|
Google Authenticator ilovasining parolini yaratish
|
bet | 4/5 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 15,65 Kb. | | #108497 |
Bog'liq 3-amaliy ish. Google authenticator yordamida foydalanuvchi qayd -hozir.orgGoogle Authenticator ilovasining parolini yaratish. Ilovaning paroli sizning Google hisobingizga kirish uchun ilova yoki qurilmaga ruxsat beruvchi 16 xonali kirish kodidir.
Agar 2 bosqichli tekshiruvdan foydalanilayotgan boʻlsa va Google akkauntga kirishga urinilayotganda “notoʻgʻri parol” xatosi chiqsa, ilova paroli muammoni hal qilishi mumkin. Aksariyat hollarda har bir ilova yoki qurilmaga ilova parolini faqat bir marta kiritish kerak bo‘ladi, shuning uchun uni eslab qolish shart emas.
Google qayd yozuvlari xavfsizligi sozlamalari sahifasi " Пароль и способ входа в аккаунт" bo'limida "Пароли приложений" havolasi bosiladi. Foydlanuvchidan Google akkauntga kirish talab qilinishi mumkin.
Pastki qismidagi ochiladigan ro‘yxatdan foydalanilayotgan dastur tanlanadi.
Keyingi ochiladigan ro‘yxatda foydalanuvchi foydalanayotgan qurilma tanlanadi.
“Создать” tugmasi bosiladi.
Qurilmaga ilova parolini (sariq chiziqdagi 16 raqamli kod) kiritish uchun ko‘rsatmalarga rioya qilish zarur.
“Готово” tugmasi bosiladi va sozlash yakunlanadi.
Telefon yo'qotilganda Google Authenticatorni tiklash. Agar foydalanuvchi ikki faktorli autentifikatsiyani faollashtirgan bo'lsa, smartfon yo'qotilganda, qayd yozuviga kirishni ham yo'qotadi. 16-raqamli 2FA kalitini yozib olingan bo’lsa, hech qanday muammo yo'q. Ikki faktorli autentifikatsiya dasturini boshqa qurilmaga yuklab olinadi va qays yozuvini qo'lda qo'shiladi.
Ammo, agar qutqaruv kodi bo'lmasa, tiklash juda murakkab. Birjada to'liq tekshiruvdan o'tgan foydalanuvchilar qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishlari mumkin va u yerda Google autentifikatorini qanday tiklashni tushuntiradilar.
Agar foydalanuvchi verifikatsiyadan o’tmagan bo’lsa va inkognito rejimida ishlasa, Google autentifikatsiya sozlamalarini quyidagicha tiklashi mumkin:
Kirish sahifasi ochiladi.
Elektron pochta manzili va parol kiritiladi.
2fa kodini kiritish so‘ralganda, “Не можете получить доступ к Google Authenticator?" havolasi bosiladi.
Eslatmani o'qib sayt oynasida ikki faktorli autentifikatisyani o’chirish so'rovi tasdiqlanadi.
Elektron pochtaga o'tib, birjadan kelgan xatni ochiladi va "Confirm reset/ Подтвердить сброс" tugmasi bosiladi.
Endi to'liq verifikatsiyadan o'tish zarur, shundan keyingina ikki faktorli autentifikatsiyani qayta faollashtirish mumkin. Bu qilinmaguncha, valyuta depoziti bloklanadi.
Google Authenticatorni ulashning ushbu klassik usulidan tashqari, Facebook, Instagram, PayPal yoki Twitter kabi boshqa akkauntlar orqali ulanish usullari mavjud.
|
| |