3-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Elektron pochta tarmoq dasturini yaratish
JavaMail API elektron pochta ilovalarini yaratishda platformaga bog‘liq bo‘lmagan va protokolga bog‘liq bo‘lmagan freymvorklarni qo‘llab quvvatlaydi. JavaMail API elektron pochta tizimini o‘z ichiga oluvchi obyektlarni aniqlovchi abstrakt klasslar to‘plamini ta’minlaydi. Bu elektron pochtani o‘qish, yozish va jo‘natish uchun paketdir.
Quyida JavaMail APIda qo‘llab-quvvatlanadigan ba’zi protokollar keltirilgan:
SMTP: Simple Mail Transfer Protocol. Elektron pochtani jo‘natish mexanizmini ta’minlaydi.
POP3: Post Office Protocol. Elektron pochtani qabul qilish mexanizmini qo‘llab-quvvatlaydi. Har bir foydalanuvchiga bitta pochta qutisini qo‘llab- quvvatlashni aniqlaydi. RFC 1939 ushbu protokolni aniqlaydi.
IMAP4: Internet Message Access Protocol. Elektron pochtani qabul qilish mexanizmini qo‘llab-quvvatlaydigan mukammal protokoldir. Har bir foydalanuvchiga bir-nechta pochta qutilarini ta’minlaydi. Qo‘shimcha sifatida pochta qutisi bir-nechta foydalanuvchilarga taqsimlanishi mumkin. RFC 2060da aniqlangan.
MIME: Multipurpose Internet Mail Extensions. Bu elektron pochtani ko‘chirish protokoli emas. Bu nima ko‘chirilayotganini, ya’ni elektron pochta tarkibi (formati, ilovalari)ni aniqlaydi.
JavaMail API
elektron pochtalarni yozish, qabul qilish va jo‘natish uchun qo‘llaniladi.
Klasslar
|
Tavsifi
|
javax.mail.Session
|
APIning kalit klassi hisoblanadi. Bog‘lanishni
namoyon etuvchi ko‘poqimli obyekt.
|
javax.mail.Message
|
Elektron pochta xabarini tadbiq etilishini ta’minlaydi.
|
javax.mail.Address
|
Xabarda manzillar bilan ishlashni ta’minlaydi.
|
javax.mail.Authenticator
|
Pochta serverida resurslarini ximoyalash uchun
foydalaniladi
|
javax.mail.Transport
|
Elektron pochta xabarini jo‘natish mexanizmini
ta’minlaydi.
|
javax.mail.Store
|
Xabarlarni saqlash va o‘qishni ta’minlaydi. Store
papkalarga bo‘linadi.
|
javax.mail.Folder
|
Pochta xabarlarini papkalarda saqlashni ta’minlaydi.
|
javax.mail.internet.
MimeMessage
|
Turli formatdagi elektron pochta xabarlari bilan ishlash
imkoniyatini beradi.
|
javax.mail.internet. InternetAddress
|
RFC822 sintaksisidan foydalanib elektron pochta manzillari bilan ishlash imkonini beradi.
|