3-mavzu: Elektron jadval muharrirlari. Ms excel dasturi




Download 52.84 Kb.
bet1/8
Sana20.09.2023
Hajmi52.84 Kb.
#83061
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3 mavzu Elektron jadval muharrirlari Ms excel dasturi www hozir
66666666666666666666666666666666, Laboratoriya ishi №4-fayllar.org, 1029-Article Text-2216-1-10-20210225 (1), TPU568882, BBB metodi, Elektronika1, 6-maruza, O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev), onamjurnal, Konfliktlarni boshqarish tartiblari va usullari, 1-lab Muhammadjonov, Kompyuter tarmoqlari, 026, Bovari xonim

3-mavzu: Elektron jadval muharrirlari. Ms excel dasturi




3-MAVZU: Elektron jadval muharrirlari. MS Excel dasturi.

REJA: 

1. Elektron jadval muharrirlari, ularning vazifasi va imkoniyatlari.
2. Asosiy tushunchalar: katak, diapazon, sahifa, satr va ustun.
3. Ma’lumotlar turlari va formatlari. Ma’lumotlarni kiritish va taxrirlash..
4. MS Excel dasturida ishlash texnologiyalari 
MS Excel 2010 elektron jadvalida yangi interfeysi asosida tasma (ingliz tilida “Ribbon”)
deb nomlanuvchi va asosiy oynaning yuqori qismida joylashgan ko‘p varaqli soha joylashgan
.

MS Excel 2010 ning tasmaning har bir bo‘lagida muayyan vazifalarni bajarishga 


mo‘ljallangan tugmalar majmuasi jamlangan:

Главная – jadvallardagi ma’lumotlarni kiritishga va tahrirlashga mo‘ljallangan;



Вставка – jadvalga biror rasm, diagramma kabi obyektlarni joylashtirishga mo‘ljallangan;



Разметка страницы - jadval varaqlarini bosmaga chiqarish uchin sahifalarning


chegaralari va boshqa parametrlarini belgilash uchun mo‘ljallangan; 

Формулы – jadvallardagi hisoblashlarni amalga oshiruvchi har xil formulalardan 


foydalanish uchun mo‘ljallangan;



Данные - jadvallarning ustun va satrlaridagi ma’lumotlarni filtrlash, saralash, nusxalarini


ko’paytirish, keraksizlarini yo’qotish, tashqi axboratlarni kiritish; 

Рецензирование – matn xatolarini tuzatish va hujjatlarni tahrirlash; 



Вид – jadvallarni ekranda turlicha namoyish qilishga moslashtirish. 


Bosh oynaning yuqori chap burchagida tez-tez ishlatiluvchi murojaatni osonlashtiruvchi panel


mavjud bo‘lib, u yerda xotirada saqlash, oxirgi amalni bekor qilish kabi amallarni tez va oson 
bajarish mumkin.
Ushbu panelga yangi buyruqlar kiritish orqali imkoniyatini oshirish mumkin. 
Tasmaning tagida elektron jadvalning ishchi sohasi joylashgan. Jadval ko‘rinishida berilgan
fayl Excelda kitob (Книга) deb ataladi. Kitob esa varaq (Лист) lardan tashkil topgan.
Standart holatida ular uchta bo‘lib, zaruriyat tug‘ilganda ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi
mumkin.

MS Excel 2010 ning standart varag‘i harflar orqali belgilanuvchi 16348 ustun va raqamlar


orqali ifodalanuvchi 1048576 satr mavjud bo‘lib, ustunlar A harfidan boshlanib XFD bilan
tugallanadi. Varaqdagi alohida olingan har bir katak o‘z nomiga va manziliga: A3, C45 ega
bo‘ladi.

Jadvallar muharriri EXCEL WINDOWS da ishlash uchun yaratilgan. Uni ishga tushirish 


uchun biz Пуск menyusiga kirib Программы bo‘limni tanlaymiz va shu bo‘limda
Microsoft 
Excel dasturni tanlaymiz, yoki С: diskdagi Programm Files ichidagi Microsoft Offise papka
ichidagi exel.exe faylni ishga tushiramiz. Natijada dastur ishga tushadi. Dastur ishga tushgach siz 
ekranda uning oynasini kurasiz. Oynaning asosiy qismlari bu nom satri, menyu satri, yordamchi
tugmalar satri, formulalar satri, ish sohasi va ma’lumotlar satri 



Nom satrida aktiv bo‘lgan jadvalning nomi yoziladi, agar aktiv jadval yangi yaratilgan 


bo‘lsa u holda uning nomi КНИГА 1 ko‘rinishida bo‘ladi.


