3-amaliy mashg‘ulot. Avtomobil yo‘lidagi nuqsonlar qaydnomasini tuzish ishning maqsadi




Download 18.52 Kb.
bet1/2
Sana07.09.2023
Hajmi18.52 Kb.
#80612
  1   2
Bog'liq
3-AMALIY MASHG‘ULOT
Elektronika oraliq savollari., Ma ruza№4 (1), Amaliy ish-9

3-AMALIY MASHG‘ULOT.
AVTOMOBIL YO‘LIDAGI NUQSONLAR QAYDNOMASINI TUZISH
Ishning maqsadi: Mavjud avtmombil yo‘lining holatini o‘rganib, unga ko‘ra nuqsonlar qaydnomasini tuzish.
Nazariy qism
Avtomobil yo‘llari bo‘yicha mavjud normalar va qoidalar asosida avtomobil yo‘lidan foydalanish davrida sodir bo‘ladigan nuqsonlardan kelib chiqib nuqsonlar qaydnomasini tuzamiz. Buning uchun MSHN 05-2005 “Avtomobil yo‘llarining holatini tashxis qilish va baholash qoidalari”dan foydalanamiz. Yo‘l to‘shamasi holatini ko‘z bilan qarab baholash mustahkamlikni batafsil asbob bilan baholash lozim ma’lumotni olish usuli hisoblanadi. Ko‘z bilan qarab baholash yilda bir marta erta bahor va sun’iy sug‘oriladigan joylarda yo‘l to‘shamasi mustahkamligi past davr boshlanguncha amalga oshiriladi. Baholashni quyidagi tartibdagi gurux bajaradi: muxandis (gurux boshligi); texnik va avtomobil haydovchisi.
Gurux quyidagi jihoz va asbob-uskunalarga esa bo‘lishi kerak:

  1. engil avtomobil yoki kichik avtobus;

  2. «Yo‘l ishlari» va «To‘siqni chapdan aylanib o‘tish» yo‘l belgisi.

  3. Uzunligi 3 metrli yogoch reykalar va izlar chuqurligini o‘lchash uchun milllimetrlar bo‘linmalari bo‘lgan chizgich;

  4. Ko‘z bilan qarab baholashdagi nuqsonlar jurnali;

  5. Sariq xavfsizlik nimchalari.

Ko‘z bilan qarab baholashni qoplamada mavjud bo‘lgan nuqsonlarni qayd qilishga imkon beradigan tezlik (10-20 km/soat) bilan avtomobil harakatlanganda amalga oshiriladi. Ko‘zdan kechirish qo‘layligi uchun bu ishni bajaruvchi (muhandis) mutahassis haydovchi bilan yonma-yon o‘tiradi, yozishni olib boruvchi (texnik) esa orqada joylashadi.
Ba’zi qismlarni aniqroq ko‘zdan kechirish (nuqsonning tavsifini aniqlashda) yoki o‘lchashni amalga oshirish (izlar chuqurligini o‘lchash) zarur bo‘lganda avtomobil nuqsonli joydan 5-10 m oldinga o‘tadi, muxandis va texnik avtomobildan tushadi va yo‘l yoqasi bo‘yicha xarakatga teskari yo‘nalishda xarakatlanadilar. qatnov qismga chiqish bo‘lgan hollarda ishni avtomobil ximoyasi ostida amalga oshirish lozim, bunda avtomobil shunday doylashtiriladiki, «Yo‘l ishlari» va «To‘siqni chapdan aylanib o‘tish» belgilari xarakat qarshisiga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Ko‘zdan kechirish natijalari nuqsonlar qaydnomasi jurnaliga kiritiladi.
Yo‘l to‘shamasini nuqsonlar ko‘rsatikichi quyidagi yo‘l bilan tavsiflanishi mumkin:

  • Aloxida yoriqlar –o‘zaro bog‘langan ko‘ndalang va qiya yoriqlar (yondosh yoriqlar orasidagi o‘rtacha masofa-1-4m);

  • YOriqlar to‘ri-yopiq shakllar hosil qiluvchi, qatnov qismining turli joylarida joylashgan erkin ko‘rinishli yoriqlar;

  • CHo‘kishlar va chekkalari dumaloq shaklli chuqurcha ko‘rinishiga ega bo‘lgan qoplama kesimining asfaltobeton qoplamada ko‘pincha yoriqlar to‘ri birga sodir bo‘ladi;

  • Sinishlar - qoplama kesimning keskin buzilishidan yo‘l to‘shamaning to‘liq buzilishi, asfaltobeton qoplamalarida qoplamaga yondosh mintaqalarda yoriqlar to‘ri bilan birga sodir bo‘ladi.


Download 18.52 Kb.
  1   2




Download 18.52 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-amaliy mashg‘ulot. Avtomobil yo‘lidagi nuqsonlar qaydnomasini tuzish ishning maqsadi

Download 18.52 Kb.