• 1. Sug’orish turlari
  • 3-mavzu: sug’orish turlari va noo’SUV DAVRIDAGI sug’orishlar reja




    Download 0.93 Mb.
    bet1/7
    Sana13.04.2023
    Hajmi0.93 Mb.
    #50896
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    ffd83fd7-22e2-4b64-aed0-d5a94f8618e6, tQgjLSyYGyrcUcnYY1zNw0yoNRyWnPOQmUnBGh41, 14.1. variatsion hisob va optimal boshqaruv

    3-MAVZU: SUG’ORISh TURLARI VA NOO’SUV DAVRIDAGI SUG’ORIShLAR


    Reja:
    1. Sug’orish turlari.
    2. Noo’suv davridagi sug’orishlar.


    Tayanch iboralar: sug’orish turlari, noo’suv davrida sug’orish turlari, shudgordan oldin sug’orish, sho’r yuvish usullari, muddatlari va me`yorlari, sho’r yuvish me`yorini hisoblash; nam to’plash maqsadida sug’orish, sug’orish me`yorini hisoblash, ekishdan oldin sug’orish, urug’ suvi berish, nam to’plash-o’g’itlash maqsadida sug’orish, provokatsion va sovuq urishiga qarshi sug’orishlar.
    1. Sug’orish turlari
    Sug’orish – bu suvning oqim shaklini tuproq namligi shakliga aylantirish texnologik jarayoni bo’lib, tuproq tabiiy manbalar hisobiga etarlicha namiqmaydigan sharoitlarda qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olish maqsadda qo’llaniladi. Sug’orish tuproqning suv, oziq, havo, issiqlik, tuz rejimlarini va unda kechadigan mikrobiologik jarayonlarni boshqarishga imkon beradi.
    Hozirgi vaqtda agromeliorativ va tashkiliy-xo’jalik sharoitlardan kelib chiqqan holda quyidagi sug’orish turlari qo’llaniladi: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish va maxsus sug’orishlar. Namiqtiruvchi sug’orishlar tuproqda va atmosferaning yerga yaqin qatlamida o’simliklarni o’sib rivojlanishi uchun tuproqning qulay suv rejimini ta`minlash maqsadida qo’llaniladi. Namiqtiruvchi-sho’r yuvish sug’orishlar esa sho’rlangan yerlarda qulay tuz rejimini ta`minlashda qo’llaniladi. Maxsus sug’orishlarga nam to’plash maqsadida, shudgordan oldin va ekishdan oldin sug’orishlar, urug’ suvi berish, o’g’itlash, sovuq urishiga qarshi va provakatsion sug’orishlar kiradi.
    Sug’orish turlari har xil bo’lishiga qaramay, ular tuproq, o’simlik va atrof muhitga kompleks ta`sir etadi.
    Sug’oriladigan dehqonchilik amaliyotida muntazam va nomuntazam sug’orishlar qo’llaniladi. O’zbekistonda deyarli barcha ekinlar muntazam sug’orish sharoitida etishtiriladi. Bunda nam to’plash maqsadda sug’orishlardan tashqari ekinlar o’suv davrida o’simlikning suv iste`mol qilish dinamikasi xususiyatlarini hisobga olgan holda doimiy ravishda sug’orib turiladi.
    Nomuntazam sug’orishlar suv resurslari bilan kam ta`minlangan hududlarda qishloq xo’jaligi ekinlarini bir yoki ko’pi bilan ikki marotaba sug’orish bo’lib, u ko’pincha respublikaning tog’li va tog’ oldi rayonlarida don va yem-xashak ekinlarini etishtirishda qo’llaniladi. Unga nam to’plash maqsadida va liman sug’orishlarni ham misol qilib ko’rsatish mumkin. Bunday sug’orishlar mavsumda 1,5–2 m. li tuproq qatlamini namiqtirish uchun 1 marotaba o’tkaziladi. Kuz va erta bahorda tuproqda etarlicha nam zaxirasi to’plash kuzgi va bahorgi donli ekinlar, ko’p yillik o’tlar, bog’ va tokzorlardan yuqori hosil olish garovidir.
    O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’izston va Kavkaz ortining tog’li va tog’ oldi mintaqalarida etishtirilayotgan ekinlardan ayrimlarigina sug’orib turiladi. Bunday sug’orish tanlab sug’orish deyiladi. Yog’in kam tushadigan, lekin tuproqlari unumdor bo’lgan vodiylarda esa sug’orishga talabchan g’o’za, sabzavot, sholi va boshqa ekinlar etishtiriladi. Bu hududda parvarish qilinayotgan ekinlarning barchasi sug’orish o’tkazishni talab etadi va shu sababdan bunday yerlardagi sug’orishlar yalpi (yoppasiga) sug’orishlar deb yuritiladi.

    Download 0.93 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-mavzu: sug’orish turlari va noo’SUV DAVRIDAGI sug’orishlar reja

    Download 0.93 Mb.