|
Ta’lim jarayonida bilish faoliyatining bosqichlari
|
bet | 4/6 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 32,87 Kb. | | #99975 |
Bog'liq Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fan um-fayllar.orgTa’lim jarayonida bilish faoliyatining bosqichlari.
Psixik jarayon
|
Psixologik holatlar
|
Shaxsning xususiyatlari
|
|
|
|
|
Bilish jarayoni
|
Xissiy irodaviy
|
Individuallik
|
Sezgilar
|
Emotsiyalar
|
Yo’nalishlar
|
Idrok
|
E’tiqodlilik
|
Temperament
|
Xotira
|
Bardamlik
|
Xarakter
|
Tafakkur
|
Tetiklik
|
Qobiliyatlar
|
Xayol
|
Apatiya
|
Iqtidor
|
Nutq
|
Qiziquvchanlik
|
Aqliy salohiyat
|
Diqqat
|
Hayratlanish
|
Xulq motivatsiyasi
|
Ishonchililik
|
Ish uslubi
|
|
Ijodiy ruxlanish
|
Ma’uliyat
|
|
|
|
|
|
|
Bu bog’liqlikni, avvalo, ta’limni amalga oshish bosqichlarda ko’rishimiz mumkin. Bu bosqichlar quyidagilardan iborat:
Birinchi bosqich - o`quv materiallarini idrok qilishdan iborat. Bunda o’quvchi talaba ta’limning mazmuni bilan tanishib,o’zining bilish vazifalari nimalar iborat ekanligini tushunib oladi. Bunda sezgi, idrok tasavvur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi.
Ikkinchi bosqich - ular o’quv materiallarini tushunib oladilar, uning mohiyatini anglaydilar va umumlashtiradilar. Natijada ularda yani bilimlar paydo bo`ladi. Buning uchun ular analiz, sintez, taqqoslash,xulosa chiqarishdan foydalanadilar.
Uchinchi bosqich – yangi bilimlar, mashqlar, mustaqil ishlar o`qituvchining qo`shimcha izohlari orqali mustahkamlanadi.
To`rtinchi bosqich - ular o’zlashtirib olgan bilimlarni imkoniyatga qarab amaliyotga tadbiq qiladilar.
Ta’lim jarayonining mohiyati va vazifalari.
“Har qanday mushkul ish aql egalari tufayli isloh qilinur”, degan Az-Zamahshariy. XI arsda sharqning buyuk allomalaridan bir Yusuf Xos Xojib “Qutadg’u - bilig” dostonida shunday degan edi: “Kishi ikki xil bo’ladi: biri o’rgatuvchi, ikkinchisi o’rganuvchi. Bu ikki sifatdan mahrum bo’lgan kishi hayvon qatoridandir. Xohlasang buni, xohlasang uni qabul qil”. “Bilimga eltuvchi yagona yo’l, bu faoliyatdir,” degan Bernard-Shou.“Dunyoda ilmdan boshqa najod yo’q va bo’lmag’ay,”-deb ta’kidlagan Al-Buxoriy. Behbudiy “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga paymol bo’lur”, degan. Bilim takrorlash va qaytarish mevasidir degan A.R.Beruniy. Takrorlashning ikki turi mavjud: kundalik takrorlash, maxsus takrorlash A.R. Beruniy bilish cheksiz, uzluksiz davom etadigan jarayon, ta’lim jarayonida o’quvchilarga muayyan ilmiy bilimlar berish ularni yangi-yangi bilimlar olishga undash kerak deb hisoblaydi. A.N. Farobiy inson hayvondan aqli bilan ajralib turadi. “Inson aqli bilan atrofni o’rab turgan dunyoni anglaydi, buyum va hodisalarga ilmiy baho beradi.” Bilish jarayoni kabi ta’lim jarayonida ham o’quvchi bilmaslikdan bilishga, noto’g’ri va noaniq bilishdan tobora to’liqroq va aniqroq, chuqurroq bilishgacha yo’lni bosib o’tadi. Bu jarayonda hissiy idrok etish ham, abstrant tafakkur ham, amalda sinab ko’rish ham bo’ladi. Bilish ikki pallaga - nazariya va amaliyotga bo’linadi. Nazariya yangi bilimni, yangicha bilishni, ifodolovchi tizimli fikrdir. Nazariya har xil shakllarda ifodalanadi: aksioma, teorema, qonun, raqam va boshqa. Nazariyada g’oya shakillanadi. Amaliyot bilimlarning haqqoniyligini ko’rsatuvchi mezondir. Kuzatish, tajriba, o’zgartirish, yaratish-bular amaliyot shakllariga kiradi. Amaliyot - ijtimoiy hayot va tabiatning murakkab jarayonlarini bilib olishda