Nom satri pastida Menyu Satri joylashgan. U yordamida biz dasturning hamma buyruqlari 
bilan ishlashimiz mumkin. Shu buyruqlar quyidagi guruhlarga ma’nosi yoki ishlash holati
bo‘yicha saralab bulingan: ФАЙЛ, ПРАВКА, ВИД, ВСТАВКА, ФОРМАТ, СЕРВИС, 
ДАННЫЕ, ОКНО, СПРАВКА. Menyu bilan biz keyigi mavzuda yaqinroq tanishimiz.
Menyu satri pastida Yordamchi Tugmalar Satri joylashgan bo‘lib, u yordamida biz 
menyudagi bir xil amallarni bajarishimiz mumkin. Buning uchun biz kerakli tugmaga sichqoncha
bilan ko‘rsatib, sichqonchaning ung tugmasini bosamiz. Yordamchi tugmalar bajariladigan 
amallari bo‘yicha guruhlarga bulinadi: стандартная, форматирование, рисование, таблици и
заливка, wordart, настройка изображения, формы, элементы управления va boshqa. 
Yordamchi tugmalar satri tagida formulalar satri joylashgan bo‘lib, u yordamida biz jadvalning 

qaysi xonasida joylashganligimizni va uning ichida nima borligini kurishimiz mumkin.


Formulalar satri tagida ish sohasi joylashgan. Shu soha ustun va satrlarga bulingan tayyor jadval 
ko‘rinishida bo‘lib, har bir ustun va satr uzinig nomiga ega. Satr nomi raqamlar bilan kuyiladi,
ustun nomi esa lotin harflar bilan kuyiladi. Har bir xona ustun va satr nomi bilan nomlanadi, 
masalan A5 bu A ustundagi 5 satrdagi xona. Agar biz satr (ustun yoki xona) nomiga
sichqonchaning ung tugmasi bilan bossak shu satr (ustun yoki xona) menyusi ekranda paydo 
bo‘ladi. Shu menyu yerdamida biz satr (xona, ustun) nusxasini xotiraga olishimiz yeki uni
xotiradan olib kuyishimiz, yangi satr (ustun yoki xona qo‘shishimiz), satr (ustun yoki xona) 
shriftini va boshqa kerakli ammallarni bajarishimiz mumkin. Excel dasturi bilan ishlashning asosiy
amallari, Word dasturi bilan ishlash asosiy amallariga uxshaydi. 
Ish sohasining pastida ish varaqalarga utish belgilari (koreshoklar) joylashgan. Ular yordamida 

biz bir ish varaqadan ikkinchi ish varaqaga utishimiz mumkin. Ish sohaning chap va yuqori


qismlarida lineyka (chizgichlar), ung va pastki qismlarida esa ko‘rib chiqish sohalari joylashgan. 
Eng pastda ma’lumotlar satri joylashgan. U bizga klaviatura tilini, raqamlar tugmalar holatini va 

boshqa yordamchi ma’lumotlarni ko‘rsatadi.


EXCEL da biz bitta fayl ichida bir nechta jadval kitoblar bilan ishlashimiz mumkin, lekin har 
bitta jadval yangi kitobda joylashgan bo‘ladi.
Tanlangan xona quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Kursor 3 xil bo‘lishi mumkin: 

• Oq rangli katta plyus - xona tanlash uchun. Xonani ustiga sichqonchani olib kelganimizda


paydo bo‘ladi, 
• Strelka - xona yoki obyektlarni tanlab boshqa joyga ko‘chirib olish uchun. Xona tagidagi
chegarasiga yoki obyektning ustiga sichqonchani olib kelganimizda paydo bo‘ladi, 
• Qora rangli kichkina plyus - xona ichidagi ma’lumotlarga uxshash ma’lumotlar bilan boshqa



yonidagi xonalarni avtoto‘ldirish. Xonaning pastki ung tomondagi burchagida joylashgan


nuktaga sichqoncha bilan ko‘rsatganimizda paydo bo‘ladi. 
Excel dasturdagi har bitta xona o‘zining xususiyatlariga ega. Ushbu xususiyatlarni ko‘rish va o‘z-
gartirish uchun xonani tanlab CTRL+1 tugmalarni bosamiz. Natijada ekranda oyna paydo bo‘ladi. 

