Ichki yonuv dvigatelining umumiy tuzilishi, mexanizm va tizimlarning vazifalari




Download 2,69 Mb.
bet2/6
Sana30.01.2024
Hajmi2,69 Mb.
#148913
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dvigatelar tuzilishi. Reja

Ichki yonuv dvigatelining umumiy tuzilishi, mexanizm va tizimlarning vazifalari. Porshenli ichki yonuv dvigatellari qo’yidagi mexanizm va tizimlardan tuzilgan: krivoship–shatunli mexanizm, gaz taqsimlash mexanizmi, hamda sovutish, moylash, yonilg’i bilan ta’minlash, yondirish (karbyuratorli dvigatelda) va yurgizish tizimlari.
Krivoship shatunli mexanizm tsilindr ichida ishchi yonuvchi aralashmaning yonishidan hosil bo’lgan gazning bosimini o’ziga qabul qilib, porshenning tsilindr ichida to’g’ri chiziqli ilgarilama va qaytma harakatini tirsakli valda aylanma harakatiga aylantirib beradi. Dvigatel tsilindr va ostki qismi taglik bilan yopilgan karterdan iborat.





2.1-rasm. Porshenli ichki yonuv dvigatelning tuzilishi.
A- ko’ndalang ko’rinish, B-bo’ylama ko’rinish.

a) TSilindr ichida kompressorli (zichlovchi) porshen halqalari (11) bo’ladi, usti yuqoriga qaragan stakan shakldagi porshen (6) harakatlanadi. Porshen barmog’i (12) va karterda joylashgan tayanch podshipniklarda aylanuvchi tirsakli val (15) bilan bog’langan. Tirsakli val tayanch bo’yinlari (17), jag’lar (15) va shatun bo’ynidan (14) iborat. TSilindr, porshen, shatun va tirsakli val birgalikda krivoship shatunli mexanizmni tashkil etadi.


b) Bu mexanizm porshenning ilgarilanma-qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga aylantirib beradi.
TSilindr (5) yuqori tomondan tsilindr kallagi (7) bilan berkitilgan. Bu kallakda kiritish va chiqarish klapanlari (8, 9) o’rnatilgan bo’lib, ularning ochilishi va yopilishi porshenning harakatiga hamda tirsakli valning aylanishiga mos tushadi.
Gaz taqsimlash mexanizm. Yonuvchi ishchi aralashma yoki havoning tsilindrga kirishini hamda ishlatilgan gazlarni chiqarib yuborishni bajarish uchun xizmat qiladi. Bu mexanizm tarkibiga gaz taqsimlash vali, valni yuritgich shesternyasi, turtkichlar, klapanlar, klapan prujinalari, koromislo, koromislo o’qi, shtangalar kiradi.
Yonilg’i bilan ta’minlash tizimi benzin va havoni tozalaydi, ulardan yonuvchi aralashma tayyorlaydi, uni dvigatel tsilindrlariga uzatadi va ishlatilgan gazlarni tashqi muhitga chiqarib yuboradi.
Sovutish tizimi. Dvigatelning qizigan qismlardan ajralgan issiqlikni tashqi muhitga tarqatadi va uni eng qulay issiqlik maromda ishlashni ta’minlaydi. Dvigatel suyuqlik yoki havo bilan sovitiladi.
Moylash tizimi dvigatelni ishqalanuvchi qismlar orasiga yuqori bosim bilan moy yuborib, ularning yeyilishini kamaytiradi, ishqalanuvchi qismlarni yuzalarini qisman sovitadi, ishqalanuvchi yuzalardagi kirlarni va yeyilish zarrachalarini yuvadi xamda moyni tozalab beradi.
O’t oldirish tizimi karbyuratorli dvigatelni majburiy ravishda o’t oldirish uchun elektr toki uchqunini hosil qiladi va uni tsilindrlarga tartib bilan yuboradi.
Yurgizish tizimi dvigatelni yurgizish uchun xizmat qiladi.




  1. Download 2,69 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 2,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ichki yonuv dvigatelining umumiy tuzilishi, mexanizm va tizimlarning vazifalari

Download 2,69 Mb.