|
2. optik kirish tarmoqlari liniyalari va ularda qo‘llaniladigan qurilmalar va o‘lchovlar
|
bet | 4/9 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 330,39 Kb. | | #262434 |
Bog'liq diplom mundarijamm (2)Aloqaning maxfiyligi. Tolali optik kabellar radioto‘lqin diapazonida umuman nur uzatmasligi sababli, undan uzatilayotgan axborotni uzatib-qabul qilishni buzmasdan ruxsatsiz tashqi ulanishlarda eshitish juda qiyin. Optik aloqa liniyasining monitoring tizimi (uzluksiz nazorat) tolaning yuqori sezgirlik xususiyatini qo‘llab, darhol ruxsatsiz tashqaridan eshitilayotgan aloqa kanalini o‘chirishi va xavf (trevoga) signalini uzatishi mumkin. Tarqaluvchi optik signallaming interferensiya effektini qo‘llovchi tizimlar tebranishlar va bosimning ozgina og‘ishlariga sezuvchanligi juda yuqori. Hukumat, bank va m a’lumotlar himoyasiga yuqori talablar qo‘yiladigan boshqa maxsus xizmatlarning aloqa liniyalarini tashkil etishda bunday tizimlar ayniqsa zarurdir.
Yong‘indan himoyalanganligi. Optik tolada uchqun hosil bo‘lmasligi kimyoviy, neftni qayta ishlovchi korxonalar, portlash va yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan binolarda xavfsizlikni oshiradi.
Iqtisodiy jihatdan samaradorligi. Optik tola kvarsdan ishlab chiqariladi. Uning asosini tabiatda keng tarqalgan kremniy ikki oksidi Si02 tashkil etadi. Demak, tolali optik kabellarni ishlab chiqarish uchun noyob rangli metall sarflanmaydi. Mis va qo‘rg‘oshinning dunyoviy zaxiralari chegaralangan hozirgi vaqtda noyob bo‘lmagan mahsulotga o‘tish kabelli aloqa texnikasining kelgusi rivojlanishi uchun m uhim omil hisoblanadi. N atijada optik kabellarning narxi mis kabellarga nisbatan arzonlashadi. Tolali optik kabellar signallarni uzoq masofalarga retranslyatsiyasiz uzatish imkonini beradi. Uzoq masofali liniya traktlarida optik kabellarning qo‘llanilishi retranslyatorlar sonining qisqarishiga olib keladi. Buning natijasida ham sarf-xarajatlar kamayadi.
Foydalanish muddatining uzoqligi. Tola vaqt o‘tgan sari eskiradi, ya’ni yotqizilgan kabellarda so‘nish asta-sekin oshib boradi. Biroq, optik tola ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarining mukammallashuvi bu jarayonni sekinlashtirdi va foydalanish muddatini uzaytirdi. Tolali optik kabellardan foydalanish muddati taxminan 25 yilni tashkil etadi.
Hozirgi kunda turli vazifali va tuzilishli optik tola hamda kabellar ishlab chiqarilmoqda. Keng polosali uzoq aloqa tizimlari, jumladan, magistral aloqa uchun toladan faqatgina asosiy to‘lqin tarqaladigan bir modali kabellaming yangi turlari ishlab chiqarilmoqda. Magistral aloqa liniya traktlarida signal uzatishda tolaning so‘nish va dispersiya parametrlariga ham yuqori talablar qo‘yiladi. Bundan tashqari, optik nurlanish qutblanishining saqlanishini ta’minlovchi tolalar ham ishlab chiqarilmoqda. Yangi turdagi optik tolalarning (siljigan dispersiyasi nolga teng bohmagan), keng polosali kvant optik kuchaytirgichlarning yaratilishi to‘liq optik tizim va optik traktlarning qurish imkoniyatini yaratmoqda. OAT ko‘plab bir qancha afzalliklarga ega bo‘lishiga qaramay kamchiliklarga ham ega. Bu OAT qurilmalarining qimmatliligi va ba’zi optik texnologiyalarning mukammal darajaga yetmaganligi bilan tushuntiriladi. Bunga bog‘liq holda quyidagi kamchiliklami aytish mumkin: — element bazasining qimmatligi. Optik uzatkich va qabul qilgichlarning narxi qimmat. Ayniqsa lazer nurlanish manbalarining narxi qimmat va xizmat qilish muddati chegaralangan. Shuningdek, passiv optik qurilmalar (multipleksor, kommutator, attenyuator va boshqalar)ni ishlab chiqarish ham katta sarf-xarajatlarga olib keladi; — optik tolani montaj qilish va xizmat ko‘rsatishning murakkabligi. Elektr kabelli tizimlarga nisbatan optik kabelli tizimlarni qurish, undan texnik foydalanish, o‘lchov va montaj ishlari murakkab bo‘lib, juda yuqori malakani talab etadi; — tolani maxsus himoyalash zaruriyati. Mikroyoriqlarda signallarning yo‘qolmasligi uchun optik tolani ortiqcha yuklash va bukilishlardan himoyalash kerak. Maxsus himoyalashni tashkil etish, ishonchlilikni oshirish maqsadida optik tolani ishlab chiqarish jarayonida tola epoksiakrilad asosidagi maxsus lok bilan qoplanadi. Bundan tashqari, kabel maxsus po‘lat tross va shisha plastik sterjenlar hisobiga yanada mustahkamlanishi mumkin. Bularning barchasi tolali optik kabel narxini oshiradi. Bundan tashqari, optik diapazon to‘lqin uzunligining kichikligi optik elementlarni tayyorlash texnologiyasini murakkablashtiradi va narxini oshiradi. Bu muammolyar ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi va optik elementlaming mukammalashuvi bilan yechimini topmoqda.
|
| |