Shu oynaning 


ЧИСЛО qismi yordamida xonaning ma’lumotlar turini (oddiy, raqam, pul, kun, vaqt, foiz, kasr va


boshqa)o‘zgartirishimiz mumkin. 
ВЫРАВНИВАНИЕ qismi yordamida esa xonani ichidagi ma’lumotlar joylanishi (gorizontal va
vertikal joylanishi), bir nechta sartga bulish holati, ma’lumotlarni avtosigdirish holati, xonalarni 
birlashtirish holatini yokib uchirishimiz mumkin, va xonaning ichidagi ma’lumotlar yozilish
yunalishini 
o‘zgartirishimiz
mumkin.

ШРИФТ qismi yordamida esa harflar shakli, kattaligi, rangi, chiziqlar turini va boshqa har xil


effektlardan foydalanishimiz mumkin. 
ГРАНИЦА qismi yordamida tanlangan xonaning chegaralar turini va rangini o‘zgartirish
mumkin. ВИД qismi yordamida esa tanlangan xonalar orqa rangini o‘zgartirishimiz mumkin. 
ЗАЩИТА qismi bizga tanlangan xonarni parol bilan ximoyalanishi va ichidagi formulalarni
kurinmasligini ta’minlaydi. 
Excel jadval muharriri tezkor tugmalari bilan tanishish.
Kompyuterda ishlash vaqtimizda har xil vaziyatlar bo‘lishi mumkin. Shulardan eng kup 
uchraydigan bu sichqonchaning nosozligi. Foydalanuvchilarning katta qismi esa ush bu qurilma
orqali asosiy amallarni bajarishadi, vash u sabali shunaqa vaziyatlarda ish tuxtab yoki sekinlab 
qoladi.
Shunaqa vaziyatni yechish uchun bizga tezkor tugmalar yordam berishadi. Tezkor tugmalar 
yordamida biz biror bir amallarni klaviatura yordamida tezkor bajara olamiz. Shuning uchun ush
bu tugmalarni bilish foydalanuvchilarga talab deb kuyiladi. Quyidagi ruyxatda asosiy tezkor 
tugmalar ko‘rsatilgan:
1. Ctrl + N - Yangi jadvallar faylini yaratish 
2. Ctrl + O, yoki Ctrl + F12, yoki Alt+Ctrl+F2 - Mavjud bo‘lgan (ilgari yaratilgan) jadvallar
faylini kurish yoki o‘zgartirish uchun ochish 
3. Ctrl + W - Ekranda ochiq bo‘lgan jadvallar faylini berkitish.
4. Ctrl + S, yoki Shift+F12, yoki Alt+Shift+F2 - Ekranda ochiq bo‘lgan jadvallar faylini saqlash 
5. Ctrl + P, yoki Ctrl+Shift+F12 - Ekranda ochiq bo‘lgan jadvallar faylini chop etish
6. Ctrl + Z, yoki Alt + Backspace - Oxirgi bajarilgan harakatni bekor qilish (orqaga) 
7. Ctrl + Y, yoki F4, yoki Alt + Enter - Bekor qilingan harkatni qaytarish (oldinga)
8. Ctrl + X, yoki Shift +Delete - Tanlab olingan jadval qismi nusxasini xotiraga ko‘chirib 
(qirkib) olish.
9. Ctrl + C, yoki Ctrl + Insert, yoki Ctrl + Num0 - Tanlab olingan jadval qismi nusxasini xotiraga 
olish
10. Ctrl + V, yoki Shift + Insert, yoki Shift+Num0 - Xotirada joylashgan jadval qismini chiqarib 

