoralari-davlat byudjetiga, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasiga, joriy va boqimanda qarzlarni undirishda;
2. Komunal xizmat idoralari-to’lov muddati o’tib ketgan qarzdorliklarni undirishda;
3. Bojxona idoralari-o’z muddatida to’lanmagan bojxona to’lovlari va jarimalarini undirishda;
4. Sud ijrochilari-ijro hujjatlari bo’yicha mablag’larini undirishda;
5. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi-respublika byudjetidan moliyalashtirish jarayonida belgilangandan ortiqcha o’tkazilgan mablag’larni qaytarishda.

Download 29,35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 29,35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar

Download 29,35 Kb.