4-Amaliy mashg‘ulot
HotPotatoes dasturidan foydalanib mashq qiluvchi elektron kurslarini yaratish.
Ishning maqsadi: Hot Potatoes dasturida xorijiy tilni o’rgatuvchi mashqlar yaratish: JQuiz;
JCloze; JCross; JMatch; JMix va Masher bilan ishlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish.
Nazariy ma‘lumotlar: Bugungi kunda ta‘lim oluvchiga bilim berishning bir necha yangi
pedagogik texnologiyalari
yaratilishi bilan bir vaqtda, ularning bilimini baholash uchun
yaratilayotgan sinov mashqlarini ham interaktiv usullarini yaratish ahamiyatlidir. Sinov
mashqlarini turli interaktiv usullarini yaratish orqali ta‘lim oluvchida quyidagilarni shakllantirish
maqsadga muvofiqdir.
1. Muammoli vaziyatni tushunish.
2. Yechim uchun zarur axborotni topishga o’rgatish.
3. Alternativ fikrlashni rivojlantirish.
4. Yechim variantlarini taqqoslash va baholash.
5. Yechimni dalillar bilan asoslash
6. Alohida yechimlarda aks etgan ma‘lumotlarning o’zaro aloqadorligini baholash.
Yuqorida sanab o’tilganlarni o’zida aks
ettira oladigan Hot Potatoes
1
dasturi
imkoniyatlarini ko’rib chiqamiz.
Hot Potatoes Viktoriya Universitetining ilmiy-tadqiqot guruhi
2
tomonidan yaratilgan
dastur. Hot Potatoes dasturi bepul taqdim qilinadi. Hot Potatoes dasturi boshqa dasturlardan farqli
tomoni barcha operatsion tizimlarga o’rnatish imkoniyati mavjud.
Hot Potatoes dasturi tarmoqda sinov mashqlarini tashkil qilish imkonini beradi. Unda
yaratilgan mashqlarni ixtiyoriy brauzer (Internet Explorer, Mozilla, Opera, Chrome, Finiks, Safari,
Google,…)bilan ta‘minlangan kompyuterda qo’llash mumkin. Mashqlar HTML va JavaScript da
yaratiladi lekin siz bu tillar haqida hech qanday tushunchaga ega bo’lmasdan ham dasturni
qo’llashinigiz mumkin. Aytmoqchimanki, bu dasturda dasturlash tillaridan xabari bo’lmagan
foydalanuvchi ham bemalol unda har xil turdagi interaktiv mashqlarni yarata olishi mumkin. Siz
bajarishingiz kerak bo’lgan harakat sinov mashqidagi ma‘lumot(savol, javob)larni
kiritish va
so’nggi amal
Создать Веб-страницы tugmasini bosishdan iborat bo’ladi. Hattoki, dastur
interfeysini o’zbek tilida tashkil qilishingiz mumkin(Выбор-
Интерфейс-Перевод интерфейса). Shuni ta‘kidlash kerakki, dastur HTML va JavaScript tillarida
ishlashni biladigan mutaxassislar uchun unda ixtiyoriy o’zgartirishlar kiritish imkonini beradi.
Hot Potatoes da beshta sinov mashqlarini yaratuvchi dasturlar mavjud bo’lib ular quyidagilar:
JQuiz dasturida to’rt xil turdagi sinov mashqlarini tashkil qilishi mumkin: alternativ, qisqa
javobni yozish, gibrid (qisqa javobning savoli bir necha urinishlardan so’ng
alternativ savol
ko’rinishiga keladi), multi tanlovli(bunda ta‘lim oluvchi berilgan variantlardan bir nechtasini
to’g`ri deb tanlab olishi mumkin).
Alternativ sinov mashqida ta‘lim oluvchi javob variantlaridan
birini tanlaganida quyidagi holat yuz beradi. Agar javob to’g`ri bo’lsa, :-) (smayl) aks holda X
belgisi chiqadi. Shu bilan birga ta‘lim oluvchi berilgan javob nima uchun to’g`ri yoki noto’g`riligi
haqida izohni ko’rishi mumkin. Agar javob noto’g`ri berilgan bo’lsa, ta‘lim oluvchi to’g`ri javobni
topgunicha tanlashda davom etadi. Baholash albatta mos ravishda urinish sonlariga nisbatan
belgilanadi. Ta‘lim oluvchi to’g`ri javob berishi bilan bahosi belgilanadi(1-rasm). Lekin dastur
ta‘lim oluvchi to’plagan bahosini yo’qotmagan holda, qolgan alternativ javoblarning izohlari bilan
ham tanishib chiqish imkonini beradi. Buning uchun alternativ javoblar tugmasini bosish kerak
1
www.hotpotatoes.net-
Hot Potatoes дастурини ўрнатувчи дастурини юклаб олиш мумкин.
