• 1. Fizik sath.
  • 3-Ma’ruza Kompyuter tarmoqlarining standartlari. Reja

    Download 418,22 Kb.
    bet5/6
    Sana01.10.2024
    Hajmi418,22 Kb.
    #273080
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    3-Ma\'ruza

    Kompyuter tarmoqlarining ishlashini ta’minlovchi vositalarni yaratishga ko’p sathli yondoshish g’oyasi, tarmoqlarda standartlashning g’oyaviy asosi bo’lib hisoblanadi. Aynan shu yondoshish asosida ochiq tizimlarning bir-biri bilan bog’langan holda, ya’ni o’zaro ishlashining ettita sathli standart modeli - Open System Interconnection (OSI) modeli ishlab chiqilgan. Bu model va uning iboralari tarmoq mutaxassislari uchun o’ziga xos universal tilga ham aylangan.

    OSI modeli 80-yillarning boshlarida standartlash bo’yicha qator tashkilotlar (ISO, ITU-T va boshqalar) ishtirokida ishlab chiqilgan. OSI modeli tizimlarning o’zaro ishlash sathlarini aniqlaydi, ularga standart nomlar beradi. Modelning to’liq tavsifi ming betdan oshadi. OSI modelida o’zaro ishlash vositalarining 7 ta sathlari quyidagicha nomlanadi:

    1. Fizik sath.

    2. Kanal sathi.

    3. Tarmoq sathi.

    4. Transport sathi.

    5. Seanslar sathi.

    6. Taqdimlash sathi.

    7. Amaliy sath

    Har bir sath quyi sathga o'tkazilishidan oldin kiruvchi ma'lumotlarga qo’shimcha ma'lumotlarini (sarlavhasini) qo'shadi. Sarlavhalar odatda manba va maqsad manzili, xatolarni boshqarish ma'lumotlari, protokol identifikatorlari va oqimlarni boshqarish parametrlari va ketma-ketlik raqamlari kabi protokol parametrlarini o'z ichiga oladi. OSI-Tarmoqni ishlashi uchun esa bizga OSI modeli va TCP/IP protokollar steki zarur hisoblanadi. OSI (Open System Interconnection) modeli 7ta pog'onadan iborat va har bir pog'ona paket (ma'lumot uzatishning bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z belgisini qo'yib boradi. Ya'ni bunda agar ma'lumot biror qurilmadan chiqib ketishdan oldin 7-pog'onadan boshlab pastki pog'onaga tushib borib paket ko'rinishiga keladi va uzatiladi. Ikkinchi kompyuter uni qabul qilib olgandan so'ng esa 1-pog'onadan boshlab yuqoriga qarab chiqib boradi va ma'lumot ko'rinishiga keladi. Bunda agar qaysidir pog'onada xatolik bo'lsa, paket qaytadan so'raladi yoki so'rov bekor qilinadi (bu tushunchalar nisbiy hisoblanib, ma'lumot almashinuv aynan aytilganidek amalga oshirilmaydi).

    Download 418,22 Kb.
    1   2   3   4   5   6

    Download 418,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa

    3-Ma’ruza Kompyuter tarmoqlarining standartlari. Reja

    Download 418,22 Kb.