|
20 Mavzu Taqdimotlarni ishlab chiqishning instrumental vositalari
|
bet | 1/2 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 30,64 Kb. | | #101807 |
Bog'liq Документ Microsoft Word
20 Mavzu Taqdimotlarni ishlab chiqishning instrumental vositalari
2-mavzu, Allianz, 2020-, QahramonovaBaxmaloy, экспериментал психология 1 мавзу, maftuna, 125994 23, Qoy hám eshkilerdi soyıw texnikası, Maxsus ta\'lim ijtimoiy himoya va integratsiya, ma\'lumotnoma
80-21_guruh talabasi Xudoyqulov Muhammad
4 - laboratotiya mashg‘uloti
Mavzu: Taqdimotlarni ishlab chiqishning instrumental vositalari
Darsning maqsadi: Power Point dasturida turli xil ko‘rinishdagi slaydlardan tashkil
topgan ko‘rgazmali taqdimot materiallarini tayyorlash ko‘nikmasini hosil qilish.
Kerakli jihoz va materiallar: Shaxsiy kompyuter va uning qо‘shimcha qurilmalari,
ma’ruza matnlari, har xil adabiyotlar, ma’ruza daftarlari.
Qisqacha nazariy qism.
Ma’lumotlarni ko‘rgazmali taqdim etish dasturlari universal, imkoniyatlari
keng bo‘lgan, ko‘rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm,
chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videooraliq va boshqalardan tashkil
topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.
POWER POINT prezentatsion (taqdimot) grafikli dasturlar qatoriga kiradi.
Slaydlar ketma-ketligidan hosil bo‘lgan prezentatsiyani (taqdimotni) kompyuter
ekranida, videomonitorlar va katta ekranlarda namoyish qilish mumkin.
Bu dastur bilan ishlashdan avval prezentatsiya, slayd, animatsiya, taqdimot
tuzish tushunchalariga izoh beraylik.
PREZENTATSIYa - bu slaydlar va maxsus effektlar to‘plami bo‘lib, tayyor
material, doklad yoki konspekt shaklida bo‘lib, uni namoyish etish uchun
beriladigan fayl nomi bitta faylda saqlanadi va uni ekranda namoyish qilinadi.
SLAYD - ma’lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan muloqot varaqlari hisoblanadi.
Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi, yani
prezentatsiyaning alohida kadri bo‘lib, ichiga matn va sarlavhalarni, grafik va
diagrammalarni olishi mumkin.
ANIMATSIYa - bu slaydlarni namoyish qilish va ko‘rsatishda ularni
samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar
yig‘indisidan iborat.
TAQDIMOT TUZISh – slaydlardan iborat prezentatsiya yaratish ularni
tahrirlash, ketma-ketligini ko‘rish va bezagini berishdir.
Power Point ni Microsoft Office paketi tarkibidagi boshqa dasturlar kabi ishga
tushirish va yangi xujjat tashkil qilishning bir necha usullari mavjud, ulardan biri:
- PUSK PROGRAMMЫ MICROSOFT OFFICE POWERPOINT;
- ishchi ekranda joylashgan POWER POINT piktorgammasi orqali;
- sichqonchaning o‘ng tugmasi orqali kontekst menyu: SOZDAT
DOKUMENT POWER POINT buyrug‘i tanlanadi(bu buyruq yordamida POWER
POINT dasturiga aloqador yangi xujjat tashkil qilinadi).
Dastur ishini yakunlash OFFICE paketining boshqa ilova dasturlari kabi
amalga oshiriladi:
- dastur menyu satrida joylashgan FAYL ustuni VЫXOD buyrug‘i yordamida;- dastur ishchi ekrani yuqori o‘ng chegara burchagida joylashgan piktogrammasi
yordamida;
- ALT+F4 tugmalari majmui yordamida.
Dastur ishga tushganda uni boshqaruvchi ishchi oynasi hosil bo‘ladi. U to‘rtta
asosiy bo‘limdan iborat.
- Master avtosoderjaniya (Avtomundarija ustasi).
- Shablon prezentatsii (Taqdimot qoliplari).
- Pustuyu prezentatsiyu (Bo‘sh taqdimot).
- Otkrыt prezentatsiyu (Taqdimotlarni ochish).
Dasturning ishchi oynasi 1-rasmda tasvirlangan. Uning tuzilishi:
taqdimotning nomi, menyu bo‘limlari, uskunalar satri va ishni bajaruvchi asosiy
bo‘limlar. Asosiy bo‘limlar ishchi oynaning o‘rtasida joylashgan. Ularning keraklisi
tanlanib «Ok» tugmasi bosiladi.
Dasturning ishchi oynasi va uning asosiy elementlarini ko‘rib chiqamiz:
Qo‘shimcha vositalar panelini bosh menyu satri Servis ustunida joylashgan
Nastroyka bo‘limi yoki Vid ustunida joylashgan Paneli instrumentov yordamida
ekranga joylashtirish mumkin bo‘ladi. Dasturga oid parametlarni o‘zgartirish menyu
satrining Servis ustuni Parametr bo‘limi yordamida amalga oshiriladi.
Ishchi oynadagi mavjud bo‘limlarning har biri o‘z tashkil etuvchilariga ega.
Masalan, yangi taqdimot yaratish kerak bo‘lsa, Pustuyu prezentatsiyu(Bo‘sh
taqdimot) bo‘limi tanlanadi. Natijada turli ko‘rinishlardagi ishchi oynalar hosil
bo‘ladi. Keraklisi tanlanib, taqdimot elementlari joylashtiriladi.
