3 yillik makro iqtisodiy ko'rsatkichlar




Download 2.03 Mb.
bet1/3
Sana29.03.2024
Hajmi2.03 Mb.
#181824
  1   2   3
Bog'liq
3 YILLIK MAKRO IQTISODIY KO
ДАЛОЛАТНОМА, O’yin – ishtimoiy faoliyat sifatida, TIM 2022 MAJMUA, Madrimov Botirbek, Questionnaire for Students, Gaz jihozlaridan foydalanish va ularni ta\'mirlash (M.Otaboyeva, N.Amirqulov), 1 1kirish, 1 Mavzu Falsafa fanininf predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli, texnik usullar -4, Doc1, Multimedia ilovalarini ishlab chiqish bosqichlari, Ichki tashqi, berdiqulova i, 3 D o\'lchamli ishchi fazoda ishlash, Tashkilot xodimlarni boshqarish

3 YILLIK MAKRO IQTISODIY KO'RSATKICHLAR

Pandemiya barcha mamlakatlar iqtisodiyotiga sezilarli ta'sir ko'rsatayotgan bir paytda qaysidir tarmoqlarda pastlash, boshqa birlarida esa inqiroz holatlarining kuzatilishi tabiiy. Yurtimizda bu borada ko'rilgan qat'iy chora-tadbirlar ana shunday jiddiy yo'qotishlarning oldini olishga xizmat qilyapti. 2021-yilning dastlabki uch oyida yalpi ichki mahsulotning 3 foizga oshishi buning amaliy tasdig'i hisoblanadi.
Bu haqda joriy yilning 12-may kuni Prezident ishtirokida makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o'sishni ta'minlash bo'yicha birinchi yarim yillikdagi ustuvor vazifalarga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida ma'lum qilindi. Shuningdek, mazkur davrda sanoat — 3,8 foizga, qishloq xo'jaligi — 3,1 foizga o'sgani ham ta'kidlandi.
Birinchi chorakning makroiqtisodiy tahlillariga ko'ra, O'zbekiston iqtisodiyoti kuchli o'sish traektoriyasiga qaytmoqda. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmining o'sishi kuzatildi. Dastlabki uch oyda qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mahsulotlari ko'rsatkichlari 2020-yil birinchi choragiga nisbatan biroz pastlaganiga qaramay, 3,1 foiz o'sish bilan yakunlandi.
Bunda qayta ishlash sohasidagi 4,6 foiz yuqorilash, elektr energiyasi, gaz, bug' va konditsionerlik sohasidagi ishlab chiqarishning 2020-yilning birinchi choragidagi 7,9 foizdan joriy yilning mos davrida 10,1 foizni tashkil etganligi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 3,8 foizga oshishiga xizmat qildi.

Mazkur davrda qurilish sektori 0,5, xizmat ko'rsatish sohasi 5,8, transport sohasida yuk aylanmasi 2,8 foizga o'sishi kuzatildi. Yilning dastlabki uch oyida chakana savdo hajmi ham o'tgan yilning shu davriga nisbatan (3,8 foiz) biroz pasaygan holda, 2,8 foizga yuqoriladi.


Barcha imkoniyatlar yaratib berilayotganiga qaramay, ayrim tarmoqlarda yetarli ko'rsatkichga erishilmagani ham ko'zga tashlanmoqda. Xususan, birinchi chorakda “O'zavtosanoat”da ishlab chiqarish hajmi 40 foizga, “O'zbekneftgaz”da 4,7 foizga, charm mahsulotlari 10 foizga pasaygan. Davlatimiz rahbari yig'ilishda mutasaddilarga “so'nggi bir yilda dori-darmon va tibbiyot buyumlariga ehtiyoj keskin oshsa-da, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish 22 foizga kamayishini qanday izohlash mumkin?”, deya savol berdi. Vazirlar, viloyat, tuman va shahar hokimlari, tarmoq va bank rahbarlariga may-iyun` oylarida birinchi navbatda asosiy energoresurslar ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo'yicha topshiriqlar berdi.


Buxoro viloyatining 2022 yil III chorak makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili


Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining Samarqand filiali xodimlari tomonidan Davlat statistika qo‘mitasi hisobotiga asoslanib Buxoro viloyatining 2022 yilning III choragida erishilgan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘zgarish dinamikasi tahlil qilindi.

Ushbu davrda Buxoro viloyati YaHM hajmi 32,6 trln. so‘mni tashkil etgan holda o‘tgan yilgi mos davrga nisbatan 4,8%ga o‘sgan, shuningdek, YaIM tarkibida viloyatning hissasi 5,2%ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi esa 16 386 ming so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davrga nisbatan 3,2%ga oshgan.

Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaHMning 95,4%ini tashkil etgan bo‘lsa, mahsulotlarga sof soliqlar esa 4,6%ini tashkil etgan.


YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoat ulushi qurilishni qo‘shgan holda 26,5% (2021 yilda 24,2%), qishloq xo‘jaligi ulushi 43,1% (2021 yilda 45,9%) va xizmat ko‘rsatish ulushi 30,4% (2021 yilda 29,9%) ni tashkil etgan.


Respublika makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini shakllanishida viloyatning hissasi ahamiyatli hisoblanadi. YaIMda viloyatning hissasi 5,2%ni tashkil etib, huddudlar ichida 8-o‘rinda bo‘lsada, asosiy kapitalga investitsiyalar kiritishda 8,3%ni tashkil etib 3-o‘rin, qurilish ishlari bo‘yicha 6,5%ni tashkil etib 5-o‘rinni va qishloq xo‘jaligi sohasida 9,3%ni tashkil etib, 6-o‘rinni egallagan.


Viloyat aholi jon boshiga asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblaganda respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan yuqori. Jumladan, aholi jon boshiga YaHM hajmi bo‘yicha hududlar ichida 4-o‘rin, asosiy kapitalga investitsiyalar kiritish sohasida 4-o‘rin, qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha 3-o‘rin, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari va chakana savda aylanmasi sohasida 4-o‘rindaligi ahamiyatlidir.



Download 2.03 Mb.
  1   2   3




Download 2.03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3 yillik makro iqtisodiy ko'rsatkichlar

Download 2.03 Mb.