• Qatnashmadilar
  • Ovoz berish
  • Magistrlik dissertatsiyasining maqsad va vazifalari.
  • Mavzuning o‘rganilganlik darajasi.
  • So‘zga chiqdi dots. N.R. Zaynalov
  • 2023-yil 16-noyabr 3-son majlis bayoni




    Download 24.47 Kb.
    Sana25.12.2023
    Hajmi24.47 Kb.
    #128212
    Bog'liq
    Ilmiy seminar 3-son majlis bayoni 16 nayabr 2023
    Diniy e’tiqod va shaxsning individual -psixologik xususiyatlari , adfdaz, Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari, fakuktet, KTE mustaqil ish uchun metodichka16.05.2020, 10 назорат саволлари, 11-mavzu, moliyaviy natijalar, Leksikologiya, uning obyekti, turlari, vazifalari-fayllar.org, Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi , Ta’limda Akt va interaktiv texnologiyalardan foydalanish, Ilmiy seminar 4-son majlis bayoni 21 dekabr 2023, Kampyuter tizimlari oraliq javoblari, raqamli qurilmalar loboratoriya ishi

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali «Axborot xavfsizligi» kafedrasi ilmiy seminarining
    2023-yil 16-noyabr
    3-son majlis
    BAYONI
    Qatnashdilar: Kafedra mudiri dotsent N.R.Zaynalov, dotsent U.B.Bekmurodov, katta o‘qituvchilar: M.A.Vafayev, I.R.Rahmatullayev assistentlar: U.B.Sharipova,
    M.A.Saidmurodov, E.I.Saydullayev, P.F.Nasriddinova, O.SH.Umurzaqov.
    Qatnashmadilar: assistent A.A.Shakarov
    Taklif qilindi: magistrant J.I.Mahmudov


    KUN TARTIBI:

    Axborot tizimlarida hujum izlarini qidirish va tahlil qilish usullari (magistrant J.Mahmudov).




    Katta o‘qituvchi I.Rahmatullayev eshitildi: Assalomu alaykum, hurmatli kafedra jamoasi, professor o‘qituvchilar kafedraning navbatdagi rejalashtirilgan seminarni bugun o‘tkazayapman. Bugungi kafedra yig‘ilishiga magistrant J.Mahmudov qatnashyapti, sababi nizomga binoan magistrantlar ilmiy seminarlarda ma’ruza qilishlari talab etiladi. Kafedramiz o‘qituvchisi assistent A.Shakarov esa malaka oshirishda bo‘laganligi sababli yig‘ilishda qatnasha olmayabdi. Bugungi yig‘ilishimiz kun tartibi va har xil masalalar bandlari tasdiqlandi, mas’ul shaxslar va so‘zga chiquvchilar uchun reglament belgilandi. Majlisni ochiq deb e’lon qilaman.
    Ovoz berish: Bir ovozdan qabul qilindi.
    Eshitildi magistrant J.Mahmudov:
    Mavzuning dolzarbligi:
    Hozirgi vaqtda kompyuter tarmoqlarida xavfsizlikni ta’minlash eng dolzarb muammolardan biriga xisoblanadi. Kompyuter tarmoqlariga mavjud xavflar kun sayin oshib bormoqda. Buning natijasida foydalanuvchilarning ma’lumotlarini yo‘qolishiga olib kelmoqda.
    Magistrlik dissertatsiyasining maqsad va vazifalari.
    Tadqiqot ishining maqsadi: kompyuter tarmoqlarida xavfsizlikni ta’minlash. Ushbu tadqiqot ishida kompyuter tarmoqlarida xavfsizlikni ta’minlash, mavjud tarmoq hujumlarini aniqlash, tarmoqda uchraydigan hujum izini orqali mavjud tarmoq zaifliklarini aniqlash hamda bartaraf etish usullarini taklif etish.
    Mavzuning o‘rganilganlik darajasi.
    Ushbu yo‘nalishda bugungi kunga qadar jahon miqyosida hamda mamlakatimizning yetakchi olimlari tomonidan bajarilgan ishlar adabiyotlar orqali tahlil qilindi. Mavzuga tegishli bo‘lgan ishlar ochiq axborot tizimlari orqali o‘rganildi.
    Katta o‘qituvchi I.Rahmatullayev eshitildi: Hurmatli kafedramiz professor o‘qituvchilari ushbu magistrlik disertatsiyasini ko‘rib chiqdik, endi o‘z tavsiyalaringizni, fikr va mulohazalaringizni bildirishingizni so‘rayman.
    So‘zga chiqdi dots. N.R. Zaynalov: Disertatsiya ishi natijasida hosil bo‘lgan dasturiy mahsulotning natijalarini aniqliligiga yana bir bor tahlil qilishga e’tibor qaratishni unutmaslik kerak. Muammoning o‘rganilganlik darajasini aniq misollar kesimida keltirish maqsadga muofiq. Magistrant J.Mahmudov tomonidan tadqiqot ishining
    dolzarbligi, vazifalari, ilmiy yangiligi va olingan natijalarning asosli ekanligini aniqroq yoritishni tavsiya etaman.
    So‘zga chiqdi k.o‘q. M.A. Vafayev: Ushbu magistirlik disertatsiyasida qilingan ishlar mavjud ishlar bilan solishtirib avzalliklari hamda kamchiliklarini aniqlash maqsadga muofiq. Magistrantga kelgusidagi ishlarni bajarishda kafedra o‘qituvchilari bilan maslahatlashgan holda olib borish to‘g‘risida tavfsiyalar berildi.
    Qaror qilindi:

    1. J.Mahmudovning magistirlik disertatsiya ishi reja asosida bajarilayotganligi e’tirof etilsin va berilgan ko‘rsatma va tavfsiyalar inobatga olinsin.

    2. Magistrantlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama qilish doimiy amalga oshirilsin.

    Ilmiy seminar rahbari. I.R. Rahmatullayev




    Seminar kotibi: M.A. Saidmurodov
    Download 24.47 Kb.




    Download 24.47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2023-yil 16-noyabr 3-son majlis bayoni

    Download 24.47 Kb.