Internet to’lov muhiti xususiyatlari




Download 33,88 Kb.
bet7/10
Sana23.01.2024
Hajmi33,88 Kb.
#143724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3. ett rivojlanish bosqichlari. Elektron to’lov tizimlari rivojl
Mehnat bozorini shakllanishi va rivojlantirish muammolari., ChO‘YANLARNI-PAYVANDLASh, Kombinatorika, Xramatografiyaning turlari Harakatlanuvchi va qo’zg’almas fazalar, 219526.ru.uz, navoiy-roman, M2 (2), 1-ma`ruza, To\'rayev H.T, Azizov I. Matematik mantiq va diskret matematika 1-jild, zakovat, Boshqaruv T 1, 5-sinf informatika uzb, Mening ismim Azimjon, HR Turgunov Husan, Документ Microsoft Word
3.Internet to’lov muhiti xususiyatlari.
Internet to’lov muhiti xususiyatlari.
Yurtimizda bozor iqtisodiyoti asoslarini, avvalambor, uning qonunchilik bazasini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Natijada istiqlol yillarida xususiy mulkni huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish, mulk egalari sinfini shakllantirish, iqtisodiyotni liberallashtirishni ta’minlash, tadbirkorlik, avvalo, kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish, keng tarmoqli bozor infratuzilmasini barpo qilishni ko’zda tutadigan qonun hujjatlarining butun bir majmuasi yaratilib, amaliyotga tatbiq etildi.
Bu boradagi islohotlar izchil davom ettirilib, birgina joriy yilning 6 oyida tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investorlar faoliyati erkinligini ta’minlashga qaratilgan 113 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingani diqqatga sazovordir. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan sohaga oid 374 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan, 68 ta idoraviy-me’yoriy hujjat esa davlat ro’yxatidan o’tkazildi.
E’tiborlisi, ushbu sa’y-harakatlar tufayli tadbirkorlar ortiqcha ovoragarchilik, qog’ozbozlik kabi byurokratik to’siqlardan xalos bo’ldi, vaqti va mablag’ini tejash imkoniyati yaratildi.
Umuman olganda, tadbirkorlik subyektlariga bir qator qo’shimcha imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etish bo’yicha amalga oshirilgan aniq maqsadli chora-tadbirlar ishbilarmonlik muhitida ijobiy o’zgarishlarni ta’minladi. Yaratilgan bu imkoniyatlar natijasida 2000 yil bilan taqqoslaganda, kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 31 foizdan 54 foizgacha ko’paydi. Ushbu sohada band bo’lganlar soni shu davr ichida 2barobardan ko’proq oshdi va iqtisodiyot tarmoqlarida band bo’lganlarning 75,1 foizidan ko’prog’i uning ulushiga to’g’ri keladi.
Prezidentimiz tomonidan 2012 yil 16 iyul kuni imzolangan “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, lisenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmon bu boradagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Unga ko’ra, ruxsat berishga oid 80 ta tartib-taomil va 15 ta lisenziyalanadigan faoliyat turini bekor qilish belgilandi. Shu asosda lisenziyalanadigan faoliyat turlari bo’yicha bunday xarakterdagi hujjatlarni olish uchun to’lanadigan yig’imlar miqdori kamida 2 barobarga kamaytiriladi. Ayni chog’da tegishli davlat statistik, moliya, soliq hisobotlari hamda boshqa hisobot turlari bekor qilinishi va bir-birini takrorlovchi shakllarni birlashtirish evaziga shunday hisobotlar miqdori va ularni taqdim etish davriyligi belgilangan muddatlarda qisqartiriladi.
Shuningdek, ayrim faoliyat turlarini lisenziyalash tartibini soddalashtirish maqsadida, 2012 yilning 1 avgustidan boshlab noshirlik faoliyati, qurilish loyihalari ekspertizasini o’tkazish, arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish kabi faoliyat turlari uchun lisenziyalarning amal qilish muddati cheklanmagan holda berilishi belgilandi. Bunda mazkur faoliyat turlarini amalga oshirish uchun avval berilgan lisenziyalarning amal qilish muddatlari cheklanmagan, deb hisoblanadi.

Download 33,88 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 33,88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Internet to’lov muhiti xususiyatlari

Download 33,88 Kb.