|
3-laboratoriya ishi. Mavzu: Operatsion tizim va drayverlarni o‘rnatish Ishdan maqsad
|
Sana | 01.07.2024 | Hajmi | 2,43 Mb. | | #266282 |
Bog'liq 3-laboratoriya
3-laboratoriya ishi.
Mavzu: Operatsion tizim va drayverlarni o‘rnatish
Ishdan maqsad. Operatsion tizimlar nima ekanligi, ularning farqi va turlari haqida talabalarga ma’lumot berish. Talabalarga operatsion tizim va drayverlarni o’rnatishni o’rgatish.
Operatsion sistema qanday funksiyalarni bajaradi?
Kompyuterdan foydalanuvchilar o‘z masalalarini to‘liq hal qilishlari uchun kompyuterdan ko‘proq imkoniyat talab qiladilar va bu muammoni hal qilish uchun, odatda, turli dasturlar yoki ularning majmuasidan foydalanadilar. Har qanday kompyuter o‘zidan-o‘zi ish holatiga kelmaydi. Uni ish holatiga keltirish va qurilmalarni boshqarish uchun maxsus dasturiy ta’minot yoki, boshqacha qilib aytganda, operatsion sistema lozim.
Demak, kompyuter ishga tushirilgach, uning qurilmalari bilan bir vaqtda maxsus dastur ishga tushadi. Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter o‘rtasidagi muloqotni ta’minlaydi. Shuningdek, operatsion sistema kompyuterning barcha qurilmalarini boshqarish imkonini beradi.
Operatsion sistema quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Vinchester yoki disketalardan tanlangan dasturni tezkor xotiraga yuklaydi va bajarilishini ta’minlaydi. Dastur bajarilgach, tezkor xotirani “tozalaydi”. Navbatdagi tanlangan dastur bilan ham shu ishlarni amalga oshiradi. Axborotlarni vinchesterdan diskka yoki aksincha, diskdan diskka ko‘chirish kabi turli servis xizmatlarni amalga oshiradi.
Shuni aytib o‘tish lozimki, kompyuterlarning texnik holatiga ko‘ra, ulardagi operatsion sistemalar turlicha bo‘ladi, ammo ularning asosiy vazifasi yagonadir. Bu - ichki va tashqi qurilmalarning birgalikda mutanosib ishlashini ta’minlashdan iborat.
Kompyuterning “dasturli ta’minot”, “texnik ta’minot” va “operatsion sistema”lari orasida uzviy bog‘liqlik mavjudligini darslikda ko‘rib o‘tilgan.
Operatsion sistema bajaradigan vazifasidan qat’iy nazar ishonchlilik, himoyalash, samaradorlik va qulaylik kabi sifatlarga ega bo‘lishi zarurdir.
Operatsion sistema ishlab chiqarilish tarixi bilan qisqacha tanishtiramiz. Dastlabki “operatsion sistema” 1940 yilning oxirlarida ishlab chiqarildi. U axborotni xotiraga kiritish va xotiradan o‘qish uchun oddiy amallar yig‘indisi sifatida tashkil etildi. Keyinchalik, ya’ni, 50-yillarning o‘rtalarida, “operatsion sistema” dasturchilar ishlab chiqargan dasturlarni jamlash va resurslarga taqsimlash uchun xizmat qilgan bo‘lsa, 60- yillarning boshlarida vaqtni dasturlarga ketma-ket taqsimlashga asoslangan dastlabki “operatsion sistemalar” paydo bo‘ldi. Bu holda bitta kompyuterdan bir vaqtda bir necha kishi foydalanish imkoniyatini berdi. Bunday tizimlarda markaziy protsessor foydalanuvchilarda protsessorda faqat ularning dasturlari bajarilayotgandek tasavvur paydo qilib, boshqarish bir dasturdan ikkinchisiga tezlik bilan o‘ta oladigan darajaga yetkazildi. Shu kabi tizimlarni yaratish chog‘ida protsessor ishida vaqtning bolinishi, ko‘plab foydalanuvchilar dasturlari o‘rtasida xotira va boshqa turli resurslarni taqsimlash bilan aloqador muammolar yuzaga chiqdi. Bu mammolarni hal etish parallel jarayonlarni bir maromda amalga oshirishni ham qo‘shilgan tarzdagi virtual xotira, axborotlarni kiritish va chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan qator muhim yangiliklarga olib keldi.
