|
3-amaliyot diskret kosinus o‘zgartirish uchun spektral taxlil algoritmlarini amalga oshirish
|
bet | 1/4 | Sana | 02.10.2024 | Hajmi | 78,52 Kb. | | #273228 |
Bog'liq 3-амалиёт3
3-AMALIYOT
DISKRET KOSINUS O‘ZGARTIRISH UCHUN SPEKTRAL TAXLIL ALGORITMLARINI AMALGA OSHIRISH
АМПЛИТУДА МОДУЛЯТОРИНИ ТАҲЛИЛ ЭТИШ
Ishdan maqsad: Amlituda modulyatori ishlash prinsipini o‘rganish va modulyatorning sifat ko‘rsatgichlarini tajriba yo‘li bilan tahlil etish.
3.1. rasm Amplituda modulyatori prinsipial sxemasi.
Laboratoriya ishiga vazifa
Statik modulyatsion xarakteristika (SMX) ni tadqiqot etish.
Dinamik modulyatsion xarakteristika (DMX) ni tadqiqot etish.
Tranzistor ishlash rejimini modulyatsiya sifaga tasirini o‘rganish.
Yuklama parametrlarini modulyatsiya sifatiga tasirini o‘rganish.
Uslubiy ko‘rsatmalar
Statistik modulyatsion xarakteristikani tadqiqot etish.
SMX deb chiqish toki 1-garmonikasining modulyatsiyalovchi kuchlanishga bog‘liqligiga aytiladi. SMX ni taxlil etish uchun modulyatsiyalovchi kuchlanish sifatida siljish kuchlanishidan foydalaniladi.
SMX ni tadqiqot etish uchun quyidagilarni bajarish kerak.
1.1. Dasturni kompter xotirasiga kiriting. Ossillografni signal ko‘chaytirgichini har ikki kanalda 1 katak 1V va signal yeygichni 1 katak 0,1 ms ga sozlang.
1.2. "Izmereniye SMX" yozuvi oldidagi "Da" knopkasini, so‘ngra "LC"knopkasini bosing. Yuqori chastota generatori (GVCH-YUCHG) chiqishidagi signal chastotasini f = 14 000Gs va amplitudasini U( = 1 V qilib o‘rnating.
1.3. Birinchi kanal kirishiga 1-nchi nazorat nuqtasini va ikkinchi kanal kirishiga 4-nchi nazorat nuqtasini ulang.
1.4. Siljish kuchlanishi Yesm ni -3V dan 0V gacha, qiymatiga mos keluvchi milliampermetr ko‘rsatgan tok amplitudasi qiymatlarini 3.1. jadval 2-chi qatoriga yozib boring.
3.1. jadval
|
| |