2016 yilning I choragida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
2016 yilning 22 aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yil II choragidagi faoliyati sarhisobi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning borishi, istiqboldagi vazifa hamda loyihalarni belgilashga bag‘ishlangan Hay’at majlisi tashkil qilindi.
Yig‘ilishda Vazirlikning rahbar va mas’ul xodimlari, hududiy boshqarma boshliqlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat yurituvchi aksiyadorlik kompaniyalari, korxonalar va tashkilotlar va ularning hududiy rahbarlari ishtirok etishdi. Shuningdek sohaning hududiy tashkilotlari xodimlari, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklari huzuridagi Komputerlashtirish markazlari mas’ullari yig’ilishni videokonferensiya shaklida kuzatib borishdi.
Yig’ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 15 yanvardagi majlisidagi mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan ma’ruzasida sohada yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish masalalari ko’rildi.
| Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri - 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahri) - davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994). |
Hay’at yig‘ilishida ta’kidlanganidek, mazkur davrda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 19,8 % ga, jumladan, aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 20,2 % ga o'sgan, shuningdek, komputer dasturlari bilan bog‘liq xizmatlar 33,7%. Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b. Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir. ga oshgan.
Davlat idoralarining veb-saytlari orqali 1200 dan ziyod interaktiv va axborot xizmatlari, turli hujjat va ma’lumotlarni onlayn taqdim etish xizmatlari ko’rsatilmoqda.
Magistral telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilda Respublika hududlari bo‘ylab jami 2000 km (7,98 mln. AQSh doll.) uzunlikda optik tolali aloqa liniyalari qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 500 km uzunlikda aloqa liniyalari qurilishi hisobiga 0,39 mln. AQSh dollari o‘zlashtirildi.
| Dollar (ing . dollar, nem. "Taler" soʻzidan) - 1) Amerika Qoʻshma Shtatlari pul birligi. 1786 y.dan muomalaga (kumush D.) kiritilgan. 1 D. = 100 sent. Xalqaro ifodasi USD. AQSH D. xalqaro hisob-kitoblarda keng qoʻllaniladi. |
Shu bilan birga, Yagona portal orqali aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan talab yuqori bo‘lgan interaktiv xizmatlarni joriy qilish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish va 2016 yilda 40 dan ortiq sifatli interaktiv xizmatlarni joriy qilish lozim.
- Ochiq ma’lumotlar portalida (data.gov.uz) 69 ta davlat organlarining jami 840 dan ziyod to‘plamdagi ochiq ma’lumotlari joylashtirilgan bo‘lib, ulardan 360 mingdan ziyod foydalanilgan.
“UZ” zonasidagi domenlar soni 27 362 taga yetdi (yil boshiga nisbatan o‘sish 108%), ZiyoNET tarmog‘i doirasida ta’lim resurslari soni esa 115 000 taga (o‘sish 105%) yetdi. Milliy elektron pochta foydalanuvchilari soni 323 mingdan oshdi (o‘sish 121%).
Elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida Internet magazinlar orqali buyurtma berilgan tovarlarni mijozlarga yetkazib berish bo‘yicha bir necha korxonalar bilan shartnomalar tuzilgan va 2016 yilning 1 choragida ushbu xizmatni ko‘rsatishdan 600,0 mln.so‘m miqdorida daromad olingan.
Soha ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan bandligini ta’minlash ham kun tartibidagi muhim masalalardan biri bo‘ldi. Vazirlik tizimidagi korxonalar hamda o‘quv muassasalari o‘rtasidagi ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligini kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar yuklatildi. Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
Hay’atda Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarning ijro intizomiga rioya qilish holati, davlat dasturlarining, hukumat va rahbariyat qaror hamda vazifalarining bajaralishiga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, fuqaro murojaatlarga bo‘lgan munosabat atroflicha muhokama qilindi.
Hay’atda 2016 yilda soha oldida turgan muhim vazifalarga urg‘u qaratildi. Jumladan, quyidagilar:
- Internet tarmog‘ining milliy segmentida aholining, ayniqsa yoshlarning axborot resurslariga bo‘lgan talablarini qondirish bo‘yicha ilmiy-ta’limiy, ijtimoiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi veb resurslarni yaratuvchilarni rag‘batlantirish loyihasini amalga oshirish.
- Iqtisodiyotning real sektorida axborot-kommunikatsiya tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarni sifatli hamda o‘z vaqtida joriy etishda korxonalarga kumaklashish.
- “Elektron hukumat” tizimining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini qurish loyihasi bo‘yicha Koreya Respublikasi hukumati bilan zayom kelishuvini imzolash, tender xujjatlarini ishlab chiqish uchun konsultant yollash hamda Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi binosining qurilish ishlarini boshlash;
| Koreya Respublikasi, norasmiy nomlari: Janubiy Koreya, Koreya (hangul: 대한민국, hanja: 大韓民國, tɛː.han.min.ɡuk̚), tinglang (yordam·maʼlumot)) Sharqiy Osiyoda, Koreys yarimorolida joylashgan mamlakatdir. Shimoldan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh. |
- 62 ta raqamli televideniye uzatkichlarini o‘rnatish hisobiga Respublika aholisini raqamli televideniye bilan qamrovini 88%ga yetkazish va 12 dan ortiq raqamli telekanallardan foydalanish imkonini yaratish; Televideniye (yunon. τήλε - uzoq va lot. video - koʻraman) harakatlanayotgan tasvir va tovushni masofadan uzatish tizimidir. Televideniyening ishlash prinsipi tasvir kadrini satrlarga boʻlib uzatishga asoslangan.
- Umumiy sig‘imini 5 ming Terabaytgacha kengaytirish imkoniyatiga ega ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini (data-sentr) ishga tushirish.
Ko’rib chiqilgan masalalar yuzasidan Hay’at qarori qabul qilindi.
|