Ular endi nafaqat kursda o'tiladigan materiallarni, balki darsning o'zini ham
bepul taqdim etishmoqda.
Stenfordda dastlab “Sun'iy intellekt faniga kirish” (Introduction to Artificial
Intelligence) nomli bepul “onlayn” kurs tashkil etilgan. Bu kursga dunyoning 190
dan ortiq mamlakatidan jami 160 mingdan ziyod talaba yozilgan. Ko'ngillilar
yordamida kurs materiallari qisqa muddat ichida dunyoning 44 tiliga tarjima ham
qilingan. Ishtirokchilarning 23 ming nafari kurs materiallarini to'liq
tamomlab,
imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan hamda ushbu kursni bitirganlik to'g'risidagi
guvohnomaga ega bo'lishgan.
2012-yil Stenford universiteti yana beshta bepul “onlayn”
kurslarini tashkil
etdi. Ularda o'qiyotgan talabalarning soni yarim millionga yaqin.
Bu borada Massachusets texnologiya instituti ham faollik ko'rsatmoqda.
O'quv yurti tashabbusi bilan internet orqali bepul darslar beradigan “MITx” nomli
yangi notijorat tashkiloti tuzildi. “MITx” qoshida ochilgan birinchi kurs – “Sxemalar
va Elektronika” darsida qatnashish uchun 100 mingdan ziyod talaba ro'yxatdan
o'tgan. “MITx” internet
sahifasida yozilishicha, ro'yxatga
yozilganlarning kamida
20 ming nafari dars mashg'ulotlarida to'liq va faol ishtirok etishmoqda.
Prinston universiteti, Berklidagi Kaliforniya universiteti, Michigan An-Arbor
hamda Pensilvaniya universitetlari ham hamkorlikda bepul “onlayn”
kurslarini
tashkil etmoqda. Ushbu kurslar “Coursera” deb
nomlangan internet saytida
jamlangan. “Coursera”dan kurslarni ularning nomlari va yo'nalishi bo'yicha yoki
ularni taqdim etayotgan universitetlar bo'yicha qidirib topish mumkin.
Bepul darslarni taqdim etuvchi yana bir sayt “Udacity” bo'lib,
u ham
“Coursera” bilan birgalikda Stenford universiteti mutaxassislari tomonidan bunyod
etilgan.