• Ishdan maqsad: Ishdan maqsad
  • NAZARIY QISM 3.1. Saralash usullari va ularning qo‘llanilishi Saralash
  • 1. Tuzilma elementlarini saralash.
  • N = 0,01n2 + 10n
  • 3-laboratoriya ishi mavzu: Saralash masalasini formal qo‘yilishi. Saralashning qat’iy va yaxshilangan usullari




    Download 0.99 Mb.
    bet1/13
    Sana25.01.2023
    Hajmi0.99 Mb.
    #39383
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    MTA 3-Laboratoriya (1)
    Алгебра 11-класс, 2022 МФЙ тел ракамлар янгиси, 1-mavzu (Prezentatsiya), Amaliy topshiriq, 1059380.pptx, 44088, Article 31 0, 164014973814898950, Gimnastika umumiy va maxsus tayorgarlik mashqlari bo’yicha mahoratni oshirish, 7, ёрдамчи тусин , Kompyuter-zamonaviy-texnik-1, CamScanner 05-17-2023 21.24, 120123

    3-LABORATORIYA ISHI
    Mavzu: Saralash masalasini formal qo‘yilishi. Saralashning qat’iy va yaxshilangan usullari
    3.1. Saralash usullari va ularning qo‘llanilishi.
    3.2. Sheyker va Shell saralash usullari.
    3.3. Saralashning yaxshilangan usullari va ularning qo‘llanilishi.
    3.4. Piramidali va birlashtirish orqali saralash.
    Ishdan maqsad: Ishdan maqsad: Talabalar berilgan tuzilmaning shakliga qarab biror kalitga mos elementni qidirishning optimal usulini qo‘llashni o‘rganishlari va saralash usullarining samaradorligini taqqoslashlari kerak.
    Qo‘yilgan masala: Topshiriq variantidagi masalani so‘ralayotgan qidiruv usuli yordamida yechishning Python tilidagi dasturini yaratish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
    Ish bajarish tartibi:

    • Tajriba ishi nazariy ma’lumotlarini o‘rganish;

    • Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish;

    • Python dasturlash muhitida dasturni yaratish;

    • Natijalarni tekshirish;

    • Hisobotni tayyorlash va topshirish.

    NAZARIY QISM
    3.1. Saralash usullari va ularning qo‘llanilishi
    Saralashbu berilgan to‘plam elementlarini biror bir tartibda joylashtirish jarayonidir. Saralashni maqsadi tartiblangan to‘plamda kerakli elementni topishni osonlashtirishdan iborat. Saralash dasturlarni translyasiya qilinayotganda, ma’lumotlar majmuasini tashqi xotirada tashkil qilinayotganda, kutubxonalar, kataloglar, ma’lumotlar bazasi yaratilayotganda tadbiq qilinadi.
    1. Tuzilma elementlarini saralash. Ma'lumotlarni kompyuterda qayta ishlashda elementning informatsion maydoni va uning mashina xotirasida joylashishini bilish zarur. Shu maqsadda ma'lumotlarni saralash amalga oshiriladi. Demak, saralash – bu ma'lumotlarni kalitlari bo'yicha doimiy ko'rinishda mashina xotirasida joylashtirishdan iborat. Bu yerda doimiylik ma'lumotlarni massivda kalitlari bo'yicha o'sishi tartibida berilishi tushuniladi.
    Ma'lumotlarga qayta ishlov berilayotganda ma'lumotning informatsion maydonini hamda uning mashinada joylashishini (adresini) bilish zarur.
    Saralashning ikkita turi mavjud: ichki va tashqi:
    ichki saralash - bu operativ xotiradagi saralash;
    tashqi saralash – tashqi xotirada saralash.
    Agar saralanayotgan yozuvlar xotirada katta hajmni egallasa, u holda ularni almashtirishlar katta sarf (vaqt va xotira ma'nosida) talab qiladi. Ushbu sarfni kamaytirish maqsadida, saralash kalitlar adresi jadvalida amalga oshiriladi. Bunda faqatgina ma'lumot ko'rsatkichlari almashtirilib, massiv o'z joyida qoladi. Bu usul adreslar jadvalini saralash usuli deyiladi.
    Saralanayotganda bir xil kalitlar uchrashi mumkin, bu holda saralangandan keyin bir xil kalitlilar boshlang'ich tartibda qanday joylashgan bo'lsa, shu tartibda qoldirilishi maqsadga muvofiq bo'ladi (Bir xil kalitlilar o'zlariga nisbatan). Bunday usulga turg'un saralash deyiladi.
    Saralash samaradorligini bir necha mezonlar bo'yicha baholash mumkin:
     saralashga ketgan vaqt;
     saralash uchun talab qilingan operativ xotira;
     dasturni ishlab chiqishga ketgan vaqt.
    Birinchi mezonni qarab chiqaylik. Saralash bajarilganda taqqoslashlar yoki almashtirishlar sonini hisoblash mumkin.
    Faraz qilaylikN = 0,01n2 + 10n – taqqoslashlar soni. Agar n < 1000 bo'lsa, u holda ikkinchi qo'shiluvchi katta, aks holda ya'ni, n > 1000 bo'lsa, birinchi qo'shiluvchi katta bo'ladi.
    Demak, kichkina larda taqqoslashlar soni ga teng bo'ladi, katta larda esa n2 ga teng bo'ladi.
    Saralashda taqqoslashlar soni quyidagi oraliqlarda bo'ladi:
    dan gacha; – ideal holatda.
    Saralashning quyidagicha usullari bor:
    qat'iy (to'g'ridan-to'g'ri) usullar;
    yaxshilangan usullar.
    Qat'iy usullarning afzalliklarini ko'rib chiqaylik:
    1. Bilamizki, dasturlarning o'zlari ham xotirada joy egallaydi. To'g'ridan-to'g'ri saralash usullarining dasturlari qisqa bo'lib, ular tushunishga oson.
    2. To'g'ridan-to'g'ri saralash usullari orqali saralash tamoyillarining asosiy xususiyatlarini tushuntirish qulay.
    3. Murakkablashtirilgan usullarda uncha ko'p amallarni bajarish talab qilinmasada, ushbu amallarning o'zlari ham ancha murakkabdir. Garchi yetarlicha katta n larda ulardan foydalanish tavsiya etilmasada, kichik n larda mazkur usullar tezroq ishlaydi.
    Shu joyni o'zida qat'iy usullarni ishlash tamoyillariga ko'ra 3 ta toifaga bo'lish mumkin:
    1. To'g'ridan-to'g'ri qo'shish usuli (by insertion);
    2. To'g'ridan-to'g'ri tanlash usuli (by selection);
    3. To'g'ridan-to'g'ri almashtirish usuli (by exchange).

    Download 0.99 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 0.99 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-laboratoriya ishi mavzu: Saralash masalasini formal qo‘yilishi. Saralashning qat’iy va yaxshilangan usullari

    Download 0.99 Mb.