• 3.3.7. Dispersiyani kamaytirish maqsadida qaysi usullardan foydalaniladi Bu usullarning afzallik va kamchiliklari nimada
  • 3-Amaliy ish Mavzu: optik tolada signalning dispersiyasini hisoblash bajardi: Xakimov O




    Download 20,91 Kb.
    bet2/4
    Sana15.05.2024
    Hajmi20,91 Kb.
    #236209
    1   2   3   4
    Bog'liq
    3-ish

    Dispersiyaning turlari
    Optik tolaning uchta dispersiya mexanizmi mavjud:
    - modalararo dispersiya;
    - xromatik dispersiya;
    - qutblangan – moda dispersiya.
    Xromatik dispersiya material dispersiya, to‘lqin uzatish bilan bog‘liq dispersiya va profil dispersiyalardan tashkil topgan.

    3.3.7. Dispersiyani kamaytirish maqsadida qaysi usullardan foydalaniladi? Bu usullarning afzallik va kamchiliklari nimada?
    Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p yotkazilgan kabellar bir modali standart SF (Standart Fiber) tolalardan iborat. Hozirda SF tolalarining so‘nish qiymatlari 0,16-0,22 dB/km gacha kamaytirilgan. Lekin bu tolalarda 1550 nm to‘lqin uzunligida dispersiya qiymati katta 17-20 ns/nm·km ni tashkil etadi. Dispersiyaning bunday katta qiymati axborotlarni yuqori (10 Gbit/s dan yuqori) tezlikda uzoq masofalarga uzatishni chegaralaydi.
    Bir modali standart SF tolalari qo‘llanilganda, dispersiya qiymatini kamaytirish kerak. Tolali optik liniya traktida standart bir modali optik tolalardan foydalanilganda dispersiyani kamaytirish, regeneratsiyalash seksiyasi uzunligini oshirish, 2,5 Gbit/s tezlikdan yuqori 10 Gbit/s tezlikka o‘tish, shuningdek to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish texnologiyasini qo‘llash maqsadida dispersiyani kompensasiya qiluvchi- DCF (Dispersion Compensating Fiber) tolalarni yoki dispersiyani kompensasiya qiluvchi modullarni DCM (Dispersion Compensatinq Module) qo‘llash talab etiladi.
    DCF - dispersiyani kompensasiyalovchi tolalardan asosan xromatik dispersiyani kamaytirishda qo‘llaniladi. DCF tolalarida dispersiya qiymati manfiy bo‘lib, katta qiymatlarga ega bo‘ladi. Dispersiyasi musbat ishchi tolaga dispersiyasi manfiy DCF tolalarini ulash natijasida dispersiya nolga yaqinlashadi, ya’ni kompensasiya qilinadi.
    Dispersiyani kompensasiyalovchi modul manfiy ishorali dispersiyaga ega bo‘lgan dispersiyani kompensasiyalovchi tola DCF (dispersion compensating fibers) qirqimidan iborat. Ishchi tolaning musbat dispersiyasi DCF tolaning manfiy dispersiyasi bilan kompensasiyalanadi, natijaviy dispersiya nolga intiladi. Xromatik dispersiyani kompensasiyalash prinsipini quyidagi rasm tavsiflaydi.
    Dispersiyani kompensasiyalash bloki (DCU – dispersion compensation unit)
    DCU uzatuvchi tola dispersiyasini kompensasiyalaydi Uzatuvchi toladagi dispersiya holati harakati bo‘yicha “tarqalgan” (kengaygan) impulslarni kompensasiyalashda manfiy dispersiyali DCU dan foydalanamiz

    Download 20,91 Kb.
    1   2   3   4




    Download 20,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Amaliy ish Mavzu: optik tolada signalning dispersiyasini hisoblash bajardi: Xakimov O

    Download 20,91 Kb.