|
Ichki yonuv dvigatelarning atrof-muhitga ta’siri
|
bet | 6/6 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 2,69 Mb. | | #148913 |
Bog'liq Dvigatelar tuzilishi. RejaIchki yonuv dvigatelarning atrof-muhitga ta’siri.
Avtomobillar soni yildan-yilga ko’payib bormoqda, chet ellardan turli xildagi avtomobillar kirib kelmokda. U avtomobillar atrof-muhit va inson salomatligiga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, bir avtomobilь dvigateli o’z tsilindrlari orqali 60 sekund ichida taxminan 5000 litr yonilg’i aralashmasini o’tkazadi, shu vaqt ichida 100 ta odam nafas olishi uchun kerak bo’lgan xavo sarflanishi mumkin. Bitta avtomobilь bir yilda tashqi muhitga 800 kg SO, 220 kg, SO2 va 40 kg NO gazi xamda bir qancha boshqa zaxarli gazlar chiqaradi. SHu bilan birga avtomobilь dvigatelining ishlashi natijasida hosil bo’lgan shovqin ham odamlarning salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Avtomobilning atrof-muhit va odam organizmiga ko’rsatayotgan zararli ta’sirini biroz kamaytirish uchun dvigatelning ish maromini aniq tanlash, yonilg’i berish asboblarini o’z vaqtida rostlash, vaqti-vaqti bilan moylash tizimini yuvib turish, dvigatelni suyuqlashgan aralashmada ishlatish yo’llari bilan undan chiqayotgan zaxarli gazlar miqdorini kamaytirish mumkin. Ishlatiladigan gazlar tarkibidagi zaxarli moddalarni kamaytirish uchun ularni tashqi muhitga chiqarish oldidan tozalash lozim. Buning uchun tovush pasaytirgichlar o’rnida maxsus soflagich (neytrolizator)lar o’rnatilmokda. Avtomobilь dvigateli ishlaganda va avtomobilь harakatlanganda shovqin xosil bo’ladi. SHovqinni kamaytirish uchun tovush so’ndirgichlarning takomillashgan nusxalarni o’rnatish va avtomobilning yurish qismlarini takomillashtirish lozim. Avtomobillardan chiqayotgan chiqindi suvlarni tozalash kerak.
Nazorat savollari
Avtomobilda dvigatelning vazifasi nimadan iborat?
Ish tsiklidagi takt nimani bildiradi?
Dvigatel qanday mexanizm va tizimlardan tashkil topgan?
TSilindrning qaysi xajmini ish xajmi va qaysinisini to’la xajm deyiladi?
TSilindrning qaysi bo’shlig’ini yonish kamerasining xajmi deyiladi?
Dvigatelning litraji va siqish darajasi deb nimalarga aytilinadi?
To’rt taktli dizel dvigatelida taktlarning ketma-ketligi qanday tartibda bo’ladi?
Nima sababdan bir tsilindrli dvigatelda tirsakli valning aylanishi ko’p tsilindrlikka nisbatan tekis bo’lmaydi.
Dizelni benzinli dvigatelga nisbatan afzalliklari nimalardan iborat?
Dvigatelning litrli quvvati nimani ko’rsatadi?
Dvigatelning ish tsikli deb nimaga aytiladi?
|
| |