Ko’p protsessorli ishlov berish, paketli ishlov berish, real vaqt tizimlari, vaqt ajratish, taqsimlangan tizimlar




Download 186,5 Kb.
bet2/5
Sana15.05.2024
Hajmi186,5 Kb.
#234970
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 - маъруза

3.2. Ko’p protsessorli ishlov berish, paketli ishlov berish, real vaqt tizimlari, vaqt ajratish, taqsimlangan tizimlar
Ko’p protsessorli operatsion tizimli mashina bir protsessorli tizimlardek amal qilishi kerak. Farqi shundan iboratki, jarayonlar rejalashtiruvichisi foydalanuvchi topshiriqlari uchun bittadan markaziy protsessor ajratishi, bir paytda bir nechta jarayon aktiv bo’lishi mumkin. quyidagi rasmda multiprotsessorli tizimda har bir protsessor o’z xotirasiga, o’qish-yozish va boshqa resurslarga ega. Bundan tashqari har bir markaziy protsessor o’zining operatsion tizimiga amal qiladi. Har bir protsessor boshqasi bilan aloqa simi orqali bog’langan. Bu sim orqali bir protsessor ikkinchisiga so’rov yuboradi va boshqa protsessor resurslariga murojaat bo’ladi. Bu usulga sust bog’langan protsessorli multiprotsessor tizim deyiladi va u bir protsessorli tizimlar tormog’iga o’xshatish mumkin. Bu usuldan protsessorlar o’rtasida maxsuslashtirish funktsiyasi mavjud bo’lganda maqsadga muvofiqdir.
Misol uchun, vaqt taqsimoti rejimida ishlaydigan tizimlarda, har bir terminal uchun o’zining protsessori mavjud bo’lsin, asosiy protsesoor esa barcha hisoblash ishlarini bajaradi (zarur bo’lganda barcha terminal protsessorlari bilan bog’langan holda).

Protsessorlari sust bog’liq bo’lgan multiprotsessorli tizim


S ust bog’langan protsessorli multiprotsessor tizimlar nisbatan sodda, chunki har bir resur qandaydir bitta protsessorga ajratiladi. Ikkinchi tomondan, resurslar protsessorlar o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri taqsimlanishi mumkin. Bu holga kuchli bog’langan protsessorli multiprotsessor tizimlar deyiladi va ular ma’lum ma’noda OT vazifasini qiyinlashtiradi. Multiprotsessorli tizimlarni tashkil qilishning yana biri etakchi-qaram usulidir. Resurslarni va OT ning boshqa funktsiyalarini bitta asosiy protsessor tomonidan boshqariladi. Protsessorlarning o’zaro aloqasi maxsus aloqa simlari orqali yoki birgalikda ishlatiladigan xotiraning ishchi sohalari orqali o’rnatiladi. Protsessorlar xotira va berilganlar, fayllar birgalikda ishlatilishi mumkin, lekin OT tashkil qiluvchi programmalari va berilganlar strukturasi faqat asosiy protsessor tomonidan foydalaniladi. OTning bunday tuzilishi ma’lum bir kamchiliklarga ega, asosiy protsessorlarning OT xizmati bilan band bo’lib qolganda boshqa protsessorlar «turib» qolishi mumkin, ikkinchidan asosiy protsessor ichida yuz berishi mumkin. Bu muammoni echish uchun har bir protsessorga OT va foydalanuvchi tomonidan talab qilinadigan funktsiyalarni bajarishga ruxsat berishdir.


E takchi- qaram ko’rinishdagi multiprotsesorli tizim.


Bu usulga simmetrik qayta ishlash tizimlar deyiladi. Simmetrik tizimlarda OTning turli qismlari bir vaqtda amal qilish mumkin. Shu sababli bunday operatsion tizimni amalga oshirish boshqalarga nisbatan murakkab bo’ladi. Barcha protsessorlar OT tomonidan ishlatiladigan berilganlarga murojaat qila oladi. Bunda ikkita protsessorlar bitta resurslarni ishlatishda o’zaro kelisha olmasligi mumkin. Bu muammoni echish uchun OT resurslarga murojaat qilishning maxsus vositalaridan va kritik holat jadvalidan foydalanishi mumkin.





Download 186,5 Kb.
1   2   3   4   5




Download 186,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ko’p protsessorli ishlov berish, paketli ishlov berish, real vaqt tizimlari, vaqt ajratish, taqsimlangan tizimlar

Download 186,5 Kb.