3-Мавзу: Ўзбекистондаги экологик вазият ва уни эксперт баҳолаш Reja: Ekologik vaziyatning umumiy ta’rifi




Download 22.48 Kb.
bet1/4
Sana14.03.2024
Hajmi22.48 Kb.
#172127
  1   2   3   4
Bog'liq
3-maruza
0.1, ИСТОРИЯ ИЗУЧЕНИЯ УГЛЕВОДОВ, Намуна 311 буйича Цитология, BIOINFORMATIKA lab, 68. qattiq jismlar fizikasi ishchi dastur, Komponent tushunchasi, 7-amaliy mashg\'ulot, moluch 339 ch2 SFKj8Wz, Кунлардан бир кун, 6.Nanofizika asoslari, 6.rusОсновы нанофиз. (5140200-fizika(rus)), termoelektrik xodisalar 8-maruza, kommunikacion tehnologijalar 2020 j, DILDORAXON (3)

3-Мавзу: Ўзбекистондаги экологик вазият ва уни эксперт баҳолаш
Reja:

  1. Ekologik vaziyatning umumiy ta’rifi

  2. Tabiat komponentlarining ekologik xolati

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rio-de-Janeyroda 1992 yilda o’tkazilgan atrof-muhit va rivojlanishga bag’ishlangan Konferentsiyasida jamiyatning barqaror rivojlanishi tabiiy muhitni yemirish va tabiiy resurslarning kamayishi va tugashi hisobiga amalga oshmasligi shuningdek kuchli iqtisodiyotsiz yashash muhitining zarur sifatini ta’minlab bo’lmasligi to’g’risidagi xulosalarga keldi. O’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiyot, ekologiya va ijtimoiy jarayonlarni birgalikda boshqarish barqaror rivojlanishni ta’minlashning asosiy shartidir. Ushbu qoidalar O’zbekiston Respublikasiga ham to’liq taalluqlidir. Bu konferentsiyada global ekologik muammolar yechimini topishda bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarning alohida rolь o’ynashi to’g’risidagi g’oya birinchi marta kun tartibiga qo’yildi va to’la qo’llab quvvatlandi. Bu mamlkatlar qatoriga O’zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ham kiradi. Ular katta tabiiy resurs salohiyatiga ega bo’lib, regional va global miqyosda atrof muhitni sog’lomlashtirishga salmoqli xissa qo’shish imkoniyatiga egadir. SHu munosabat bilan O’zbekistondagi hozirgi ekologik vaziyatni ekologik ekspertiza munosabatlarini rivojlantirish nuqtai nazaridan taxlil qilish muhim ahamiyatga ega.


