20-dars. 10-sinf. 6-bo`lim. Fuqaro muxofazasi




Download 12,51 Kb.
bet3/5
Sana06.02.2024
Hajmi12,51 Kb.
#152307
1   2   3   4   5
Bog'liq
20-dars. 10-sinf. 6-bo`lim. Fuqaro muxofazasi-fayllar.org
1 лаборатория, matematika 1qism 5 uzb, Dustmuhammmad jajonTarix kurs ishi, Jabborov M. 2, Mustaqil ish, 1678121470, Narziyev.REAL, Abdalova Z 2-G fizika optika kurs ishi, 5 sinf Informatika va axborot texnologiyalari fanidan elektron o’quv, FAYZULLAYEV DILMURODNING SUNNIY INTELEKTR, 2-мустакил иш, 48be4525-afa7-41fc-9aba-886b3a1862fd , yGasxtQ9l7TlEVfDMrX3KmMgKOaj6sQoShlI7Y86, 952-21 guruh Ismoilov J DTIYu fanidan 3, arxitektura
Ko`chki - tog` va tepalik yonbag`irlarida ulkan hajmda ortiqcha namlikka ega bo`lgan tuproq massasini og`irlik kuchi ta`siri ostida qo`qqisdan surilishdir.
Ko`chkilar o`z yo`lidagi barcha jonzotlarni supurib ketadi, ekinlarni, bino, inshootlarni, yo`llarni yo`q qiladi, daryo o`zanlarini to`sib qo`yadi.
Respublikamizda Toshkent, Andijon, Farg`ona, Namangan, Samarqand, Surxandaryo, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarining tog` oldi tumanlari ko`chkiga xavfli mintaqa hisoblanadi.
Ko`chki yaqinlashayotganining belgilari:
- tog` va tepalik yonbag`irlari yuzalarida g`ayri oddiy o`zgarishlarning paydo bo`lishi;
- er massasining turli shakldagi uyumlarini, ochiq yoriqlarining paydo bo`lishi;
- yonbag`irga yaqin binolar devorlarida yoriqlarning paydo bo`lishi;
Ko`chki yuz berishi mumkin bo`lgan joyda mavjud bo`lgan har bir kishi quyidagilarni bilishi kerak:
- bunday joylarda imorat qurish mumkin emas;
- ko`chki xavfi yuz berishi mumkinligi to`g`risida xabar kelganda aholi xavfsiz joyga evakuatsiya qilinishi zarur, gaz, elektr, suv tarmoqlari o`chirilishlari kerak;
- mahalliy hokimiyat organlarining ko`rsatmalarini aniq bajarishlari kerak;
- yuz bergan ko`chki oqibatlarini tugatishda faol qatnashish kerak.
Ko`chkining oldini olish uchun yuza suvlari burib tashlanadi, daraxtlar o`tqaziladi, tuproqni ushlab turuvchi muhandislik inshootlari o`rnatiladi, tuproqni quritish uchun transheyalar qaziladi.
Tik tushgan jarlik va tog` yon bag`irlarida asosan shamol uchib ketishi (nurash), er usti va er osti faoliyati ta`sirida tog` jinslarining bo`shashishi hisobiga katta massalar va tog` jinslarining uzilib, ag`darilib tushishi o`pirilish deb ataladi.
1999 yil 21 noyabr kuni Toshkent-O`sh avtomobil yo`lining “Qamchiq” dovonida qor ko`chkisi sodir bo`ldi. Soat 5:30 dan 12:00 gacha sakkiz bor qor ko`chkisi takrorlandi.Natijada 34 ta avtomobil qor uyumi ostida qolganligi aniqlandi. Natijada 29 odam halok bo`ldi, 400 transport vositasi va 1200 dan ortiq yo`lovchi qutqarib qolindi.
Zilzila - tabiatning eng qo`rqinchli va vayron etuvchi hodisasidir. Zilzila er yuzasining seysmoaktiv mintaqalarida yuz beradi. O`zbekiston Respublikasining hududi ham shunday mintaqalar jumlasiga kirib, bu erda er qimirlash 9 ballgacha kuch bilan yuz berishi mumkin. Ayniqsa Farg`ona vodiysi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Toshkent viloyatlari seysmoaktiv mintaqalarga kirib, bu erda er 8-9 ball kuch bilan silkinishi mumkin.
Er qimirlashining kuchi (intensivligi) ballarda 12 balli shkala bo`yicha baholanadi.
1-3 ball - zaif, 4-5 ball - sezilarli, 6-7 ball- kuchli, 8-10 ball - vayron etuvchi, 11-12 ball - halokatli.
Er qimirlashi bir necha soniyadan bir necha sutkagacha davom etishi mumkin (davriy takrorlanib turuvchi er osti turtkilari bilan).
Er qimirlashi yuz berishi mumkin bo`lgan vaqtda geodeziya reperlari ko`tarilishi mumkin, er osti suvlari tarkibining fizik - ximik parametrlari o`zgaradi. Bundan tashqari er qimirlashi yuz berishi kutilayotgan joyda avval bo`lmagan gaz xidi paydo bo`ladi, uy hayvonlari va qushlar bezovta bo`ladilar, yonma-yon joylashgan elektr o`tkazgichlari bir-biriga tegmasada uchqun chiqaradilar, kaltakesaklar o`z inlarini tark etadilar.

Download 12,51 Kb.
1   2   3   4   5




Download 12,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



20-dars. 10-sinf. 6-bo`lim. Fuqaro muxofazasi

Download 12,51 Kb.