• Yong‘in va portlash xavfsizligi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi BINO VA INSHOOTLARNI YONG’IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH ASOSLARI.
  • Binolarni loyihalash va konstruktiv echim qabul qilishda yong‘in xavfsizligini ta’minlash.
  • 2022 Farg‘ona Politexnika Inisituti Yengil Sanoat va to‘qimachilik fakulteti




    Download 7,21 Kb.
    bet1/2
    Sana11.10.2024
    Hajmi7,21 Kb.
    #274530
      1   2
    Bog'liq
    Reja Bino va inshootlarni yong’in va portlash xavfi bo’yicha gu-hozir.org (2)


    Reja: Bino va inshootlarni yong’in va portlash xavfi bo’yicha guruxlanishi

    2022
    Farg‘ona Politexnika Inisituti
    Yengil Sanoat va to‘qimachilik fakulteti
    98-20MMTX guruh talabasi
    RAYIMOV RAHMATULLONINGning
    Yong‘in va portlash xavfsizligi fanidan
    tayyorlagan mustaqil ishi

    • BINO VA INSHOOTLARNI YONG’IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH ASOSLARI.

    • Reja:

    • Bino va inshootlarni yong’in va portlash xavfi bo’yicha guruxlanishi.

    • Binolarni loyihalash va konstruktiv echim qabul qilishda yong‘in xavfsizligini ta’minlash.


    • Tayanch so’z va iboralar: Bino va inshoot, loyiha, yonuvchi gazlar, xavfli hudud, avariya, yengil alangalanuvchi, favqulodda, moyillik darajasi, energiya, qattiq, suyuq va gaz holati, uchqun.

    • Bino va inshootlarni yonish va portlashga moyillik darajasini aniqlashdan maqsad ularda sodir bulajak yong’in va portlashlar oqibatida yuzaga keluvchi buzilishlarni va odamlarga xavfli va dahshatli ta’sirini oldini olishdan iborat. Bino va inshootlarni yonish va portlashga moyilligi, ularning qanday ashyolardan qurilganligiga va ularda mavjud ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan yoki saqlanadigan xomashyolarning yonuvchanlik xususiyatlari bilan belgilanadi. Umumittifoq texnologik loyihalash me’yori (ONTP 24-86. 1.2.3) va qurilish qoidalari va me’yorlari (KMK 2. 01.02-85) ga binoan sanoat korxonalari va omborlari yonish va portlash xavfi bo’yicha 5-ta toifalarga bo’linadi, jumladan A, B, V, G va D. Bularning A va B toifalari yonish va portlashga moyil. V va G toifalari bo’lsa faqat yonishga xavfli deb hisoblanadi. D toifasida esa na yonish va na portlash xavfi mavjud emas.

    • Bino va inshootlarni bunday guruhlanishi, ularda ishlatiladigan yoki saqlanadigan engil yonuvchi gazsimon va suyuq moddalarning bug’lari havo bilan aralashganda, portlovchi gazli muxitni hosil qiluvchi agregat holati va ularning alangalanish harorati (Ta)- ga binoan amalga oshirilgan.

    • A–toifaga yonish va portlash xavfi mavjud bo’lgan, chaqnab yonish harorati 28oS dan past bo’lgan, yonuvchi gaz va engil alangalanuvchi suyuqlik bug’lari havodagi kislorod bilan yoki suv bilan birikishi natijasida, portlashga moyil xavfli bosimi 5 kPa dan oshiq bo’lgan, gazsimon aralashmalar hosil bo’ladigan, korxonalar kiradi. Bu guruhga kiruvchi kimyo sanoatining atseton, oltingugurt, karbon, efir, superfosfat va boshqa moddalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni misol qilib ko’rsatish mumkin.

    • B-toifaga ham yonish va portlash xavfi bo’lgan, chaqnab yonish harorati 28oS dan yuqori bo’lgan , engil alangalanuvchi suyuqlik bug’lari, yonuvchi chang va gazlar havodagi kislorod bilan suv bilan qo’shilganda xavfli, portlovchi aralashma hosil qiluvchi miqdorda bo’lib, ular yonganda xonadagi xavfli bosim 5 kPa dan yuqori bo’ladi. Bunga ammiak ishlab chiqorish sanoatini misol qilib ko’rsatish mumkin.

    • V-toifaga faqat yonuvchi, ya’ni A va B toifalarga kirmaydigan sanoat korxonalari, jumladan chaqnab yonish harorati 120oS dan yuqori bo’lgan, yonuvchi qattiq jismlarni ishlab chiqorish va qayta ishlov berish hamda harxil yoqilg’i moddalarni ishlatiladigan sanoat korxonalari kiradi. Bunga misol qilib, yog’ochni qayta ishlovchi mebelsozlik sanoati, qozg’oz, kardon, to’l qog’oz ishlab chiqaruvchi korxonalarni ko’rsatish mumkin.

    • G-toifaga, yonmaydigan modda va ashyolarning qaynoq, cho’g’langan yoki eritilgan holatida ishlatiladigan korxonalar kiradi. Bunga metallurgiya sanoati korxonalari, issqlik ishlab chiqaruvchi markazlar va bug’xonalar misol bo’laoladilar.

    • D–toifaga, yonmaydigan modda va ashyolarni sovuq holatda ishlatiladigan va saqlanadigan sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari kiradi. Masalan, toshni maydalash, keramika vassement zavodlari shular jumlasidandir.

    • Bino va inshootlarni yong’in va portlash xavfi bo’yicha guruhlanishi, ulardagi barcha xonalarning yonish va portlashga moyillik toifasi aniqlangandan so’ng belgilanadi. Agar binoda A toifaga taalluqli xona bo’lsayu, uning maydoni binodagi barcha xonalarning umumiy maydonidan 5% dan kam bo’lmasa yoki sathi 200 m2 dan ko’p bo’lsa, bu holda bino A toifaga kiradi. Binoda harxil toifaga taalluqli xonalar mavjud bo’lsayu, A va B toifadgi xonalarning yig’indi maydoni, qolgan barcha xonalar umumiy maydonining 5% dan kam bo’lmasa yoki sathi 200 m2 dan ziyod bo’lsa, bu bino B toifaga mansub bo’ladi.
      1   2




    Download 7,21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2022 Farg‘ona Politexnika Inisituti Yengil Sanoat va to‘qimachilik fakulteti

    Download 7,21 Kb.