Mustaqillik yillarida O’zbekistonda ekologik tadbirlar tizimini amalga oshirishga katta ahamiyat berilib, bu tizim malakat xalq xo’jaligini isloh qilishning tarkibiy qismiga aylandi. Amalga oshirilgan eng muhim tadbirlar qatoriga quyidagilar kiradi: atrof muhitni muhofaza qilishni amalga oshirishning ko’p bosqichli tuzilmalar barpo etiladi; atrof muhitni muhofaza qilishning xuquqiy asosi yaratildi va u muttasil takomillashtirib berilmoqda; 2005 yilgacha davrda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan ratsional foydalanish bo’yicha davlat dasturi ishlab chiqilgan va u amalga oshirilmoqda; atrof muhitni muhofaza qilish milliy xarakat rejasi ishlab chiqilgan; biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiyasi va xarakat rejasi ishlab chiqilgan; respublikada atrof muhit gigienasi bo’yicha milliy xarakat rejasi ishlab chiqilgan; alohida muhofaza qilinadigan hududlar maydoni sezilarli ko’paytirilgan. Ko’rsatilgan xujjatlar va amalga oishirlgan tadbirlar mamlakatda ekologik ekspertiza munosabatlarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. SHu sababdan Respublika fuqarolarining yashashi uchun sog’lom shart-sharoit vujudga keltirish va tabiatdan foydalanish samaradorligini oshirish, tabiiy resurslarning ozayishiga yo’l qo’ymaslik, tabiatini asrash va muhofaza qilishda ekologik ekspertiza amaliyoti boshqarishning o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan yo’nalishlari qatoriga kiradi.
Ekologik ekspertiza nuqtai nazaridan tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida respublikada uzoq davr mobaynida xukmronlik qilgan o’tmish totalitar tuzumdan meros bo’lib qolgan ekologik muammolar yechimini topish, mamlkatda mavjud bo’lgan boshqa ekologik muammolarning yaxlit manzarasini aniqlash, ularni keltirib chiqargan sabablar va ulardan kuzatilayotgan ko’ngilsiz oqibatlarning natijasi hisoblangan murakkab ekologik vaziyatning ta’sirini taxlil etish mamlakatlarning antropogen omillarga bog’liq bo’lgan ekologik vaziyati to’g’risida to’la tasavvur beradi. Bular o’z navbatida ekologik ekspertiza amaliyotida maqsadga muvofiq loyixalarga afzallik berish yoki samarasiz loyihalarni rad etish masalalarini to’g’ri hal etishga xizmat qiladi.
Respublikadagi xozirgi ekologik vaziyat uzoq o’tmish va yaqin davrlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda xukmronlik qilgan boshqaruvning yuqori darajada markazlashuvi, iqtisodiyot va tabiatdan foydalanish o’rtasida maqsadga muvofiq muvozanatning o’rnatilmaganligi, ishlab chiqarish, ayniqsa qishloq xo’jaligiga xaddan ziyod ahamiyat berilgangi, tabiiy resurslardan foydalanish va tabiat muhofazasini boshqarishga yetarli e’tibor berilganmaligi va boshqa ko’plab omillar bilan uzviy bog’liqdir. Bular esa o’z navbatida mamlakat tabiatiga katta zarar yetkazdi, umumiy ekologik vaziyatning keskinlashuviga, ekotizimlar va landshaftning buzilishiga va boshqa og’ir oqibatlarga olib keldi, respublikada umumiy ekologik barqarorlikni jiddiy xavf ostiga qo’ydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tabiiy muhitni inson yuritadigan xo’jalik faoliyatining zararli ta’siridan himoya qilish bilan bog’liq ko’pgina ekologik muammolar to’g’risida gapirib, Markaziy Osiyo va O’zbekistondagi ekologik vaziyatni quyidagicha haqqoniy baholaydi: «Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik falokatning g’oyat xavfli zonalaridan biri vujudga kelganligini alam bilan ochiq aytish mumkin. Vaziyatning murakkabligi shundaki, u bir necha o’n yilliklar mobaynida ushbu muammoni inkor etish natijasidagina emas, balki mintaqada inson hayot faoliyatninig deyarli barcha sohalari ekologik xatar ostida qolganligi natijasida kelib chiqqandir. Tabiatga ko’pol va takabburlarcha munosabatda bo’lishga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Biz bu borada achchiq tajribaga egamiz. Bunday munosabatni tabiat kechirmaydi. Inson-tabiatining xo’jayini, degan soxta sotsialistik mafkuraviy da’vo, ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida ko’plab odamlar, bir qancha xalqlar va millatlarning xayoti uchun fojiaga aylandi. Ularni qirilib ketish, genofondning yo’q bo’lib ketishi yoqasiga keltirib qo’ydi»1 I.A.Karimov O’zbekistonda ham bu jarayonlar mavjudligini va bu yerda juda murakkab, xavfli vaziyat vujudga kelganligini alohida ta’kidlaydi. (O’sha asar 116 bet)
O’zbekistondagi xozirgi ekologik vaziyatning ekologik ekspertiza nazoratida hisobga olinishi zarur bo’lgan asosiy xususiyatlaridan quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
- respublikada atrof muhitning ekologik talablarga to’la javob beradigan (xavo, suv, tuproqninig ifloslanishi belgilangan standart talablari darajasida bo’lgan) hududlar mamlakat umumiy maydonining 27%ni (120ming kv.km) tashkil etadi va mazkur xududda O’zbekistonning 45%ga yaqin aholisi (11mln kishi) yashaydi. Qolgan hududlarda ekologik vaziyat turli darajada buzilishlarga uchragan;
- iqtisodiyotning xomashyo va tabiatni eksplutatsiya qiluvchi resurs va energiyani ko’p iste’mol qiladigan tarmoqlarning tez rivojlanishi (ayniqsa an’anaviy qishloq xo’jaligi, foydali qazilmalarni qazib olish va eksport qilish, energiya va xom ashyoni ko’p iste’mol qiladigan tarmoqlar) tabiiy muhitga salbiy ta’sir qilish bosimining kuchayib borishiga va me’yordan oshib ketishiga olib kelgan;
- tabiat komponentlarining barchasida ekologik xolat sezilarli o’zgarishlarga uchragan. Bular qatoriga xavoning ifloslanishi, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanishi, tuproqning sho’rlanishi va degradatsiyaga uchrashi, biologik maxsuldorlik va xilma-xillikning kamayishi, yaylovlarning digressiyasi, o’rmonlarning kesib yuborilishi cho’llashuv jarayonlarining kuchayishi va boshqalar kiradi;
- aholi yashash manzillarishahar va qishloqlarda ekologik vaziyatning yomonlashuvi, va uning aholi salomatligi va turmush darajasiga zararli ta’sirining kuchayib borishi kuzatilmoqda. Bular qatoriga aholining toza ichimlik suvi bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi, kommunal xo’jaligi va sanoat oqavalarining, chiqindilarning ko’payishi, sanitariya xizmatining past darajasi va boshqa noqulayliklarning mavjudligi kiradi;
- qattiq chiqindilarning (shu jumladan zaharli sanoat chiqindilari) ko’plab to’planib qolishi, radioaktiv ifloslanishning katta xavflari borligi (Markaziy Qizilqum, Toshkent viloyati va boshqalar);
- tabiiy va texnogen xalokatlar (sel, ko’chki, o’pirilish, zilzilalar) xavfining kuchayib borishi;
- Orol dengizining qurishi va Orol bo’yidagi salbiy ekologik o’zgarishlarga bog’liq bo’lgan xalokat va inqirozlar, ijtimoiy ofat, ekologik noqulayliklarning mavjudligi;
- alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maydoni va strukturasining talabga javob bermasligi;

  • qo’shni davlatlarning chegaralaridan o’tib kelayotgan ifloslantiruvchi ta’sirning mavjudligi va boshqalar.

O’zbkistonda mavjud bo’lgan ekologik vaziyatning ko’rsatilgan xususiyatlari ekologik ekspertiza munosabatlarida aholining yashashi qulay sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan tugab qolmaydigan tarzda foydalanish, tabiatning mahsuldorligi, o’z-o’zini tiklash imkoniyatlarini saqlab qolish, atrof muhitni saqlash va muhofaza qilish sohasida milliy manfaatlarning ustivorligini ta’minlash, xalq xo’jaligida ekologiyalashtirishni keng qo’llash yo’nalishlarida ekspert nazoratini kuchaytirishni taqazo etadi.



Download 22.48 Kb.
  1   2   3   4




Download 22.48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-Мавзу: Ўзбекистондаги экологик вазият ва уни эксперт баҳолаш Reja: Ekologik vaziyatning umumiy ta’rifi

Download 22.48 Kb.