• 1.Geologik xavfli hodisalar. O`zbekiston Respublikasida sel, suv toshqini, suv bosishi, er ko`chishlari, o`pirilishlar kabi geologik xavfli xodisalar yuz berishi mumkin. Sel
  • Suv toshqini
  • -o`quv savoli. Tabiiy tusdagi FVlar (zilzila, koʻchishlar, suv toshqini, sel, qor koʻchishi, kuchli shamollar va boshqalar)




    Download 12,51 Kb.
    bet2/5
    Sana06.02.2024
    Hajmi12,51 Kb.
    #152307
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    20-dars. 10-sinf. 6-bo`lim. Fuqaro muxofazasi-fayllar.org

    2-o`quv savoli. Tabiiy tusdagi FVlar (zilzila, koʻchishlar, suv toshqini, sel, qor koʻchishi, kuchli shamollar va boshqalar).
    Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga geologik xavfli hodisalar, gidrometeorologik havfli hodisalar, favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar kiradi.
    1.Geologik xavfli hodisalar.
    O`zbekiston Respublikasida sel, suv toshqini, suv bosishi, er ko`chishlari, o`pirilishlar kabi geologik xavfli xodisalar yuz berishi mumkin.
    Sel - tog` daryolari o`zanlarida to`satdan paydo bo`ladigan suv, qum, loy, shag`al, tosh va tog` jinslari aralashmalarining oqimidir.
    Jala quyishi, haroratni birdan ko`tarilishi sel kelishining birinchi belgilaridan hisoblanadi.
    Quyidagilar sel oqimining bevosita yaqinlashishi haqida ogohlantiradi:
    - sel xavfi bo`lgan daryolarning yuqori qismida barcha shovqinlarni qamrab oluvchi kuchli gumbirlash;
    - sel ko`chirib kelayotgan toshlarning urilishidagi larza;
    - daryolardagi suv sathining keskin ortishi;
    - sel valining “bosh qismi” bilan birga kelayotgan iflos chang bulutining paydo bo`lishi;
    Sel oqimlariga qarshi kurashning eng samarali usullari tashkiliy-xo`jalik, agrotexnik, o`rmon-meliorativ va gidrotexnik tadbirlaridir.
    Sel xavfi tug`ilganda uni harakat yo`nalishida platina mustahkamlanadi, tuproq to`kiladi va vaqtinchalik devorlar tiklanadi, sel tutqichlar quriladi va boshqa ishlar amalga oshiriladi.
    Suv toshqini og`ir tabiiy ofatlardan biridir. Suv sathining ko`tarilib o`zanidan chiqib ketishi suv toshqini deyiladi. Agar bu moddiy zarar etkazib chiqarmasa suv toshishi deyiladi, agar moddiy zarar etkazsa suv bosishi deyiladi. Suv toshqinining asosiy sabablari kuchli yomg`ir, qorlarni tez erishi va daryo, ko`l yoki dengizda suv sathining ko`tarilishidir. Toshqinlar aholi yashash joylarni suv bosishiga, odamlarning, uy hayvonlarining halok bo`lishiga olib kelishi mumkin.
    Suv toshqini xavfi tug`ilganda quyidagi himoya choralarini ko`rish kerak:
    - oziq-ovqat, suv zahiralarini, hujjatlarni olish;
    - mol-mulk bilan evakuatsiyaga tayyorlanish;
    - zarur bo`lgan hollarda avtokameralar, eshiklar, yog`och taxta. bidon kabi doimo kerak bo`ladigan narsalardan suzish vositasi o`rnida foydalanish zarur.
    Toshqin qo`qqisdan yuz bersa zudlik bilan yaqin oradagi tepalikka chiqib olish zarur, agar buni iloji bo`lmasa binoning yuqori qavatlariga yoki tomga chiqib olinadi.
    Biroq, shunga qaramasdan suv ichiga tushib qolinsa, sarosimaga tushmay tezlik bilan ustki kiyimlar, oyoq kiyimlar echib tashlanadi, suv oqimi bo`ylab yaqin oradagi quruq joyga qarab suziladi.
    Suv pasaygandan so`ng faqat qaynatilgan suv ichish va quruq oziq-ovqatlarni iste`mol qilish tavsiya etiladi. Oldindan ko`zdan kechirmay turib uyga kirishga shoshilish mumkin emas. Elektr asboblaridan butunlay qurimaguncha foydalanish ta`qiqlanadi.

    Download 12,51 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 12,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -o`quv savoli. Tabiiy tusdagi FVlar (zilzila, koʻchishlar, suv toshqini, sel, qor koʻchishi, kuchli shamollar va boshqalar)

    Download 12,51 Kb.