2 soat Ishdan maqsad




Download 275.35 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.11.2023
Hajmi275.35 Kb.
#102356
Bog'liq
12-amaliy



12-amaliy ish 
Mavzu: Yo‘l poyini qurishni tashkil qilish va texnologik jarayonlari xaritasini tuzish 
(2 soat) 
 
Ishdan maqsad: Talabalarga berilgan topshiriqga asosan yo‘l poyini qurish texnologik 
jarayonlar hisob ishlarini natijasida texnologik jarayonlar xaritasini ishlab chiqishadi. 
Texnologik xaritalarni tuzish 
Texnologik xaritalar yo‘l poyi asos va qoplamalar, hamda mustahkamlangan yo‘l cheti 
(obochin otmostki) ni qurishga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan pudratlar uchun ishlab chiqiladi. 
Pudratlarning texnologik xaritalarini ishlab chiqish quyidagi tartibda olib boriladi: 
- ixtisoslashgan pudratning texnologik sxemasi belgilab olinadi va eng ko‘p mehnat talab 
etuvchi ishchi jarayonlarini bajaruvchi asosiy (etakchi) mashina tanlab olinadi
- tanlab olingan asosiy (etakchi) mashinaga bog‘liq holda ixtisoslashgan pudratning 
tarkibidagi xususiy pudratlar ro‘yxati belgilab olinadi;
- ixtisoslashgan pudrat tarkibidagi xususiy pudratlar ish yo‘nalishi va soni bajarilayotgan 
ishlar xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi; 
- xususiy pudratlar va ular davomiyliklari oralig‘larida texnologik va tashkiliy 
tanaffuslarga ehtiyoj belgilab olinadi; 
- har bir xususiy pudratning ishlar hajmi aniqlab olinadi;
- har bir xususiy pudratning ishlar hajmini bajarish uchun mexanizatsiyalashgan zvenolar 
optimal tarkibi tanlab olinadi; 
Brigada tarkibi va ixtisoslashgan pudratda ishlatilayotgan mashinalarning hisobi jadval 
shaklida olib boriladi (jadval №). 
Texnologik xaritaning asosiy elementi bo‘lib pudrat rejasi hisoblanadi. Pudrat rejasi qabul 
qilingan ishni tashkil etish uslubini ko‘rgazmali aks ettiradi. Barcha konstruktiv qatlamlarning 
pudrat rejasi har bir ixtisoslashgan pudrat uchun ketma-ket ishlayotgan xususiy pudratlarning 
yig‘indisi sifatida cheqiladi. (ilova). 
Pudrat rejasini tuzish uchun asosiy birlamchi ma’lumotlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
- har bir ixtisoslashgan pudrat davomiyligi
- ixtisoslashgan pudrat tomonidan bajarilayotgan ishlar hajmi; 
- ixtisoslashgan pudrat tarkibida ishchi jarayonlarni amalga oshiradigan mashina va 
jihozlarning tiplari va markalari


 

Download 275.35 Kb.




Download 275.35 Kb.
Pdf ko'rish