IBM firmasi va MICROSOFT (Pol Allen va Bill Geyts) firmasi kompyuterlarida 1981 yildan boshlab MS-DOS operatsion sistemasi qo‘llanilib kelinmoqda. MS-DOS operatsion sistemasini takomillashtirib borib 1995 yilgacha MS-DOS 1.0 dan to MS-DOS 6.22 gacha bo‘lgan avlod (versiya)lari yaratildi. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida amerikalik dasturchi Piter Norton tomonidan Norton Commander qobiq dasturi yaratildi. Bu qobiq dasturdan MS-DOS operatsion sistemasi asosida ishlaydigan juda ko‘p kompyuterlarda foydalanib kelindi. Operatsion sistemalarning turi ko‘p bo‘lib, quyidagilarni misol qilish mumkin: CP/M, MS DOS, PC DOS, DRD DOS, OS/2, LINUX, WARP, WINDOWS, UNIX, MACHINTOSH.
Operatsion sistemaning bir nechta turlari mavjud bo‘lib, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
MS-DOS -16 razryadli mikroprotsessorlar uchun;
CP/M – 8 razryadli mikroprotsessorlar uchun;
UNIX – 32 razryadli mikroprotsessorlar uchun;
Windows 95, 97, …, XP – 32 razryadli mikroprotsessorlar uchun.
Operatsion sistemalar orasida Digital Research kompaniyasi prezidenti Geri Kildel tomonidan yaratilgan CP/M (Control Programm for Microcomputers)– shaxsiy kompyuterlar uchun ishlab chiqarilganlarining dastlabkisidir. U 1974 yilda 8 razryadli kompyuterlarga ko‘plab o‘rnatilgan va katta hajmdagi dasturiy ta’minot uchun tuzilgan. Masalan, Beysik, Paskal, Si, Kobol, Ada tillari translyatorlari, matnli, grafikli va jadvalli paketlar uchun mo‘ljallangan.
UNIX operatsion sistemasi tarmoqda ishlash uchun tuzilgan. UNIX operatsion sistemasida bitta kompyuter boshqaruvchi qolganlari unga tobe bo‘ladi.
Operatsion sistema odatda kompyuterning tashqi xotirasi – diskda saqlanadi. Kompyuter ishga tushirilganda u kompyuterning tezkor xotirasiga o‘qiladi. Bu jaroyon operatsion sistemani yuklanishi deyiladi.
Operatsion sistema quyidagi asosiy qismlardan iborat:
ma‘lumotlarni xotiraga kiritish va chiqarish dasturi (BIOS nomi bilan ifodalangan);
operatsion sistemani faollashtiruvchi dastur (Boot Record);
ma‘lumotlarni kiritish-chiqarish sistemasini kengaytirish moduli;
amallar bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarni tahlil qilish moduli;
buyruq protsessori.
Shunday qilib, operatsion sistemalar kompyuter dasturlari orasida eng murakkabi bo‘libgina qolmay, ular kompyuterni nafaqat amal bajarishga, balki o‘zi bajarayotgan ishlarni ham nazorat qilishga majbur etadi. Bunday dasturlar bizning vazifalarimizni bajarish uchun emas, balki bizning ko‘rsatmalarimizni bajarishda kompyuter qurilmalarida biror kamchilik, muammo yuzaga kelmasligi uchun ishlab chiqariladi va qo‘llaniladi.
