|
Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qo’yiladigan talablar
|
bet | 12/14 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 73,08 Kb. | | #248135 |
Bog'liq 2. Texnologik qism Mahsulotning nomenklaturasi Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qo’yiladigan talablar
Sement ishlab chiqarish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-75 «Ishlab chikarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari»ga muvofiq bo‘lishi lozim.
Ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali ta‘minlanadi:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko‘rsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qo‘llash;
ishlovchilarga zararli ta‘sir ko‘rsatmaydigan birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlarni, butlovchi maxsulotlarni qo‘llash, agar ushbu talabni bajarishning imkoni bo‘lmasa, ishlab chiqarish jarayonining xavfsizligini va xodimlarning himoyasini ta‘minlovchi choralarko‘rish;
shikastlanish va kasb kasalliklari manbai bo‘lmagan ishlab chiqarish uskunalarini qo‘llash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarniqo‘llash;
ishlab chiqarish uskunalarini to‘g‘ri joylashtirish va ish joylarini to‘g‘ri tashkil etish;
birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashishning xavfsiz usullarini q‘llash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining xususiyatiga mos keluvchi himoyalash vositalarini qo‘llash;
ish bajarilayotgan paytdagi xavfli hududlarni belgilash. Ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (xavo, tuproq, suv xav- zalari) ifloslanishiga va zararli omillarining tegishli me‘yorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
Ishlab chiqarish jarayonlari soz uskunalarda, soz nazorat-o‘lchash asboblari, himoya to‘siqlari, blokirovkalar, ishga tushiruvchi apparatlar, texnologik asbob- uskunalar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
Ishlab chiqarish jarayoni texnologik hujjatga muvofiq olib borilishi lozim.
Ishlab chiqarish jarayonida birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlar qo‘llanilsa, shuningdek xavfli va zararli ishlab chiqarish omillariga ega bo‘lgan oraliq moddalar hosil bo‘lsa xodimlarga oldindan o‘zini bexatar tutish qoidalari xaqida ma‘lum qilinishi va ular tegishli tartibda o‘qitilishi va himoya vositalari bilan ta‘minlanishi lozim.
Birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlarni qo‘llashga faqat belgilangan tartibda tegishli gigienik me‘yorlar tasdiqlangandan so‘ng ruxsat etiladi.
Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 «Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari» va GOST 12.1.010-90 «Portlash xavfi. Umumiy talablari»ga va ushbu qoidalarga muvofiq ta‘minlanishi lozim.
Ishlab chiqarishda sinalmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni qo‘llash taqiqlanadi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaxarlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (okova suvlari,shamollatish tizimi chiqindilari va boshkalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta‘minlanishi lozim.Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta‘minlangan bo‘lishi shart. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak.Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun yong‘in xavfsizligi davlat xizmati hududiy organi bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va yong‘inning oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.Bino va yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘in vositalari va uskunalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda Iste‘molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004 yil 9 iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 27-son, 317-modda) hamda Iste‘molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004 yil 20 avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 33-son, 379-modda) va mazkur qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.Yoritish va kuvvatli uskunalar xamda elektr tarmoklarining tuzi- lishi xonalardagi sharoitlarga va ulardagi ishlab chikarishning xususiyati- ga mos bulishi shart.Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritkichlari bulishi lozim.Avariya yoritkichlari boshka yoritkichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.Texnologik jarayonlarning nazorat tizimi xizmat ko‘rsatish uchun qulay va xavfsiz joylarga joylashtirilishi lozim. Bu joylarda silkinish, texnologik mahsulotlar bilan ifloslanish, tizimning aniqligi va ishonchliligiga ta‘sir etuvchi mexanik va boshka zararli ta‘sirlar bo‘lmasligilozim.
Texnologik jarayonlarning nazorat tizimidagi asbob-uskuna ta‘- mirlanganidan so‘ng sinovdan o‘tkazilishi hamda uning natijalari pasporti va jurnalda qayd qilinishi lozim.Maxsus suyukliklar bilan bajariladigan ishlar maxsus jihozlangan xonalarda, yoki xonalarda o‘rnatilgan maxsus kameralar (stendlar)da bajarilishi kerak. Xonalarga kirishda «Yong‘indan xavfli!», «Chekilmasin!», «Begonalar kirishi taqiqlanadi!» kabi ogohlantiruvchi va taqiqlovchi xavfsizlik belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.Alohida olingan texnologik jarayon (operatsiya)larda ishlab chika- rishning xavfli va zararli omillarining vujudga kelganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar berishni ta‘minlash maqsadida, gaz tahlil qilish apparatlaridan tashqari, gaz tahlil qilish apparatlarida ishlaydigan yorug‘lik va ovoz beruvchi signalizatorlar ko‘zda tutilishi lozim.Ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari yuzaga kelishi bilan bog‘lik bo‘lgan texnologik jarayonlar va operatsiyalar vaqtida, ushbu hududda xodimga bevosita xavfli va zararli omillarning ta‘sirini chegaralovchi himoya ekrani o‘rnatilgan maxsus stendlar bo‘lishi yoki ushbu operatsiyalar mexanizatsiyalangan (avtomatlashtirilgan) qurilmalardan foydalangan holda amalga oshirilishi lozim.Texnologik jarayon buzilgan hollarda xodimlarga zararli va xavfli omillarning ta‘sir etishi istisno qilinishi va ular uchun ish bajarilayotgan joyni zudlik bilan va hech qanday kiyinchiliksiz tark etish imkoniyati ta‘minlanishizarur.
Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni hajm o‘lchamlari ishlarni bajaruvchi texnologik qurilmalar pasportida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarga muvofik bo‘lishi lozim.Yuk ortish va tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ruyxat rakami 1582, 2006 yil 13 iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006 y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.Vazni 50 kg dan ortiq bo‘lgan yuklarni ortish va tushirish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim.Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kirish joyida harakat yo‘nalishi, yuk ortish va tushirish joyi yoki transport vositalarining to‘xtab turish joyini ko‘rsatuvchi chizma osilgan bo‘lishikerak.
Omborda ustma-ust taxlangan yoki yuk idishlar stellajlari oralig‘idagi yulakning eni 1,5 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Omborda transport vositalari ishlatilganda, yo‘lakka qo‘shimcha qo‘llaniladigan transport vositalari o‘lchamlari kengligidagi yo‘l bo‘lishi lozim.
Tashkilotlarni chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni joriy qilishi, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilarning hosil bo‘lishini qisqartirishi, ularni zararsizlantirishni, qayta ishlashni amalga oshirishi, saralash, saqlash, ko‘mib tashlash va utillashtirishda belgilangan tartiblarga rioya qilishi majburiydir.
Chiqindilarning xavfli turlari begona shaxslarning kirishi cheklangan joylarda, identifikatsiya belgilari va yozuvlari bilan ta‘minlangan holda saqlanishi lozim.Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlashtaqiqlanadi.
Tashkilotda barcha turdagi chiqindilar bilan muomala yuritish bo‘yicha yuriqnoma ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Chiqindilarni yirish, joylashtirish va tashishni ta‘minlayotgan xodimlar chiqindilar bilan muomala yuritishning bexatar usullari bo‘yicha uo‘qitilgan bo‘lishi kerak.
|
| |