kursor turgan joyiga kuyish





11. Ctrl + A, yoki Ctrl + Num5 - Butun jadvalni tanlash


12. Ctrl + F - Butun jadvalda biror bir suz yoki jumlani izlash 
13. Ctrl + H - Butun jadvalda biror bir suz yoki jumlani topib uning o‘rniga boshqa suz yoki
jumla bilan almashtirish 
14. Delete - Tanlab olingan jadval qismi yoki kursordan ung tomonda joylashgan belgilarni
uchirish 
15. F7 - Butun jadvalni imlo xatolarini tekshirish
16. Shift + F7 - Tanlangan suzning sinonimlarini topish 
17. F12 - Ekranda ochiq bo‘lgan faylni qayta nomlash
18. Alt + Ctrl + I - Bosmaga tayyorlangan jadvalni sahifaga joylashishini ko‘rish. 
19. Ctrl + E - Matnni (kursor turgan abzatsni) markaz bo‘yicha tekkislash
20. Ctrl + L - Matnnni (kursor turgan abzatsni) chap chegara bo‘yicha tekkislash 
21. Ctrl + R - Matnnni (kursor turgan abzatsni) ung chegara bo‘yicha tekkislash
22. Ctrl + J - Matnni (kursor turgan abzatsni) ikala chegara bo‘yicha tekkislash 
23. Ctrl + B , yoki Ctrl + Shift + B - Qalin harflar holatiga o‘tish yoki bekor qilish
24. Ctrl + I , yoki Ctrl + Shift + I - Kursiv (yotik) harflar holatiga utish yoki qaytish 
25. Ctrl + Shift + D - Ikkita chiziqli harflar holatiga utish yoki undan chiqib ketish
26. Ctrl + U - Chiziqli harflar holatiga utish yoki undan chiqib ketish 
27. Ctrl + Shift + F - Harflar shaklini (shriftini) o‘zgartirish
28. Ctrl + Shift + P - Harflar kattaligini o‘zgartirish 
29. Ctrl + D - "Format shrifta" ga tegishli menyu bo‘limini ochish
30. Ctrl + Shift + ~ - Sonli ma’lumotlar turini o‘rnatish 
31. Ctrl + Shift + $ - Pulli ma’lumotlar turini o‘rnatish
32. Ctrl + Shift + % - Prosent ma’lumotlar turini o‘rnatish 
33. Ctrl + Shift + ^ - Yeksponensial turini o‘rnatish
34. Ctrl + Shift + @ - Vaqt ma’lumotlar turini o‘rnatish 
35. Ctrl + Shift + ! - Verguldan keyin 2 sonli ma’lumotlar turini o‘rnatish
36. Ctrl + Shift + = - Xona, satr, yoki ustunni qo‘shishi 
37. Shift + F11, yoki Alt+Shift+F1 - Yangi varaqa qo‘shish
38. Alt + Enter - Bitta xona ichida bir necha satr bulishni ta’minlash 
39. F2 - Xonani ichini tahrirlash
40. F11 - Diagramma yaratish 
41. Ctrl + 0 - Ustunni kurinmas qilish
42. Ctrl + 9 - Satrni kurinmas qilish 
43. Shift + Ctrl + 0 - Ustunni ko‘rsatish
44. Shift + Ctrl + 9 -Satrni ko‘rsatish 
45. Ctrl + probel tugmasi - Butun ustunni guruhga olish
46. Shift + probel tugmasi - Butun satrni guruhga olish 
47. Ctrl + Shift + * - Jadvalni guruhga olish
48. Ctrl + F6, yoki Alt + F6 - Boshqa aktiv hujjat oynasiga utish 
49. Ctrl + Shift + F6 - Hamma aktiv hujjat oynalarini kurish
50. Shift + strelka - Guruhga olish (belgilarga tegishli) 
51. Ctrl + Shift + strelka - Guruhga olish (suzlarga tegishli)
52. Shift + Home yoki End - Satr boshigacha yoki oxirigacha guruhga olish 
53. Ctrl + Shift + Home yoki End – Hujjat (sahifa) boshigacha yoki oxirigacha guruhga olish
Excel jadval muharriri 

Данные
menyusi bilan tanishish. 


1. Сортировка - Tanlangan sohani saralash 

2. Фильтр - Jadvaldagi ma’lumotlarni saralab qaysi dur qism bo‘yicha kurish.


