24. Axborot tizimlarini loyihalashning zamonaviy case-vositalari




Download 15.27 Kb.
Sana24.09.2023
Hajmi15.27 Kb.
#83941
Bog'liq
Plastmassalarni qayta ishlash texbologiyasi. Abdurasukov T

24.Axborot tizimlarini loyihalashning zamonaviy CASE-vositalari
CASE (Computer-Aided Software/System Engineering) – kompyuter yordamida axborot tizimlarining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish degan ma’noni bildiradi. Dastlab CASE iborasining ma’nosi faqat dasturiy ta’minot bo’lgan bo’lsa, hozirgi vaqtga kelib yangi ma’noni ya’ni, murakkab avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini to’liq ishlab chiqish jarayoni ma’nosini anglatadi. Endi CASE-vositalari iborasi ostida axborot tizimlarini yaratish va joriy etish jarayonini qo’llab-quvvatlovchi dasturiy vositalar tushuniladi. Ushbu jarayonga, talabning ifodalanishi va tahlili, amaliy dastur ta’minoti va ma’lumotlar bazasini loyihalash, kod generatsiyasi, testlash, hujjatlashtirish, sifatni ta’minlash, konfiguratsiyali boshqaruv, loyihani boshqarish va boshqa jarayonlar kiradi.

  • CASE-vositalari ko’rgazmali grafikli texnikaga asoslangan, unda axbort tizimlarining turli toifadagi modellarini ifoda etish uchun sxema va diagrammalar ishlatiladi. Ko’rgazmali grafika foydalanuvchilar va dasturchilarga ishning mohiyatini va uni bajarish ketma-ketligini osongina tushinishiga yordam beradi. Dastlab modellarni ifoda etish uchun sxema va diagrammalar qo’lda, qog’ozda bajarilar, ya’ni avtomatlashtrilmagan edi, ushbu jarayonni avtomatlashtirish, axborot tizimlarini yaratish va joriy etish maqsadi CASE-vositalarini yaratilishiga asosiy sabab bo’ldi.

  • CASE-vositalari tizimli dastur ta’minoti va texnik vositalar bilan birga axborot tizimlarini ishlab chiqishning to’liq muhitini tashkil etadi.

CASE-vositalarining asosiy maqsadi, axborot tizimlarini ishlab chiqish bosqichlarida loyihalash bilan kodlashni alohida ajratishdir. CASE-texnologiyalarini ishlatish bilan axborot tizimlari dasturiy ta’minoti hayotiy davrining barcha bosqichlari, xususan tahlil etish va loyihalash bosqichlari ko’proq o’zgaradi. Ko’pgina mavjud CASE-vositalari strukturali yoki obyektga mo’ljallangan tahlil va loyihalash metodologiyasiga asoslangan. Ularda tizimning o’zgarishi, dasturiy vositalarning arxitekturasi, tizim modellarining o’zaro aloqasi va tashqi talablar diagramma yoki tekst ko’rinishida ifodalanadi.


Bunday metodologiyalar loyihashtirilayotgan tizimni mustahkam va ko’rgazmali ifodalanishini ta’minlaydi, ya’ni uning umumiy tahlilidan boshlab keyinchalik ko’p sonli darajada iyerarxik struktura ko’rinishda detallashtiradi.
25.Axborot tizimlarini loyihalashda CASE-texnologiyalar o’rni
Download 15.27 Kb.




Download 15.27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



24. Axborot tizimlarini loyihalashning zamonaviy case-vositalari

Download 15.27 Kb.