|
Optik aloqa kirish tarmog‘ining tuzilishi
|
bet | 5/9 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 330,39 Kb. | | #262434 |
Bog'liq diplom mundarijamm (2)1.2. Optik aloqa kirish tarmog‘ining tuzilishi
Optik aloqa tizimlarida axborotlami yorug‘lik, ya’ni optik signallar ko‘rinishida uzatish va qayta ishlash amalga oshiriladi. Optik aloqa tizimlari uchun yorug‘lik nurlanishi va to‘lqin uzunligi turini tanlash uzatilayotgan axborot xarakteri, shuningdek, nurlanish hosil qilish imkoniyatlari, undan signal shakllanishi, yorug‘lik to‘lqinini uzatish va qayta ishlash va nihoyat, axborotga ega signalni qabul qilishga bog‘liq. 1.3-rasmda Optik aloqa tizimlarining umumlashgan tuzilish sxemasi keltirilgan. Sxema optik aloqa tizimlarining turlari tolali optik aloqa tizimlari va OOAT ga xos standart qurilma (element)lardan tashkil topgan.
Uzatishdagi KHQU, MVQ, OUZ va qabul qihshdagi KHQU, MVQ, OQQ mos ravishda uzatish va qabul qilish traktlarini tashkil etadi. Oraliq stansiyalarda OR o‘natiladi. Tolali optik liniya traktiga OUZ, OUM, OR, OQQ kiradi. OATning umumlashgan tuzilish sxemasi tarkibiga quyidagi texnik vositalar kiradi:
1) uzatish traktining kanal hosil qhuvchi uskunasi (KHQU), u standart o‘tkazish polosali yoki uzatish tezlikli aniq tipli kanallar yoki tipli guruh traktlar sonining shakllanishini ta’minlaydi;
2) traktning muvofiqlashtiruvchi qurhmasi (MVQ), u KHQU chiqishidagi ko‘p kanalli signal parametrlarini optik uzatkich parametrlari bilan muvofiqlashtirish uchun zarur;
3) optik uzatkich (OUZ), elektr signahni optik signalga o‘zgartirishni ta’minlaydi; OUZ tarkibiga quyidagilar kiradi:
1.3-rasm. OATning umumlashgan tuzilish sxemasi
— optik nurlanish manbayi (ONM), u optik tashuvchiga ega bo‘lib, optik tashuvchining bir yoki bir necha parametrlari MVQ dan tushgan ko‘p kanalli elektr signali bilan modulyatsiyalanadi; — moslashtiruvchi qurilma (MQ), u optik nurlanishni optik uzatish muhitiga minimal mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar bilan kiritish vazifasini bajaradi; — optik nurlanish manbayi va moslashtiruvchi qurilma uzatuvchi optik modul (UzOM) deb ataladigan bitta blokka kiradi;
4) optik uzatish muhiti (OUM ), optik nurlanishni uzatish vazifasini bajaradi; OOATda bu atmosfera, kosmik va suvosti aloqa muhitlari bo‘lishi mumkin, TOAT esa optik toladir;
5) optik retranslyator (OR), signalning optik uzatish muhiti bo‘ylab tarqalgandagi so‘nishini kompensatsiya qiladi va turli buzilishlarni korreksiyalaydi; optik retranslyatorlar xizmat ko‘rsatadigan va xizmat ko‘rsatmaydigan bo‘lishi mumkin, ular retranslyatsiya uchastkalari deb ataladigan ma’lum masofalar oralig‘ida o‘matiladi; optik retranslyatorlarda optik signalni elektr signalga aylantirish yo‘li bilan elektr signalni qayta ishlash (kuchaytirish, korreksiyalash, regeneratsiyalash va b.) amalga oshiriladi, so‘ng bu regeneratsiyalangan elektr signal qaytadan optik signalga o‘zgartiriladi; optik retranslyatorlarda, shuningdek, optik signallar ham qayta ishlanadi, ya’ni optik kvant kuchaytirgichlar yordamida kuchaytiriladi;
6) optik qabul qilgich (OQq), optik nurlanishni qabul qilish va elektr signalga aylantirishni taminlaydi, optik qabul qilgich moslashtiruvchi qurilma (MQ) va optik nurlanish qabul qilgichi (ONQQ) dan iborat; moslashtiruvchi qurilma optik nurlanishni uzatuvchi muhitdan minimal yo‘qotishlar bilan qabul qilish uchun kerak; moslashtiruvchi qurilma va optik nurlanish qabul qilgichi qabul qiluvchi optik modul (QqOM) ni tashkil etadi;7) qabul qilish traktining muvofiqlashtiruvchi qurilmasi (MvQ), u QqOM chiqishidan berilayotgan signalni mos keluvchi KHQUning ko‘pkanalli signalga o‘zgartiradi;
8) qabul qilish traktining kanal hosil qiluvchi uskunasi (KHQU), uzatishga teskari jarayon, ko‘p kanalli signalni alohida tipli kanallar va traktlar signallariga ajratishni amalga oshiradi. OAT da optik tashuvchini ko‘p kanalli elektr signal bilan modulyatsiyalash uchun chastotali modulyatsiya (ChM ), fazali modulyatsiya (FM), amplitudali modulyatsiya (AM), qutblanishli modulyatsiya (QM ), intensivlik bo‘yicha modulyatsiyalash va modulyatsiyaning boshqa turlarini qo‘llash mumkin. Optik nurlanishning intensivlik bo‘yicha modulyatsiyalash turi ko‘proq qo‘llaniladi.
Bunga sabab, modulyatsiyaning bu turi keng chastota diapazonida oddiy texnik qurilmalar yarimo‘tkazgich nurlanish manbalari (yorug‘lik diodi, lazer diodlar) uchun bajariladi. Yarimo‘tkazgich manbaning nurlanish intensivligini boshqarish uchun modulyatsiyalaydigan elektr signal bilan mos holda injeksiya tokini o‘zgartirish yetarlidir. Bu tok kuchaytirgich ko‘rinishidagi elektron sxema yordamida oson amalga oshiriladi. Optik nurlanishning intensivlik bo‘yicha modulyatsiyasi teskari jarayon optik signalni elektr signaliga o‘zgartirish masalasini yengillashtiradi. Darhaqiqat, fotoqabul qilgich tarkibiga kiruvchi fotodetektor kvadratik asbob hisoblanib, uning chiqishidagi tok optik maydon amplitudasining kvadratiga proporsional. Intensivlik bo‘yicha modulyatsiyalangan optik signalni bevosita fotodetektorga berib, osongina uni boshlang‘ich signal ko‘rinishini saqlagan elektr signaliga o‘zgartirish mumkin. Optik signallarni qabul qilishning bu usuli bevosita fotodetektorlash usuli deyiladi.
|
| |