• Aynan qanday xizmatlar
  • Interaktiv xizmatlar tushunchasi




    Download 40.39 Kb.
    bet7/7
    Sana02.03.2024
    Hajmi40.39 Kb.
    #165512
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    22-mavzu. Elektron hukumat-fayllar.org (1)
    korgazmali, Kompyuter grafikasi oraliq nazorat variantlari, 4-lab.Elektronika, 407, 408, 413, 13 mavzu, spektry-energeticheskih-urovney-mnogozaryadnyh-nanoklasterov-atomov-margantsa-v-kremnii, 17746-Article Text-34848-1-10-20210928 (1), 2-Mustaqil ish mavzulari., 14, 11-MA\'RUZA, 3-mavzu. O’zgarmas kuchlanish sathini siljitish qurilmasi-fayllar.org, Elektronika va avtomatika, matem 6 Metodik tavsiya uzb
    Interaktiv xizmatlar tushunchasi. Interaktivlik orqali foydalanuvchi moddiy, maʻnaviy, ijtimoiy, iqtisodiy, axboriy va ishlab chiqarishning turli manbalaridan ko‘riladigan manfaat mavjud bo‘lsa, unga interaktiv xizmat qilingan deb tushuniladi. Yaʻni, kompyuter dasturlari orqali foydalanuvchiga interaktiv xizmat tashkil etilgan deb tushuniladi. Hozirgi vaqtda, Hukumatimiz tomonidan interaktiv xizmatlarni shakllantirish, tashkil etish va ularni boshqarishga katta eʻtibor berilmoqda. Interaktiv xizmatlarni tashkil etishning eng tez va yaxshi yo‘li, bu, ularni internet tarmoqlari orqali amalga oshirish hisoblanadi


      1. rasm. -Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil, 29 - dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida 2021-yilning oxiriga qadar elektron davlat xizmatlarini 60 taga ko‘paytirib, ularni 300 taga, masofaviy xizmatlar ulushini esa kamida 60 foizga yetkazish zarurligi taʻkidlangandi.


    Shundan kelib chiqib hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-
    tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining 24 hamda 25-ilovasiga muvofiq, «2021-yilda davlat xizmatlarini ustuvor ravishda elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha chora- tadbirlar dasturi» taqdim etildi.

    Mazkur topshiriqni amalga oshirish maqsadida vazirlik tomonidan mavjud davlat xizmatlari tahlil qilinib, 2021-yilda YaIDXP orqali davlat xizmatlarini ustuvor ravishda elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasi ishlab chiqildi.


    Mazkur dastur loyihasi bilan davlat boshqaruvi organlari, vazirlik va idoralar tomonidan ananaviy tarzda yoki boshqa manbalar orqali elektron ko‘rsatilayotgan talabgorligi yuqori bo‘lgan davlat xizmatlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish belgilangan.
    Aynan qanday xizmatlar?
    Fuqarolikka qabul qilish uchun ariza yuborish;
    Avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun onlayn to‘lovlarini amalga oshirish;
    Oliy taʻlim to‘g‘risidagi dublikat hujjatlarini berish; Respublikadan chiqishga cheklovlar mavjudligini tekshirish;
    Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun ruxsatnoma olishga ariza yuborish;
    Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining doimiy joylashgan joyi (yashash joyi) faktini rasmiy tasdiqlash;
    Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati uchun xabarnoma yuborish;
    Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish faoliyati uchun xabarnoma yuborish;
    Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyati uchun xabarnoma yuborish;
    Korporativ karta orqali xarid qilingan tovar va xizmatlarni shaxsiy kabinetda ro‘yxatdan o‘tkazish;
    Ish daromadlari to‘g‘risidagi maʻlumotnoma olish;
    Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i holati haqida maʻlumot
    olish;
    Oliy o‘quv yurtlariga hujjatlarni qabul qilish;
    Avtotransport vositalarini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish;

    Avtotransport vositasini davlat raqami va texnik pasportini o‘zgartirish uchun ariza yuborish;


    Oliy taʻlim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarini topshirish;.
    Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish;
    Saylov uchastkasini aniqlash yoki o‘zgartirish va hok.
    Ushbu dastur bilan davlat xizmatlarini to‘liq masofadan ko‘rsatish bo‘yicha jarayonlarni avtomatlashtirish va xizmat ko‘rsatish bosqichlarin maksimal darajada optimallashtirish nazarda tutilmoqda.
    Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumat boʻyicha yangi 2020 yil tadqiqotida O`zbekiston 193 davlat orasida 87-oʻrinni egalladi.
    1. Oʻzbekistonda elektron hukumatning rivojlanish tendentsiyalari qanday?


    2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish belgilangan xizmatlar.


    3. Interaktiv xizmatlar deganda -….
    4. Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumat boʻyicha tadqiqotida O`zbekiston nechanchi o’rinda.
    5. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Ish daromadlari to‘g‘risidagi maʻlumotnoma olish mumkinmi?

    http://fayllar.org
    Download 40.39 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 40.39 Kb.