• Molekulalararo va ichki molekulalyar tasir . Vodorod boglanish.
  • 2-Modul: Qatti q jismlarda atomlararo bog’lanishlar va ularning turlari




    Download 84 Kb.
    bet3/4
    Sana28.01.2024
    Hajmi84 Kb.
    #147590
    1   2   3   4
    Bog'liq
    4-8 ma\'ruza
    4-M I. AQLLI SHAXAR docx, 05 120 000327, l;\', Lecture - 1, 1-3 ma\'ruza, 4-8 ma\'ruza, Milliy va jahon tarbiya konsepsiyalarini qiyosiy tahlili.
    Donor - akseptorli bog'lanish. Kovalent bog'lanishning boshqacha donor - akseptorli mexanizmli turi ham bo'lishi mumkin. Bunday kimyoviy bog'lanish bitta atomning ikki elektroni bilan boshqa atomning erkin orbitali hisobiga vujudga keladi. Misol uchun:
    HCl bilan NH3 ni birikishi donor-akseptorli bo'ladi:
    NH3 HC1 NH4Cl yoki NH3  H  NH4
    Ammiak molekulasida azot atomining bo'linmagan elektron jufti bo'ladi. Vodorod ionida 1S - orbital bo'sh uni H deb belgilaymiz.

    Ammoniy ioni hosil bo'lishida azotning elektron jufti azot va vodorod atomlari uchun umumiy bo'lib qoladi, ya'ni molekulyar elektron bulutga aylanadi. Vodorod ionining zaryadi umumiy bo'lib qoladi (u delokallashgan, ya'ni barcha atomlar orasida tarqalgan). Bo'linmagan elektron juftini beradigan atom elektronodonor, uni biriktirib oladigan (ya'ni bo'sh orbital beradigan) atom elektronoakseptor deyiladi.
    Bir atomning (elektrodonorning) ikki elektron jufti va boshqa atomning (elektronoakseptorning) bo'sh orbitali hisobiga kovalent bog'lanish hosil bo'lish mexanizmi donor-akseptorli mexanizm deyiladi. Shu yo'l bilan hosil bo'lgan kovalent bog'lanish donor-akseptorli kovalent bog'lanish deyiladi.
    Molekulalararo va ichki molekulalyar ta'sirVodorod bog'lanish. Yuqorida ko'rib o'tilgan ion, kovalent, metall, donor–akseptor kabi bog'lanishlar kimyoviy bog'lanishning asosiy turi hisoblanadi. Atom va molekulalar orasida bu xil bog'lanishlardan tashqari yana ikkinchi darajali bog'lanish xili–vodorod bog'lanish hamda molekulalar aro tortishish kuchlari (Vander–Vals kuchlari) ham mavjud. Oriyentasion, dispersion va induksion kuchlar ham shular jumlasiga kiradi. Vodorod bog'lanish–kimyoviy bog'lanishning o'ziga xos turidir. U molekulalararo va ichki molekulyar bo'lishi mumkin.
    Molekulalararo vodorod bog'lanish tarkibiga vodorod hamda kuchli elektromanfiy element – ftor, kislorod, azot, xlor va oltingugurt atomlari kiradigan molekulalar orasida vujudga keladi. Bunday molekulalarda umumiy elektron juft vodorod atomidan elektromanfiy element atomi tomoniga siljigan bo'ladi. Bunda musbat vodorod ioni kichiq bo'lganligi uchun boshqa atom yoki ionning bo'linmagan elektron jufti bilan o'zaro ta'sirlanib kuchsizroq bog'ni hosil qiladi. Bu bog'lanish vodorod bog'lanish deyiladi.
    Masalan: Donor-akseptor boglanish ikki xil molekula orasida xam yuzaga chiqishi mumkin. Masalan,
    H3N: + BF3 ---------> H3N:BF3
    Bu yerda NH3 elektron juftli donor bo’lib, BF3 bu elektron juft uchun akseptordir.
    CO molekulasida xam ichki donor-akseptor boglanish mavjuddir. Bunda uglerod akseptor, kislorod donor vazifasini utaydi.
    Odatda vodorod bog’lanish nuqtalar bilan belgilanadi va bu bilan uning kovalent bog’lanishdan ancha kuchsizroqligi ko’rsatiladi. Shunga qaramay, molekulalarning assosilanishi ana shu bog’lanish tufayli vujudga keladi.

    Lekin bu bog’lanishning energiyasi unchalik katta emas. Masalan: kimyoviy bog’lanishlarning asosiy turlarini bog’lanish mustahkamligi 84–1042 kjmol bo’lsa, vodorod bog’lanishniki 21–42 kjmol.

    Download 84 Kb.
    1   2   3   4




    Download 84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-Modul: Qatti q jismlarda atomlararo bog’lanishlar va ularning turlari

    Download 84 Kb.