POWER POINT dasturi ishga tushgandan so‘ng ekranda prezentatsiyalar
bilan ishlashda bizga kumak beradigan axborotlarni uz ichiga olgan dasturning
boshlang‘ich mo‘loqot darchasi hosil bo‘ladi. Mo‘loqot darchasi 4 bo‘limdan iborat
bo‘lib bu bo‘limlar quydagilar:
1. Novaya prezentatsiya 2. Iz shablona oformleniya
3. Iz mastera avtosoderjaniya 4. Iz imeyuщeysya prezentatsii
Novaya prezentatsiya bo‘limida 24 maketdan iborat bo‘lgan slayd
ko‘rinishlari joylashgan darcha ochiladi. VЫBERITE AVTORAZMETKU
bo‘limida yangi yaratilgan slayd uchun avtorazmetka aniklash mumkin. Darchaning
pastki o‘ng tomonida uning kiskacha tasvirnomasi berilgan. AVTORAZMETKA
namunasi ustida sichqoncha bosilib keltirilgan slayd maketlaridan kerakli shablon
tanlab olinib ishchi ekranga joylashtiriladi va o‘rnatilgan slayd ustida kerakli amallar
bajarilishi mumkin bo‘ladi.
Muloqot darchasidagi ikkinchi bo‘limi bo‘lib, bu bo‘lim muloqot darchasini
yoki yangi prezentatsiya hosil qilish uchun FAYL menyusidan SOZDAT buyrug‘ini
chaqirishga to‘g‘ri keladi. Iz shablona oformleniya bo‘limida shablon ko‘rinishida
taayor prezentatsiyalar ro‘yxati joylashgan bo‘lib, ishlovchi uchun kerakli bo‘lgan prezentatsiya shabloni tanlanadi va ishga tushiriladi. OBShIE ustunida oddiy
ko‘rinishdagi prezentatsiya shabloni yoki foydalanuvchi tomonidan yaratilgan
prezentatsiya shablonlari ro‘yxati joylashgan.
Dizaynu prezentatsiy ustunida bir slayddan iborat bo‘lgan prezentatsiya har
xil ko‘rinishlardagi shablonlari joylashgan. Prezentatsiya ustunida bir nechta
sllydlardan iborat bo‘lgan prezentatsiya har xil maket shablonlari joylashgan
WEB stranitsa ustunida WEB satrlardan olingan va kompyuter xotirasiga
joylashtirilgan prezentatsiya shablonlari ro‘yxati keltirilgan.
Kerakli prezentatsiya shablon ko‘rinishlari tanlab olinadi va ishchi ekranga
joylashtiriladi.
IZ MASTERA AVTOSODERJANIYa Ushbu(Auto content Wizard)
bo‘limida yangi prezentatsiya yaratish uchun prezentatsiya, uning holati va tipi
tanlanadi. Shundan so‘ng POWER POINT yaratilgan axborotni ko‘rsatishga yordam
beradi. MASTER AVTOSODERJANIYa bo‘limi ishga tushirilganda Poleznыy
sovet nomli mo‘loqot darchasi hosil bo‘ladi. Bu darchadagi Sleduyuщiy
Tugmachasini bosib navbatdagi maslahatni olish mumkin. “OK” tugmachasini
bosish orkali darcha yopiladi. POWER POINTning mo‘loqot darchasi yopilgach,
prezentatsiya hosil qilishning bir necha usullarini taklif kiladi: MASTER
AVTOSODERJANIYa ni qo‘llab prezentatsiya nomi tanlanadi yoki bo‘sh
prezentatsiya yaratiladi. Undan tashqari biz amaldagi prezentatsiya faylini ochish
imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Agar biz har xil ma’ruzalar va reklama namunalarini tayyorlash ishida
tajribasizlik kilsak, u holda MASTER AVTOSODERJANIYadan foydalangan
ma’qul, ya’ni mos tugmani tanlab, OK tugmachasi bosiladi.
Natijada ekranda ketma - ket oltita muloqot darchalari paydo bo‘ladi. Ulardan
biz prezentatsiyamiz asosiy tavsifnomalari uchun foydalanishimiz mumkin.
MASTER AVTOSODERJANIYa navbatdagi muloqot darchasiga o‘tish uchun
«DALEE» tugmachasi bosiladi - oldingi darchaga o‘tish uchun esa Nazad
tugmachasi bosiladi.
OTKRЫT prezentatsiyu bo‘limi orkali kompyuter xotirasida mavjud bo‘lgan
va ishlovchi uchun kerakli bo‘lgan hujjat tanlanadi va ishga tushiriladi.
POWER POINTDA YaNGI PREZENTATSIYa YaRATISh VA
YaRATILGAN PREZENTATSIYaNI XOTIRAGA KIRITISh. Dastur yuklangan
holatda yangi hujjat, ya’ni prezentatsiyani bir necha xil usulda yaratish mumkin.
Bulardan: ishchi ekranda joylashgan menyu satri fayl ustunidagi Sozdat bo‘limi
yordamida prezentatsiya shablonlaridan kerakli shablonni tanlab shu shablonga
asoslanib kerakli slayd maketini tanlab olish va ekranga joylashtirish mumkin.
|
22 Ma`lumotlar bazalari va katta hajmdagi bilan ishlash
|
| |