Fayllarni uzatish protokoli (FTP)




Download 22.1 Kb.
bet3/6
Sana06.03.2023
Hajmi22.1 Kb.
#44431
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3D INTERNET TEXNOLOGIYASI
INFORMATIKA FANLARINING MAVZULARI BO\'YICHA FAN, IJTIMOIY FANLAR, BIZNES VA HUQUQ KASBIY SOHASIGA YO\'NALTIRIB O\'QITISH YUZASIDAN TAVSIYALAR ISHLAB CHIQISH, 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024
3. Fayllarni uzatish protokoli (FTP)
Nafaqat matn axborotlari, balki butun dasturlar va shuningdek, alohida fayllar bilan turli xil kompyuter tizimlari oʻrtasidagi almashuv Internet xizmatlarining yana juda qiziqarli imkoniyatlaridan biridir.
Oddiygina qilib aytganda, turli mazmunli umumiy hajmi 6000 G baytdan ortiq fayllar foydalanuvchilarning ochiq muloqotiga (kirishi) taqdim etilgan. Internet da uchraydigan turli xil atraksion tizimlar oʻrtasidagi almashuvni uzluksiz ta’minlash uchun, yana bir protokol talab etiladiki, u qoʻllaniladigan jihozdan qat’iy nazar ishlay olsin: FTP (Fayl Transfer Protokol) – fayllarni uzatish protokoli. Bu protokolni ishlatuvchi dastur yordamida, Siz Internet da koʻpchilik FTP serverlarining bittasi bilan, ya’ni ochiq kirish uchun moʻljallangan fayllari boʻlgan kompyuter bilan aloqa oʻrnatish mumkin. FTP, server va mijoz dastur boʻlishini talab qiladi. Mijoz – dastur Sizning kompyuteringizda ishga tushadi. Bu dastur yordamida FTP – serverida Siz fayllarni koʻrib chiqasiz va oʻz kompyuteringizga nusxalaysiz.
FTP- server bu Internet da, Sizga kerakli, foydali boʻlgan kompyuter. U FTP mijoz dasturlaridan oladigan soʻrovlarga ishlov beradi. Ommani qiziqtirgan fayllari boʻlgan FTP boʻlimlari har qanday kishiga ularni serveriga ulash imkoniyatini beradi. Bu FTP – serverlar anonim FTP – serverlar deyiladi. Dunyoda har bir kishi serverga anonim ravishda ulanishi mumkin. Anonim serverga ulanayotib, Siz foydalanuvchilarning nomi sifatida anonymous (anonim)ni, parol sifatida esa, sizning e-mail manzilingizni koʻrsatasiz. Ammo ayrim serverlar anonim ulanishga yoʻl qoʻymaydi.
FTP – serverlar amalda Sizning kompyuteringizga oʻxshab tashqil etilgan. FTP – serverlarda ham fayllar papkalari (yoki kataloglar) kompyuterdagi kabi boʻladi. Koʻpchilik FTP- serverlar UNIX tizimli kompyuterlarda boʻladi, ularning fayllar tizimi Siz oʻrganganga oʻxshash. Papkani qanday ochishni yoki uning ichiga qanday kirishni bilganingizdek, FTP boʻlimlari boʻyicha oʻtishni ham bilasiz. FTP – serverda kataloglar va fayllarni koʻrib chiqish uchun kerak boʻladigan dastur ham Explorer ga (Provodnik) oʻxshash. WS – FTP da kataloglarni ochish va fayllarni sichqonchacha bilan surib koʻrish Explorer da bajarishga oʻxshash. YAgona farqi tashqi koʻrinishida hamda, bir nima qilishingizdan oldin FTP serveriga ulanishingiz kerakligidir.

Download 22.1 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 22.1 Kb.