Ish faoliyati va jarayonlar bilan tanishuv




Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana21.11.2022
Hajmi0.99 Mb.
#31099
1   2   3   4
Bog'liq
3-k amaliyot.docx

Ish faoliyati va jarayonlar bilan tanishuv
.
«Mahalla tizimi jamiyatimizning eng muhim va tayanch bo‘g‘ini hisoblanadi.
Oxirgi uch yilda uni rivojlantirish borasida qator amaliy ishlar amalga oshirildi.
Xususan, mahalla institutiga oid 38ta qonun va me'yoriy hujjatlar qabul qilindi, 50dan
ortig‘i takomillashtirildi. Jamiyat hayotida jonbozlik ko‘rsatgan soha xodimlari davlat
mukofotlari bilan taqdirlandi. Fuqarolar yig‘inlari raislari va mas'ul kotiblarining oylik
ish haqi o‘tgan yilning o‘zida 1,5 barobarga oshirildi.
So‘nggi uch yilda 624 ta mahalla idorasi yangidan qurildi, 2 ming 265 tasi
rekonstruksiya qilindi va ta'mirlandi. 102ta tuman va shahar markazida «Mahalla
markazi» majmualari barpo etildi. Har bir fuqarolar yig‘inida «Keksalar maslahati»
guruhlari, 4 mingdan ziyod mahalla binolarida kutubxonalar tashkil qilindi.
Mahalla faollarining mas'ul tashkilotlar va profilaktika inspektorlari bilan hamkorligida
oxirgi uch yilda 87 mingga yaqin kam ta'minlangan oila ehtiyojmandlik darajasidan
chiqarildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Xususan, mahallalarda 18 mingdan ortiq xodim faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lsa-da,
ularning ishi samarali tashkil etilmagan. Oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitga salbiy
ta'sir ko‘rsatuvchi holatlarning oldini olish bo‘yicha tizim yo‘lga qo‘yilmagan.
Oqibatda ayrim mahallalarda notinch oilalar, huquqbuzarliklar ko‘paygan. Shuningdek,
xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar orasida o‘z joniga suiqasd qilish holatlari
uchrayotgani juda achinarli
«Oila – muqaddas» degan azaliy va ezgu g‘oya qadrsizlanib, ming yillik milliy
qadriyatlarimiz zavol topar ekan, bu kabi og‘riqli holatlarni kamaytirib bo‘lmaydi.
Buning uchun mahalla katta ijtimoiy kuch sifatida maydonga chiqishi kerak. Chunki
faollar, ko‘pni ko‘rgan oqsoqollar, tajribali nuroniylarimiz, agar istasa, jamoatchilik
bilan birgalikda har qanday muammoni hal qilishga, xato qilgan yoshlarni to‘g‘ri
yo‘lga solishga qodir», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Masalan, bugungi kunda 1 ming 234ta fuqarolar yig‘ini turli tashkilotlar yoki
tadbirkorlarga tegishli binolarda joylashgan. Yana mingdan ziyodi ijtimoiy
muassasalarda, 78tasi qo‘shni mahalla yig‘inlari binolarida faoliyat ko‘rsatmoqda, 48ta
mahalla binosi avariya holatida. Mahalla binolari uchun kommunal to‘lovlarni to‘lash
bo‘yicha maqbul va yagona tartib ishlab chiqilmagan.
Mahalla tizimida kadrlar qo‘nimsizligi odatiy holga aylangan. Mahalla xodimlarini
ularga bog‘liq bo‘lmagan ishlar, yig‘ilish va boshqa tadbirlarga jalb qilish taqiqlangan
bo‘lsa-da, bu borada sezilarli o‘zgarish bo‘lmayapti.
Mahalla fuqarolar yig‘inlari zimmasiga 200dan ortiq vazifa yuklangan. Lekin
bor-yo‘g‘i 2ta shtat birligi bilan shuncha vazifani bajarish mumkinmi, deb o‘ylab
ko‘rilmagan. Hech bir hokim yoki kengash mahallalar faoliyatining samaradorligini
oshirish masalasini muhokama qilmagan.



Download 0.99 Mb.
1   2   3   4




Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ish faoliyati va jarayonlar bilan tanishuv

Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish