|
3-dars uyga vazifa
|
Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 9,66 Kb. | | #147639 |
Bog'liq 3-dars uyga vazifa 1
3-dars uyga vazifa
Kodning uzunligi 16 bitga, bir sekunddagi chastota 24000 Hz ga teng bo‘lgan audiofayl 8 daqiqa davomida yozildi. Audiofayl hajmini (kbayt) hisoblang.
10240 b) 20480 c) 51002 d) 22500
64 xil rangli gorizontaliga 640 ta nuqtali, vertikaliga 480 ta nuqtali ekrandagi rasm kodlanganda axborot hajmini Kbaytda toping.
125 b) 225 c) 450 d) 180
Harbiy bazada 89 ta tank mavjud. Mashqlar paytida maxsus qurilma marrani o’tgan har bir tankning raqamini barcha tanklar uchun bir xil uzunlikdagi minimal sonli bitdan foydalanib qayd etadi. 72 ta tank marrani bosib o’tganda qurilmaning xotirasining qancha hajmi (baytlarda) ishlatiladi?
54 b) 72 c) 63 d) 504
Kompyuter tizimida ro’yxatdan o’tganda har bir foydalanuvchi faqatgina A, B, C, D, E, F, G, H, I belgilarini o’z ichiga olgan 25 ta belgidan iborat parol beriladi. Kompyuter dasturining har bir paroli imkon qadar minimal va bir xil uzunlikdagi butun bayt soni bilan yoziladi, bunda barcha belgilar bir xil va eng kam sonli bitlar bilan kodlangan. 15 ta parolni saqlash uchun necha bayt kerakligini aniqlang?
145 b) 175 c) 155 d) 195
Ekran to’g’ri to’rtburchak shaklda bo’lib, uning eni 160 piksel va bo’yi 256 piksel tashkil etadi. U xotiradan 40 kilobayt joy egallasa, ekranning har bir pikseli eng ko’pi bilan nechta rangda aks etishi mumkinligini aniqlang.
256 b) 128 c) 64 d) 8
Yorug’lik tablosi lampochkalardan iborat. Har bir lampochka uchta holatning birida bo'lishi mumkin ("yoqilgan", "o'chirilgan" yoki "miltillovchi"). 74 xil signalni uzatish uchun tabloda eng kami bilan nechta lampochka bo’lishi kerak?
4 b) 3 c) 2 d) 5
Maxsus qurilma dastlab 16 bitli Unicode kodida yozilgan axborot xabarini 8 bitli ASCII kodlashiga qayta kodladi. Bunday holda, axborot xabari 320 bitga kamaydi. Belgilar bilan yozilgan xabarning uzunligi qancha?
20 b) 10 c) 40 d) 60
Maxsus qurilma dastlab 16-bitli Unicode kodida yozilgan, uzunligi 35 belgidan iborat boʻlgan axborot xabarini 8-bitli ASCII kodlashiga qayta kodladi. Axborot xabari necha baytga qisqardi?
85 b) 50 c) 35 d) 75
Audiofayl yozilish jarayonida kodning uzunligi 16 bitga, bir sekunddagi chastota esa 16000 Hz ga teng. Audiofaylning davomiyligi 16 minutga teng bo‘lsa, audiofayl hajmini (kbayt) hisoblang.
22000 b) 33000 c) 30000 d) 24000
O‘lchami 1024×960 ga teng, 65536 ta rang ishtirok etgan videofaylning kadrlar almashish chastotasi 32 Hz ga teng. Agar videofayl davomiyligi 8 minutga teng bo‘lsa, videofayl axborot hajmini (Mbayt) aniqlang.
28800 b) 30000 c) 24800 d) 248880
|
| |