2 Stixiyali rivojlanish davri




Download 0,72 Mb.
Sana21.02.2024
Hajmi0,72 Mb.
#160355
Bog'liq
Metrologiya javoblari


Javoblar
1. Metrologiya asoslari fanini o‘rganishdan maqsad: talabalarda xalq xo‘jaligining texnika-texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab-chiqarish, savdo, nazorat va iste’mol bilan bog‘liq bo‘lgan turli metrologik masalalar bilan shug‘ullanish borasida etarli bilim va malakalarni hosil qilish. Asosiy vazifalar esa talabalarni uzluksiz ta’lim tizimida metrologiya asoslari bo‘yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi metrologiya, kvalimetriya, sifatni o‘lchash bo‘yicha fundamental ma’lumotlar o‘rganiladi.

2. O‘lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. Ushbu rivojlanish davrini uning mazmuni va mohiyatiga asoslangan holda quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin:


1) Antik rivojlanish davri.
2) Stixiyali rivojlanish davri.
3) Metrik tizimning joriy etilishi.
4) Metrologiya xizmatlarining integratsiyalashish davri.
5) O‘zbekistonnning mustaqillik davridagi rivojlanish.

3. Kattalik – sifat tomonidan ko‘pgina fizikaviy ob‘yektlarga (fizikaviy tizimlarga, ularning holatlariga va ularda o‘tayotgan jarayonlarga) nisbatan umumiy bo‘lib, miqdor tomonidan har bir ob’yekt uchun xususiy bo‘lgan xossadir.


Kattalikning qiymati – qabul qilingan birliklarning ma’lum bir soni bilan kattalikning miqdor tavsifini aniqlash.

O‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati yo‘l qo‘yilgan xatoliklar ta’sirida olingan natijalar qiymatidir.


4. Kattalikning o‘lchamligiHar bir xossa ko‘p yoki kam darajada ifodalanishi, ya’ni miqdor tavsifiga ega bo‘lishi mumkin ekan, demak bu xossani o‘lchash ham mumkin. Bu haqda buyuk italiyalik olim Galileo Galiley “O‘lchash mumkin bo‘lganini o‘lchang, mumkin bo‘lmaganiga esa imkoniyat yarating” degan edi.


Kattaliklarning sifat tavsiflarini rasmiy tarzda ifodalashda o‘lchamlikdan foydalanamiz.
Kattalikning o‘lchamligi deb, shu kattalikning tizimdagi asosiy kattaliklar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadigan va proporsionallik koeffitsiyenti 1 ga teng bo‘lgan ifodaga aytiladi.
Kattaliklarning o‘lchamligini dimension - o‘lcham, o‘lchamlik ma’nosini bildiradigan (ingl.) so‘zga asoslangan holda dim simvoli bilan belgilanadi.

5. Xalqaro birliklar tizimi1960 yili o‘lchov va og‘irliklarning XI Bosh konferensiyasi Xalqaro birliklar tizimini qabul qilgan bo‘lib, mamlakatimizda buni SI (SI - Systeme international) xalqaro tizimi deb yuritiladi.





6. O‘lchash - bu umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya qabul qilish, o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qo‘llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir.


O‘lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda bo‘lmasin).
O‘lchash usuli esa - bu fizik eksperimentning aniq ma’lum struktura yordamida, o‘lchash vositalari yordamida va eksperiment o‘tkazishning aniq yo‘li, algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir.
O‘lchash natijasi - o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘lchash birligiga ko‘paytmasi tariqasida ifodalanadi.
O‘lchash – bu izlanayotgan kattalik haqida informatsiya qabul qilish va o‘zgartirish jarayonidir.
7.



8. O‘lchash usuli – deganda o‘lchash qonun -qoidalari va o‘lchash vositalaridan foydalanib, kattalikni uning birligi bilan solishtirish usullarini tushunamiz.
O‘lchashning quyidagi usullari mavjud:
1) Bevosita baholash usuli - bevosita o‘lchash asbobining sanash qurilmasi yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchanayotgan kattalikning qiymatini topish. Masalan, prujinali manometr bilan bosimni o‘lchash yoki ampermetr yordamida tok kuchini topish.
2) O‘lchov bilan taqqoslash (solishtirish) usuli - o‘lchanayotgan kattalikni o‘lchov orqali yaratilgan kattalik bilan taqqoslash (solishtirish) usuli. Masalan tarozi toshi yordamida massani aniqlash. O‘lchov bilan taqqoslash usulining o‘zini bir nechta turlari mavjud:
3) Ayirmali o‘lchash (differensial) usuli - o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib, o‘lchanayotgan kattalikning va o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini (farqini) o‘lchash asbobiga ta’sir qilish usuli.
4) Nolga keltirish usuli
5) Almashlash usuli
6) Mos kelish usuli
7) Dinamik o‘lchash

9. Har bir narsani sifati bo‘lganligi kabi o‘lchashlarning sifati va uning mezonlari mavjud. Bu mezonlar o‘lchashlardagi asosiy tavsiflarni ifodalaydi.


O‘lchash sifati aniqlik, ishonchlilik, to‘g‘rilik, yaqinlilik va qaytari-zuvchanlik, xuddi shunday yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolik o‘lchami bilan tavsiflanadi.
O‘lchash jarayonidagi sifat me’zonlari :
1) O‘lchash aniqligi
2) O‘lchash ishonchliligi
3) O‘lchash to‘g‘riligi
4) O‘lchash natijalarining yaqinliligi
5) O‘lchash natijalarining qaytarizuvchanligi
6) O‘lchash xatoligi
7) O‘lchash sub’yekti

10. Har bir fanda bo`lgani kabi metrologiyada ham talaygina aksiomalarni


ko`rishimiz mumkin. Lekin hozir biz shulardan uchta, eng asosiy va


umumiylarini ko`rib chiqmoqchimiz. Ushbu aksiomalar har qanday


o`lchashlar uchun xos bo`lib, bu o`lchashlar hoh oddiy, hoh murakkab bo`lsin,


hoh yuzaki, hoh aniq bo`lsin, hoh tezlashtirilgan, hoh mukammal bo`lsin,


ularning barchasida shu aksiomalarning uyg`unlashganini ko`rishimiz


mumkin:

1-Aksioma.

Aprior ma`lumotsiz o`lchashni bajarib bo`lmaydiHar bir fanda bo`lgani kabi metrologiyada ham talaygina aksiomalarni


ko`rishimiz mumkin. Lekin hozir biz shulardan uchta, eng asosiy va


umumiylarini ko`rib chiqmoqchimiz. Ushbu aksiomalar har qanday


o`lchashlar uchun xos bo`lib, bu o`lchashlar hoh oddiy, hoh murakkab bo`lsin,


hoh yuzaki, hoh aniq bo`lsin, hoh tezlashtirilgan, hoh mukammal bo`lsin,


ularning barchasida shu aksiomalarning uyg`unlashganini ko`rishimiz


mumkin:



1-Aksioma. Aprior ma`lumotsiz o`lchashni bajarib bo`lmaydi
2- Aksioma. Har qanday o`lchash - taqqoslash (solishtirish) demakdir.
3- Aksioma. O`lchash amalidan olingan natija tasodifiydir
Download 0,72 Mb.




Download 0,72 Mb.