2017yilda ozbekistonda keng qo‘lamli iqtisodiy islohotlar dasturi




Download 0,98 Mb.
bet3/4
Sana14.05.2024
Hajmi0,98 Mb.
#233348
1   2   3   4
Bog'liq
2017 yilda o\'zbekistonda keng ko\'lamli iqtisodiy islohotlar dasturi

Ikkinchidan, birinchi marta bunday keng ko‘lamli dastur Hukumat va xalq o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot orqali qabul qilindi. Avval uni qabul qilish strategiyasining loyihasi ommaviy axborot vositalarida va Internetda e’lon qilindi va har bir fuqaro o‘z fikrini bildirish, qarashlari bilan bo‘lishish va unga o‘zgartishlar kiritishga imkon yaratdi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda o‘zbek xalqi, jumladan, ekspertlar hamjamiyati vakillari, xususiy sektor, tadbirkorlar, nodavlat tashkilotlar, hatto xorijiy ekspertlar ham strategiyaning hammualliflari bo‘lishdi. Shu orqali xalq qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etish uchun haqiqiy imkoniyatni qo‘lga kiritdi va bu umummilliy muhokama mavzusiga aylandi. Uchinchidan, Strategiya nafaqat hujjat, balki haqiqiy harakatlar va aniq choralar uchun yo‘l xaritasidir. Bu balandparvoz gaplar yoki PR kampaniyasining populist deklaratsiyasi emas. Shu bois bugun biz O‘zbekistonda ijobiy va dinamik o‘zgarishlarni kuzatmoqda

O‘zbekistonda hokimiyat o‘zgarganidan so‘ng o‘tgan bir yil davomida, bu sobiq SSSR hududidagi eng «vazmin» davlat imijning keskin o‘zgarishi bilan hayratga soldi, umumiy qabul qilingan xalqaro shakllarda istalgan sheriklar bilan hamkorlikka ochiqligi haqida ma'lum qildi. Yangi prezident Shavkat Mirziyoyevning Ashxobod, Ostona, Moskva, Pekin, Anqara va Seulga muvaffaqiyatli tashriflari, Toshkentning tashqi iqtisodiy faoliyatini maksimal diversifikatsiya qilish bo‘yicha siyosatini tasdiqladi. O‘zbekiston oldida turgan vazifalar, istiqbollar haqida EADaily nashri An'anaviy madaniyatlar markazi O‘rta va Markaziy Osiyo geomadaniyati va geoiqtisodiyoti bo‘yicha direktori o‘rinbosari Baxtiyor Ergashev (O‘zbekiston) bilan suhbatlashdi.


Valyuta bozorini erkinlashtirishni umumiy iqtisodiy siyosatdan ajratgan holda ko‘rish to‘g‘ri emas. Umumiqtisodiy vaziyat qanday? Mamlakat iqtisodiyotini import o‘rnini bosish modelidan eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish yangi modeliga o‘tish bo‘yicha tizimli ish ketmoqda. Aynan shu bilan qator islohotlar, jumladan valyuta bozorining erkinlashtirilishi bog‘liq. Bu eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish siyosatining iqtisodiy o‘sishi yangi modelini yo‘lga qo‘yishning muhim bosqichi. Va bu siyosatni valyuta konvertatsiyasi mexanizmi va valyuta kurslarini bir xil qilmasdan tasavvur etib bo‘lmaydi. Albatta, bundan so‘ng milliy valyuta - so‘mning devalvatsiyasi yuz berdi - deyarli ikki barobarga. Biroq so‘mning kuchsizlanishi eksport va eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashda ish berdi. Shu bilan birga, yuridik shaxslar erkin konvertatsiyani qo‘lga kiritishdi, jismoniy shaxslar esa qisman konvertatsiyadan foydalanishi mumkin. Hamda konvertatsiyaning bosqichma-bosqich evolyutsiyasi bo‘yicha bu variant – bu to‘g‘ri evolyutsion yo‘l.

Download 0,98 Mb.
1   2   3   4




Download 0,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2017yilda ozbekistonda keng qo‘lamli iqtisodiy islohotlar dasturi

Download 0,98 Mb.