MIT va Garvardni bitirgan qobiliyatli talaba
Salmanxan boshqa shaharda
yashaydigan kichkina amakivachchasiga matematika fanidan yordam berish uchun
«YouTube» saytiga videodarslarni joylashtirgach,
bu sayt tezda ommalashib,
mashhur bo'lib ketgan. Endi Khan akademiyasi saytida har xil mavzudagi 42000 dan
ortiq bepul mikroma'ruzalar bor. Ulardan ko'pchiligi rus tilida ham mavjud.
3-rasm. Coursera saytining umumiy interfeysi
EdX ta'lim platformasi
(4-rasm). Uni
Garvard Universiteti hamda
Massachusets texnologiya instituti birgalikda “barcha yoshdagilar va turli millat
vakillari
uchun tekin, internet orqali interfaol ta'lim olishlari uchun” notijoriy
tashkilot sifatida tashkil qilishgan.
EdX da ingliz tilida Garvard Universiteti, MIT va yana Berkeley Kaliforniya
Universitetlarida (hamda 2013-yildan Texas Universiteti ham qo'shilgan)
o'rgatiladigan kurslardan bilim olish mumkin.
Hozircha
maskur EdX platformasida kimyo, tibbiyot,
informatika, fizikaga
oid kurslar qo'yilgan.
Intuit.
Rasmiy sayti: www.intuit.ru
Oliy ta'lim va ikkinchi oliy ta'limni olish imkoniyati mavjud bo'lgan,
shuningdek, professional qayta tayyorlash va malakani
oshirish imkoniyatlarini
taqdim qila oladigan yirik Rossiya internet-universitetidir.
To'liq o'qish pullik, ammo intuit saytida turli sohadagi: informatika, fizika,
matematika, iqtisodiyot va falsafa bo'yicha 500 dan ortiq kurslarni bepul o'qish
mumkin. Hozirgi kunda ko'pgina kurslar video darslar shaklida ham berilmoqda.
Ta'lim kurslarini tugatib bepul elektron sertifikat olish imkoniyati ham mavjud.