• Javoblar: 1.
  • 4-amaliy ish mavzu: Risklarni baholash usullari. Riskni “Nosozliklar-daraxti” usuli yordamida tahlili. Ax xavflarni boshqarishga kirish




    Download 0,54 Mb.
    bet3/7
    Sana03.02.2024
    Hajmi0,54 Mb.
    #151103
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    4-amaliy ish mavzu Risklarni baholash usullari. Riskni “Nosozli

    Nazorat savollari
    1. Rad etish daraxtining taxlili tushunchasiga ta’rif bering.
    2. Rad etish daraxtida kо‘rsatilgan omillarini tushuntiring.
    3. FTA usulida qanday mantiqiy elementlardan foydalaniladi?
    4. Usulning afzallik va kamchiliklarini tushuntirib bering?

    Javoblar:
    1. Rad etish daraxtining tahlili(FTA) – bu tadqiq qilinayotgan kutilmagan hodisaninng paydo bо‘lishiga yordam beruvchi omillarni aniqlash va tahlil etish usulidir. Tadqiq qilinayotgan omillar ajratish(deduksiya) yordamida aniqlanib, mantiqiy tarzda quriladi hamda ushbu omillar va ularning oxirgi voqea bilan mantiqiy aloqasi diogrammada daraxt kо‘rinishida aks ettiriladi.
    2. Rad etish daraxtida kо‘rsatilgan omillar - kompyuter uskunalari ishlamay qolishi bilan bog‘liq hodisalar, inson xatolari yoki kutulmagan holatga olib kelishi mumkin bо‘lgan boshqa hodisalar bо‘lishi mumkin.
    3. Sifatli tahlil qilish uchun tizimni yaxshi bilish va rad etish sabablarini yaxshi tushunish zarur. Shuningdek yana tizim qanday qilib ishdan chiqishi mumkinligi haqida bilishi lozim. Rad etish daraxtining tizim detallaridan foydalanish ham samarali hisoblanadi.
    Miqdoriy tahlilni amalga oshirish uchun rad etish daraxtida kо‘rsatilgan barcha asosiy hodisalarni rad etish ehtimolligi yoki intensivligi haqidagi ma’lumotlar kerak bо‘ladi.
    4. Rad etish daraxtining sxemasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
    - tahlil qilinishi kerak bо‘lgan hodisani aniqlash. Bu rad etish yoki rad etishlar ketmaketligi bо‘lishi mumkin. Rad etilish oqibatlari tahlil qilingandan sо‘ng, rad etish daraxtiga oqibatlarni rad etish va intensivlikni pasaytirish qismini kiritish mumkin.
    - oxirgi hodisaga olib keladigan sabablar va oqibatlarni rad etilishini aniqlash;
    - aniqlangan raddiyalar va sabablarni tahlil qilish, aynan nimaga olib kelganligini aniqlash;
    - keyingi tahlil amalga oshirilmaguncha quyi darajadagi tizimga о‘tish tizimni nomaqbul funksiyanallashtirilishi ketma-ket aniqlanaveriladi. Texnik tizimlarda – bu kompanentalarni rad etish darajasi bо‘lishi mumkin. Tahlil qilinuvchi tizimning yeng quyi darajasidagi hodisa va omillar asosiy hodisalar deyiladi;
    - Asosiy hodisa ehtimolligini baholash(agar qо‘llanilsa) va oxirgi hodisa oqibatlarining ehtimolligini hisoblash. Miqdoriy baholashning ishonchliligini ta’minlash uchun har bir element uchun kirish ma’lumotlarining tо‘liqligi va sifatitalab qilinadigan ishonchli natijalarni olish uchun yetarli ekanligini kо‘rsatish kerak. Aks holda, rad etish daraxti ehtimollikni tahlil qilish uchun yetarlicha ishonchli emas, ammo sabab-oqibat munosabatlarini о‘rganish uchun foydali bо‘lishi mumkin.
    Miqdoriy bahoni aniqlashda rad etish daraxti Bul algebra yordamida soddalashtirilishi mumkin, bu esa takroriy raddiya turlarini hisobga olishga imkon beradi.
    Ushbu usul oxirgi hodisa ehtimolligini hisoblashdan tashqari, oxirgi hodisaga olib keladigan minimal qism tо‘plamini aniqlash va ularni oxirgi hodisaga ta’sirini hisoblashga imkon beradi.
    Oddiy holatlardan tashqari, Ilova dasturlar paketi odatda diagramma tuzishda ishlatiladi. Bu rad etish daraxtining bir nechta takrorlangan hodisalar bо‘lgan joyda va minimal kesishuvlarni va vaziyatni hisoblash imkonini beradi. Dasturiy ta’minotdan foydalanish usulni tо‘g‘ri va ketma-ket bajarilishini hamda tekshirish imkoniyatini kafolatlaydi. Kompyuterni ishdan chiqish hodisasini rad etis daraxti usuli yordamida tahlili keltirilgan.

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI



    Download 0,54 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-amaliy ish mavzu: Risklarni baholash usullari. Riskni “Nosozliklar-daraxti” usuli yordamida tahlili. Ax xavflarni boshqarishga kirish

    Download 0,54 Mb.