3-ma'ruza. Ommaviy onlayn ochiq kurslar




Download 480,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana23.11.2023
Hajmi480,13 Kb.
#104297
1   2   3   4   5
Bog'liq
04-maruza.-OOOK
3 mus (1), tarbiyaviy tadbirlar rejasi, J.Jo`raxolovga tavsifnoma.docxyyyy, 332288-1 Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalash va sog’lig’ini, Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalash va sog’ligini himoya qil-fayllar.org, Ajratgichlar-ularni-vazifalari-konstruktsiyalari-qisqa-tutashtirgich-va-avtomatik, Releli himoya va avtomatika, hojiyev a. hozirgi o\'zbek tili faol so\'zlarining izohli lug\'ati, 5, 10, 15, 20, 25, 30, 35, 40, davlat-moliyaviy-nazoratining-nazariy-va-huquqiy-asoslari, Презентация 14, 16-11 05-53, metall-konstruksiya, 1. Iqtisodiyotni globallashuvi Globalizatsiyaning afzalliklari, -fayllar.org, CM Xo`jalik o`rinbosari 2023 ish reja (2)
 
 
2-rasm. Ommaviy onlayn ochiq kurslarda tashkillashtirilgan
kurslarning ko'rinishlari: a) jonli videoma'ruza; b) mono-leksiya;
c) yozma konspekt asosida tushuntirish; d) multimediali interfaol ma'ruza.
Shundan so'ng yuzlab boshqa kollej va universitetlar ham o'quv materiallarini 
internetga barcha uchun bepul va ochiq qo'yish amaliyotini yo'lga qo'ydi. Bugunga 
kelib MIT va Stenford universiteti ushbu amaliyotni yangi bosqichga ko'tarishga 
qaror qildi. 


Ular endi nafaqat kursda o'tiladigan materiallarni, balki darsning o'zini ham 
bepul taqdim etishmoqda.
Stenfordda dastlab “Sun'iy intellekt faniga kirish” (Introduction to Artificial 
Intelligence) nomli bepul “onlayn” kurs tashkil etilgan. Bu kursga dunyoning 190 
dan ortiq mamlakatidan jami 160 mingdan ziyod talaba yozilgan. Ko'ngillilar 
yordamida kurs materiallari qisqa muddat ichida dunyoning 44 tiliga tarjima ham 
qilingan. Ishtirokchilarning 23 ming nafari kurs materiallarini to'liq tamomlab
imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan hamda ushbu kursni bitirganlik to'g'risidagi 
guvohnomaga ega bo'lishgan.
2012-yil Stenford universiteti yana beshta bepul “onlayn” kurslarini tashkil 
etdi. Ularda o'qiyotgan talabalarning soni yarim millionga yaqin.
Bu borada Massachusets texnologiya instituti ham faollik ko'rsatmoqda. 
O'quv yurti tashabbusi bilan internet orqali bepul darslar beradigan “MITx” nomli 
yangi notijorat tashkiloti tuzildi. “MITx” qoshida ochilgan birinchi kurs – “Sxemalar 
va Elektronika” darsida qatnashish uchun 100 mingdan ziyod talaba ro'yxatdan 
o'tgan. “MITx” internet sahifasida yozilishicha, ro'yxatga yozilganlarning kamida 
20 ming nafari dars mashg'ulotlarida to'liq va faol ishtirok etishmoqda.
Prinston universiteti, Berklidagi Kaliforniya universiteti, Michigan An-Arbor 
hamda Pensilvaniya universitetlari ham hamkorlikda bepul “onlayn” kurslarini 
tashkil etmoqda. Ushbu kurslar “Coursera” deb nomlangan internet saytida 
jamlangan. “Coursera”dan kurslarni ularning nomlari va yo'nalishi bo'yicha yoki 
ularni taqdim etayotgan universitetlar bo'yicha qidirib topish mumkin.
Bepul darslarni taqdim etuvchi yana bir sayt “Udacity” bo'lib, u ham 
“Coursera” bilan birgalikda Stenford universiteti mutaxassislari tomonidan bunyod 
etilgan. 

Download 480,13 Kb.
1   2   3   4   5




Download 480,13 Kb.
Pdf ko'rish