• 3. Grafik organayzerlar
  • 3-ma’ruza ta’lim metodikasi va ilg’or pedagogik texnologiyalar reja




    Download 83,98 Kb.
    bet4/5
    Sana19.12.2023
    Hajmi83,98 Kb.
    #123178
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    3-маъруза тазасы

    1. Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (ѐki “O’quv keyslari”), “Blits-so’rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Munosabat”, “Reja”, “Suhbat” va b.
    2. Strategiyalar: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzѐrar”, “Rotatsiya”, “T-jadval”, “YUmaloqlangan qor” va h.k.
    3. Grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Kontseptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b.
    “Aqliy hujum” strategiyasi talabalarni mavzu xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, o’z tasavvurlari, g’oyalaridan ijobiy foydalanishga doir ko’nikma, malakalarni hosil qilishga rag’batlantiradi. U ѐrdamida tashkil etilgan mashg’ulotlarda ixtiѐriy muammolar yuzasidan bir necha orginal (o’ziga xos) echimlarni topish imkoniyati tug’iladi. Strategiya mavzu doirasida ma’lum qarashlarni aniqlash, ularga muqobil g’oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.
    “Baliq skeleti” grafik organayzeri (GO) talabalarda mavzu yuzasidan muayyan masala mohiyatini tasvirlash va echish qobiliyatini shakllantiradi. Uni qo’llashda talabalarda mantiqiy fikrlash, mavzu mohiyatini ѐrituvchi tayanch tushuncha, ma’lumotlarni muayyan tizimga keltirish, ularni tahlil qilish ko’nikmalari rivojlanadi.
    “Blits-so’rov” metodi (ing. “blits” – tezkor, bir zumda) berilgan savollarga qisqa, aniq va lo’nda javob qaytarilishini taqozo etadigan metod sanaladi. Ta’lim muassasalarida ushbu metodga muvofiq savollar, asosan, o’qituvchi tomonidan beriladi. Berilgan savollarga javoblar jamoaviy, guruhli, juftlik ѐki individual tarzda qaytarilishi mumkin. Javob qaytarish shakli mashg’ulot turi, o’rganilaѐtgan mavzuning murakkabligi, talabalarning qamrab olinishiga ko’ra belgilanadi.
    “Swot-tahlil” strategiyasi muammoning asosiy to’rt jihatini ѐritishga xizmat qiladi. Talabalar mavzuning mazmuniga mos muammolarni atroflicha o’rganish orqali mohiyatini ѐritadi, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni izlab, hal qilish imkoniyatlarini topadi.
    U ѐrdamida muammoning quyidagi to’rt jihati tahlil qilinadi:
    S -Kuchli (ustun) jihatlari (hal etilaѐtgan muammoning afzalliklarini ѐritish)
    W -Kuchsiz (zaif) jihatlari (maqsadga erishish yo’lida tashkil etilaѐtgan harakatlarga ichki omillarining ta’sirini o’rganish)
    O -Imkoniyatlarni chamalash (belgilangan vazifalarni hal etishning eng maqbul yo’llarini izlash)
    T -Tahdidni o’rganish (maqsadga erishish yo’lida tashkil etilaѐtgan harakatlarga tashqi omillarining ta’siri aniqlash).
    Pedagogik texnologiyalarning keng ko 'lamli qo'llanilishi o'qituvchining o'quv vaqtidan unumli foydalanishi va talabalarning bilim olishida yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Fan yo'nalishi bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishga yo'naltirilgan mutaxassislarni an'anaviy tayyorlash zamonaviy talablardan tobora orqada qolmoqda.



    Download 83,98 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 83,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-ma’ruza ta’lim metodikasi va ilg’or pedagogik texnologiyalar reja

    Download 83,98 Kb.