2022 budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish xudayberdiyeva Nilufar Mengqobilovna




Download 460,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana23.05.2024
Hajmi460,88 Kb.
#250825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
budjet-tashkilotlarida-buxgalteriya-hisobi-va-hisobotini-xalqaro-standartlar-asosida-takomillashtirish

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
918 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
ko’pchilik mamlakatlarda hisob va hisobotga qo’yiladigan milliy talablar uchun 
asos bo’lib xizmat qilish;
hisob va hisobotga nisbatan o’z talablarini ishlab chiqayotgan alohida 
mamlakatlar uchun xalqaro etalon sifatida ishlatilishi;
hisobni yuritishda to’la foydalanish uchun qabul qilish (standartlardan 
o’zgartirishlarsiz foydalanish).
Jahon amaliyotida davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining kassa metodi, 
modifikatsiyalashtirilgan kassa metodi, modifikatsiyalashtiril-gan hisoblash metodi 
va xisoblash metodi mavjud.
Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining kassa metodi. Mazkur metodda 
barcha hodisalarni pul mablag’larining harakati bo’yicha qayd qilish ko’zda tutiladi. 
Bunda aktivlar va majburiyatlarga doir ko’pgina hodisalar buxgalteriya hisobi 
doirasida hisobga olinmay qoladi. Mazkur metod sharoitida sotib olingan asosiy 
vositalar sotib olib kelingandan so’ng bir yo’la xarajatlarga qo’shib yuboriladi.
Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining modifikatsiyalashtirilgan kassa 
metodi. Mazkur metodda hisobot yili tugagandan so’ng keyingi yilning birinchi oyida 
sodir bo’lgan va avvalgi hisobot yiliga doir barcha hodisalar tugagan hisobot yiliga 
tegishli deb qabul qilinadi, bu davr ichida avvalgi hisobot yilida qabul qilingan 
barcha majburiyatlarni davlat to’lav beradi va davlat Budjeta avvalgi hisobot yilida 
olishi kerak bo’lgan daromadlarini oladi. Bu tartib hisobotlar davlat sektori uchun 
buxgalteriya hisobining hisoblash metodi bo’yicha tuzilganda ham sakdanib qoladi. 
Bu esa qandaydir darajada aktivlar va majburiyatlarni baholash imkonini yaratadi. 
Mazkur metod sharoitida ham sotib olingan asosiy vositalar sotib olib kelingandan 
so’ng bir yo’la xarajatlarga qo’shib yuborish tartibi saqlanib qoladi.
Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining modifjatsiyalashtirilgan hisoblash 
metodi. Mazkur metodda sodir bo’lgan barcha hodisalar sodir bo’lishi bilan 
daromadlar daromad deb, xarajatlar xarajat deb hamda ayrim aktivlar va 
majburiyatlar ham sodir bo’lgan paytda tan olinadi. Mazkur metod sharoitida kassa 
metodidagi kabi sotib olingan asosiy vositalar sotib olib kelingandan so’ng bir yula 
xarajatlarga qo’shib yuborish tartibi saqlanib qoladi. Bu esa hisobni osonlashtirish 
imkonini beradi hamda davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining hisoblash 
metodiga o’tishni ancha osonlashtiradi.
Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining hisoblash metodi. Mazkur 
metodda sodir bo’lgan barcha hodisalar sodir bo’lgan paytda tan olinadi. Bu metod 
qo’llanilganda asosiy vositalar sotib olib kelingandan so’ng bir yo’la xarajatlarga 
qo’shib yuborish tartibi amal qshgmaydi. Barcha aktivlar qiymati ular-dan 



Download 460,88 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 460,88 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2022 budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish xudayberdiyeva Nilufar Mengqobilovna

Download 460,88 Kb.
Pdf ko'rish