inson uchun asosiy qurol bo’lib xizmat qiladi. Ilmiy bilishning vazifasi hodisalarning mohiyatini, ularning rivojlanish qanuniyatlarini ochishdagina emas, balki biron - bir qonunning qay tariqa namoyon bo’lish sabablarini ham ko’rsatib berishdan iborat. Bilish sezishdan boshlanadi. Sezish tevarak - atrofdagi voqyea, narsa va hodisalarning sezgi orgalariga ta’sir etuvchi ayrim sifatlarining ongimizda aks etishidir. Bunda har bir organ, har bir analizator, I.P.Pavlov ta’kidlaganidek, narsalarning ayrim sifatlarini idrok qiladi. Olimlar ilgari fanda ma’lum bo’lmagan yangi haqiqatlarni kashf etadilar. O’quvchilar esa ta’lim jarayonida olamni bila borib, o’zlari uchun ilgari no’malum bo’lgan, biron fan kashf etgan va odamlarning hayotida tekshirib ko’rilgan yangi bir narsani bilib oladilar. O’qituvchi o’quvchilarni olimlar tomonidan yaratilgan bu qonunni bilishga to’g’ri, yengillashtirilgan, vaqt jihatidan qisqa yo’ldan olib boradi. Ta’lim bilish faoliyatining turi sifatida bir necha asosiy ma’noni anglatadi. Ya’ni bu: o’quvchilarda bilim, malaka va ko’nikmalarni hosil qilish; ularda dunyoqarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish;o’quvchilarning o’qimishli, madaniyatli, ma’naviyatli bo’lishga erishish; ularning bilish qobiliyatlarini o’stiradigan jarayondir iborat. Ta’lim jarayoninig ikki tomonlama harakteri. O’qitish jarayoni ikki faoliyatni ya’ni o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini o’z ichiga oladi. O’qituvchi faoliyati o’quvmateriallarini bayon qilishdan , o’quvchilarda fanga qiziqishni tarkib topdirishdan, ularning mustaqil ishlariga, ko’nikmalarni hosil qildirish, ularni tekshirish, o’qishga xohishini uyg’otish, rag’batlantirish kabi butun faoliyatini xolis baholashdan iboratdir. O’qitish jarayonining ikkinchi tomoni o’quvchining faoliyati bo’lib, u o’quv fani materiallarini o’zlashtirishdan iborat. Ta’limning asosiy maqsadi o’quvchilarni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iboratdir. Bular asosan o’quvchilarda kuzatuvchanlik, tafakkur, xotira kabi bilish qobiliyalari o’stirib boradi, ularda e’tiqod tarbiyalanadi. Maktabda ta’limi uchta funksiyani bajaradi. Ya’ni: birinchi funksiyasi o’quvchilarga biror-bir fandan tegishli ma’lumot beradi. Bu har bir fanning xususiyati va mazmunidan kelib chiqadi. Ikkinchi funksiyasi o’rgatayotgan, berayotgan ma’lumot mazmuniga mos tarzda o’quvchilarni tarbiyalaydi ya’ni, ilmning amaldagi ahamiyatini, unga o’quvchining munosabatini, kishilarga xos insoniy fazilatlarni tarkib toptiradi, xullas inson shaxsini shakllantiradi. Uchinchi funksiyasi, ta’limning ma’lumot va tarbiyalovchi funksiyalari o’quvchi shaxsini rivojlantiradi, umuman yetuk shaxsni shakllantirishga yo’naltiradi. Maktablarda ta’lim uchta funksiyani bajaradi: Birinchidan o’qitayotgan fandan o’quvchilar uchun hali noma’lum bo’lgan ilmiy bilimlar bilan tanish-tiradi. Har bir o’qituvchi o’zi o’qitadigan fan bo’yicha o’quvchilarni ilmiy bilimlar berish vazifasini amalga oshiradi. Ana shu vazifa ta’limning o’rgatuvchi funksiyasi deyiladi. Masalan, matematika fanidan hisob kitobga oid bilimlar berib boriladi. Shu bilan bir vaqtda dars jarayonida shu fanning ilmiy bilimlariga asoslanib o’quvchiga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, oldingi misolimizdagi matematika fanining inson hayotidagi ahamiyati, o’rni muhimligini tarbiyalaydi. Ana shu funksiyasi ta’limning tarbiyalovchi vazifasini yuzaga keltiradi.