MS-DOS (talaffuzi: em-es-dos; MicroSoft Disk Operating System – “Microsoft Disk Ishlatuv Tizimi”) x86 arxitekturali shaxsiy komputerlar uchun ishab chiqarilgan ishlatuv tizimidir. 1981-yili IBM buyurtmasiga binoan Microsoft tomonidan Q-DOS asosida tayyorlangan. MS-DOSning asosiy vazifalari:
Microsoft, shuningdek, MS-DOS-da turli xil taktikalarni va ularning bir nechta ilovalari va ishlab chiqish vositalarini qo'llagan, ular haqiqiy MS-DOS (va PC DOS) da mukammal ishlaganda, boshqa sotuvchining DOS ilovasida ishlaganda buziladi. Ushbu amaliyotning mashhur misollari:
Microsoft-ning QuickPascal dasturi (1989 yil boshida chiqarilgan) hujjatsiz DOS funksiyalari yordamida dasturning Dastur segmenti prefiksini o‘zgartirish orqali MS-DOS-ni tekshirgan birinchi MS mahsuloti bo‘lib, so‘ngra DOS ma’lumotlar segmentida belgilangan holatda tegishli qiymat o‘zgargan yoki o‘zgarmaganligini tekshirgan. (shuningdek, hujjatsiz). Bu tekshirish uni keyingi MS mahsulotlariga ham kiritdi, jumladan Microsoft QuickC v2.5, Programmer’s Workbench va Microsoft C v6.0.
AARD kodi, Windows ishga tushirgichidagi kod bloki (WIN.COM) va Windows 3.1 ning bir nechta boshqa tizim fayllari. U XOR shifrlangan, o‘z-o‘zidan o‘zgartirilgan va ataylab noaniqlangan bo‘lib, turli hujjatsiz DOS tuzilmalari va funktsiyalaridan foydalanib, Windows haqiqatan ham MS-DOS da ishlayotgan yoki yo‘qligini aniqlash uchun. Beta versiyalarida, agar haqiqiy MS-DOS uchun sinov muvaffaqiyatsiz tugasa, u “xato” xabarini ko‘rsatdi, bu esa foydalanuvchini to‘xtatish yoki davom ettirishni so‘raydi, sukut bo‘yicha bekor qilish. Yakuniy versiyada kod hali ham ishlamoqda, ammo xabar va so‘rov qo‘shilgan bayroq bayti bilan o‘chirib qo‘yildi, bu esa uni (ehtimol) samarasiz qildi.
Operatsion tizimni o‘rnatishda fleshkani kompyuterga ulaymiz va kompyuter qo‘shilayotganda ESC tugmasini bosib turamiz.
Shundan so‘ng bizda Boot menu chiqadi. Bu yerda Boot menu tugmasi uchun F9 tugmasi ishlaydi.
Bu yerda 1-turgan UEFIni tanlaymiz. Bu fleshka orqali OTni kompyuterga o‘rnatishni ko‘rsatadi.
Windows 10 ni 64 va 32 razryadli turlari mavjud. 64 razryadli Windowsni o’rnatish uchun kompyuterning operatsion xotirasi 8Gb va undan kata bo’lishi kerak. 8Gb dan kichik bo’lsa 32 razryadli Windowsni o’rnatsa bo’ladi.
Bu yerdan til tanlanadi. Masalan, rus tili. Keyin esa “Dalee” tugmasi bosiladi.
“Ustanovit” tanlanadi.
Litsenziya shartlariga rozi bo‘linadi va yana “Dalee” tugmasi bosiladi.
1-turganini tanlanadi.
Hajmi kichikroq bo‘lgan qattiq diskni format qilinadi va shu format bo‘lgan qattiq diskka OTni o‘rnatish boshlanadi.
OT ni kompyuterga o‘rnatilmoqda.
Nazorat savollari.
1. Operatsion tizim nima?
2. Operatsion tizimlarning turlari haqida ma’lumot bering.
3. Operatsion tizimlarni o’rnatish qanday amalga oshiriladi?
|
| |