3. Форма - Forma yordamida ma’lumotlarni kurish 
4. Итоги - Oralik va oxirgi natijalarni sanash
5. Проверка - Kiritiladigan ma’lumotlarni chegaralash 


6. Таблица подстановки - Oralik jadvalni yaratish


7. Текст по столбцам - Ustundagi ma’lumotlarni bir necha ustunlarga bulish 
8. Консолидация - Bir necha jadvaldagi ma’lumotlarni birlashtirish
9. Группа и структуры - Tanlangan ma’lumotlarni saralash va guruhlash 
10. Сводная таблица - Oraliq jadvalni yaratish
11. Внешние данные - Boshqa programmalar yoki joylardan ma’lumotlarni qo‘shish 
4.MS Excel dasturida ishlash texnologiyalari
MS Excel 2010 ning standart varag‘i harflar orqali belgilanuvchi 16348 ustun va raqamlar
orqali ifodalanuvchi 1048576 satr mavjud bo‘lib, ustunlar A harfidan boshlanib XFD bilan
tugallanadi. Varaqdagi alohida olingan har bir katak o‘z nomiga va manziliga: A3, C45 ega
bo‘ladi.
Qaralayotgan katakni faollashtirish uning ustida sichqonchaning chap tuqmasini bosish orqali
amalga oshiriladi. Jadvalning tagida holat satri bo‘lib, u yerda ishchi sohaga tegishli
ma’lumotlar berilgan. 
Jadvalga qiymat kiritib, amallar bajarish tugallangan bo‘lsa, sichqoncha orqali (masalan
B2:F5) bloklarni ajratib olish mumkin. 
Masalan B1 katakka 231 ni, B2 katakga 569 ni kiritib, ularning yig‘indisini B3 da hosil qiling.
Bajarish: B3 katakka = belgisini yozish orqali MS Excel 2010 kiritish rejimiga o‘tadi. So‘ngra 
sichqonchaning chap tugmasi B1 katak ustida bosilganda, ushbu manzil B3 da hosil bo‘ladi.
Navbatdagi qadamda + kiritilib, keyin B2 katak ustida yana sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. 
Natijada B3 da B1+B2 yozuvi paydo bo‘ladi. Enter tugmasi bosilgandan so‘ng, bajarilgan amal
natijasi B3 da hosil bo‘lib, Formulalar satrida =B1+B2 ifoda yoziladi. 

Yuqoridagi kabi boshqa arifmetik amallarni bajarish mashq sifatida ko‘rib chiqishimiz 


mumkin.
MS Excel 2010 da ishlash jaroyonida turli xatolar yuzaga kelishi mumkin. Ko‘p 


uchraydigan xatolar tavsifi xususida to‘xtalib o‘tamiz:

##### – ma’lumot katakka sig‘magan. 


#ДЕЛ/0 – hisoblash formulasida 0 ga bo‘lish holati mavjud. 



#ЗНАЧ! – formulada mumkin bo‘lmagan ifodalar qatnashmoqda, masalan: kirill shriftida 


o‘zgaruvchilar ishlatilayotgan bo‘lishi mumkin.



#ИМЯ? – Excel formuladagi o‘zgaruvchining nomini aniqlay olmadi.



#ЧИСЛО! - formulada funksiya o‘zgaruvchisi yoki qiymat noto‘g‘ri ishlatilmoqda.



#ССЫЛКА! – katakka noto‘g‘ri murojaat qilingan.



#ПУСТО! – katakka noto‘g‘ri oraliqda qiymat kiritilgan.


Masalan: Quyidagi amallarni bajaraylik: 

A1 katakka 23 sonni B1 ga 0 kririting va C1 katakda A1/B1 amalini bajaring va natijani 

tahlil qiling.



A1 katakka “Xato” matnini, A2 ga 10 kiriting va A3 katakda A1*A2 amalini bajaring va


hosil bo‘lgan xatoning sababini aniqlang; 

A1 katakka 1 sonini B1 ga 1 kririting va A3 katakda A1A/B1 amalini bajaring va hosil 

bo‘lgan xatoning sababini aniqlang;






Topshiriq :A1 katakka 1 ni kiriting, B1 ga 2 ni kiriting, C1 da A1+B1 ni hisoblang, D1 


katakka 15 ni kiriting, E1 ga 12 ni kiriting, F1 da D1–E1 ni hisoblang va G1 da C1*F1 ni hisoblang;


Yuqoridagi mashqlardan ko‘rinmoqdaki, MS Excel 2010 yordamida ixtiyoriy arifmetik 
amallarni tez va oson usulda hisoblash imkoniyati mavjud. MS Excel elektron jadvali
kalkuliyatordan farqli bo‘lgan kengroq ifodalarni hisoblashda umumlashtirish imkoniyati ham 
mavjud. Ushbu imkoniyatlarni keyingi darslarda ko‘rib o‘tamiz.


Download 52.84 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 52.84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-mavzu: Elektron jadval muharrirlari. Ms excel dasturi

Download 52.84 Kb.