|
2022 budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish xudayberdiyeva Nilufar MengqobilovnaBog'liq budjet-tashkilotlarida-buxgalteriya-hisobi-va-hisobotini-xalqaro-standartlar-asosida-takomillashtirishOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
917
w
www.oriens.uz
February
2022
- Hisob ob’ektini tan olish - Hisob ob’ektini hisobot elementlariga o’tkazish
tartiblari;
- Hisob ob’ektini baholash - Hisob ob’ektini baholash usullarini qo’llash
bo’yicha tavsiyalar hamda talablar;
- Moliyaviy hisobotda aks ettirish - Hisob ob’ekti haqida axborotlarni moliyaviy
hisobotda ochib berish va aks ettirish tartibi.
Budjet hisobi va hisoboti tizimini tartibga soluvchi davlat organi -
O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi
hisoblanadi va Budjet hisobi standartlarini
tasdiqlaydi.
O’zbekiston Respublikasi davlat sektorida buxgalteriya hisobi va hisobotini
takomillashtirish Budjet tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni asosiy
yo’nalishlaridan biri sifatida belgilandi va kontseptsiya qabul qilindi. Kontseptsiyaga
ko’ra Budjet hisobi standartlarini qabul qilish belgilandi.
Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari Xalqaro buxgalterlar
uyushmasi tarkibidagi Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari
Kengashi tomonidan ishlab chiqiladi. Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro
standartlari Kengashi a’zolari Xalqaro buxgalterlar uyushmasi tomonidan tayinlanadi.
Jami 18 a’zo bo’lib 15 tasi Xalqaro buxgalterlar uyushmasi tomonidan, 3 tasi
jamoatchilikdan tavsiya etiladi. Kengashning jamoatchilik a’zolari xar qanday
shaxsdan yoki tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin. Bundan tashqari Davlat sektorida
buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari kengashiga cheklangan miqdorda davlat
sektorida moliyaviy hisobotga manfatdor organlardan kuzatuvchilar tayinlanadi va
ular yig’ilishda fikr bildirish xuquqiga ega lekin ovoz berish xuquqiga ega emas.
Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari Kengashi tomonidan
maslaxat guruxi tashkil etiladi va ular ishchi gurux hisoblanib ovoz berish xuquqidan
foydalanmaydi. Maslaxat guruxi raxbari bo’lib Kengash raisi hisoblanadi.
Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari Kengashi ishlab
chiqadi:
hisoblash usulida qo’llaniladigan Davlat sektorida moliyaviy hisobot xalqaro
standartlari;
kassa usulida qo’llaniladigan Davlat sektorida moliyaviy hisobot xalqaro
standartlari.
Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari butun jahonda
moliyaviy hisobot standartlarining yaqinlashishida, kelishuvida va yanada
yaxshilanishida muhim rol o’ynadi. Ulardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
2022 budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish xudayberdiyeva Nilufar Mengqobilovna
|