Yuqoridagi funksiyalar har bir fanning mazmuni, harakteri va xususiyatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Bu funksiyalarni har qanday mutaxassislar bilishlari va amalda tadbiq etishlari darkor. Bu funksiyalar ta’limda o’zaro uzviy bog’liqlikda amalga oshiriladi.Buni quyidagi ko’rinishda tasavvur qilish mumkin:
Ta’lim + tarbiya= rivojlantirish.
Ta’limning o’sib boruvchi funksiyasi.
Ta’lim va tarbiya jarayonlari inson shaxsini o’stiradi. Shunday ekan pedagogikada ta’limning o’sib borishi to’g’risida gapirimaslik mumkin emas. Hayot shu narsani isbot qilyaptiki, ta’lim jarayonining maxsus o’sib boruvchi yo’nalishi samarali bo’lgandagina o’quvchilar faoliyatining hissiy idrok, harakat, intelektual, irodaviy, emosional motivlari sifatlarining rivojlanishi mumkin. Shu sabablarga ko’ra pedagogikada 1960 yillarda maxsus ta’limning o’sib boruvchi funksiyasi degan termen paydo bo’ldi. Ta’lim jarayonida o’quvchilarning bilimlarini tarkib toptirib, ko’nikmalarni shakllantirib, umumiy rivojlanishi ta’minlanadi. Ta’lim jarayoning o’sib borishni alohida ta’kidlab ko’rsatish kerak.Bunda o’quvchilarning o’qish faoliyatlariga ta’limning o’sib boruvchi ijodiy elementlarini kiritish bilan ta’lim mazmuni va metodlarini kengaytirib borishimiz talab etiladi. O’sib boruvchi ta’limning turli muammolarini taraqqiy ettirishda, uning turli - tuman prinsiplarini va vositalarini rivojlantirishda didaktlar L.V.Zankov, N.A.Menchinskaya, D.B.Elkonin, V.V.Davidov, M.A. Danilov, M.N.Skatkin munosib hissa qo’shdilar. Inson kamoloti taffakursiz bo’lmaydi. Yuqorida biz ko’rib o’tganimizdek inson shaxsining hamma tomonlarini qamrab olmog’i kerak. Shuning uchun ham hozirgi zamon didaktikasi ta’limning o’sib boruvchi funksiyasini takomillashtirish yo’llarini qidirmoqda. Bular hammasi ta’lim va tarbiyaning hal etilishiga bog’liq. Ilmiy axborot oqimining shiddat bilan o’sib borayotganligi shunga olib kelmoqdaki, yil sayin ilmiy bilimlarning umumiy miqdori bilan ularning maktab yoki oliy o’quv yurtida o’zlashtirilayotgan qismi o’rtasidagi farq ortib bormoqda. Birorta ham o’quv yurti kishiga uning ishlashi uchun zarur bo’ladigan bilimlarning hatto kichik bo’lagini ham berishga qodir emas. Hayotning jo’shqin sur’atidan orqada qolmaslik uchun umr bo’yi o’sish, o’sib - o’rganish, o’z bilimlarini to’ldirib borish zarur. Ikkinchi vazifa ta’limning harakterini qayta qurish bilan bog’langan. Tahlilni ta’limni intensivlashtirish muammosidan boshlaymiz. L.V.Zankov ancha mashhur yangi didaktika ta’lim tizimini (kichik maktab yoshdagi o’quvchilar uchun) ishlab chiqgan. Bu tizimiga quyidagi prinsiplar asos qilib olingan: 1. Ta’limni yuqori darajadagi qiyinchilik asosida (qiyinchilik mezoniga qat’iy rioya qilgan holda) qurish. Faqat ana shunday ta’lim, deb ko’rsatib o’tadi L.V.Zankov, jiddiy aqliy ish olib borish uchun oziq berishi hamda o’quvchilarning tez va ildam tez ravishda rivojlanishiga ko’maklashuvi mumkin; 2. Materialni tez sur’at bilan o’tish (yana aqlga to’g’ri keladigan chegarada); ta’limning bilishga ta’lluqli tomonining, nazariy bilimlarning salmog’ini keskin tarzda oshirish. Materialni egallashga olib boradigan yo’l olingan ma’lumotlarni uzviy o’zaro bog’liq holda, o’qituvchining savollariga mustaqil ravishda javob izlash, o’z - o’zini nazorat qilish, o’z - o’zini tekshirish yordamida chuqur anglab olishdir. Ko’rsatib o’tilgan prinsiplarga muvofiq ravishda tashkil etilgan ekspremental ta’lim shuni ko’rsatadiki, o’quvchilar ancha chuqur va mazmunli bilim olibgina qolmay, balki ularning aqliy aktivligi ortadi, yuqori darajadagi intelektual rivojlanishi ta’minlanadi, o’qishga ijobiy munosabati tarbiyalanadi.
|
| |