2
http://web.uvic.ca/hrd/hcmc/ -
Виктория Университетининг илмий-тадқиқот гуруҳининг махсус сайти.
bo’ladi. Bu imkoniyat ta‘lim oluvchida alternativ
fikrlashni rivojlantirib, Yechim variantlarini
taqqoslash va baholash ko’nikmasini shakllantiradi.
1-rasm. 2-rasm.
JQuiz ning
qisqa javobni yozish sinov mashqi ko’rinishida esa, ta‘lim oluvchi javobni yozishi
kerak bo’ladi (2-rasm). Bunda ta‘lim oluvchi Hint tugmasidan foydalanishi mumkin. Bu tugma
so’zni tashkil etuvchi harflarini bittadan ko’rsatib, yordam berish vazifasini o’taydi. Bunda
baholash mos ravishda murojaatlar soniga bog`liq bo’ladi. Sinov mashqining bu shakli so’zlarni
yodda tutishga undash bilan birgalikda, uni orfografik xatosiz yozishni o’rgatadi.
Gibrid sinov mashqida alternativ savol bilan qisqa javobni yozish mashqi kombinatsiyalashadi.
Ya‘ni ta‘lim oluvchi bir necha Hint yordamchi tugma urinishlardan so’ng ham javobni yozishda
qiynalsa(3rasm), Check tugmasini bosishi bilan savol alternativ ko’rinishda namoyon bo’ladi(4-
rasm). Albatta bunda ham baholash mos ravishda murojaatlar soniga bog`liq bo’ladi.
3-rasm. 4-rasm.
Multi tanlovli sinov mashqi tashkil qilinganda javob variantlaridan bir nechtasi to’g`ri bo’lishi
mumkinligi nazarda tutilishi lozim. Ta‘lim oluvchi to’g`ri javoblarni barchasini tanlamaguncha
baho e‘lon qilinmaydi (5-rasm). Bu sinov mashqi an‘anaviy alternativ
test sinovidn farq qilib,
ta‘lim oluvchi fikrlash doirasini kengaytiradi.
5-rasm.
JCloze dasturida sinov mashqi quyidagicha tashkil qilinadi. Gapning orasiga shunday kiritish
maydonchalar tashkil qilinadiki, bu maydonchadagi so’zlar gapning kaliti hisoblanadi. Ya‘ni kalit
so’z gapni to’ldiradi. Bunday maydonchalarni xohlagancha tashkil qilish mumkin. Har bir kalit
so’zga yordamchi izohlar tashkil qilish mumkin. Shu o’rinda ta‘lim oluvchi yana Hint yordamchi
tugmaga murojaat qilib to’g`ri javobning harfma-harf tashkil qilishi ham mumkin(6-rasm). Undan
tashqari dastur bir necha kalit so’zlar ro’yxatini tashkil qilishi va ta‘lim oluvchi to’g`ri so’zni
tanlash orqali ham javob berish shaklini tashkil qilish mumkin. Buning uchun fayl
konfiguratsiyasini o’zgartirish kerak.
6-rasm.
JCross dasturida krossvordlar yaratish mumkin. Setkani xohlagan o’lchamda tashkil qilish
mumkin. YUqoridagi dasturlarda aytib o’tilganidek, yordamchi Hint yordamchi tugma imkoniyati
bunda ham mavjud (7-rasm). Sinov mashqini krossvord ko’rinishida
tashkil qilish, sinovni
qiziqarli mashg`ulotga aylantiradi. Bunda ta‘lim oluvchi savollarga javob berish jarayonida,
so’zlarni orfografik yozilishini ham o’rganadi.
7-rasm.
JMix dasturi gapdagi so’zlar aralashmasidan mashq yaratadi. Bunda to’g`ri javobni aniqlash
uchun bir necha so’zlarni to’g`ri ketma-ketligini tashkil qilish kerak. Ya‘ni gapdagi ketma-ketlik
aralash ko’rinishda taklif qilinadi. Bu sinov mashqida ta‘lim oluvchi o’yin o’ynayotgandek xis
qiladi o’zini (8-rasm). Sinov mashqini bajarish jarayonida, gaplarni grammatik tuzilishini to’g`ri
tashkil qilishni ham avtomatik ravishda o’rganib boradi.
8-rasm.
JMatch dastur mos keluvchi javoblarni topish sinov mashqini yaratadi. Chap tomonda
o’zgarmas ro’yxat tashkil qilinadi. O’ng tomonda esa aralash holda javoblar ro’yxati
tashkil
qilinadi (9-rasm). Bunda ta‘lim oluvchi o’zaro moslikni topishi kerak. Sinov mashqini
boshqotirma echishga qiyoslash mumkin.
9-rasm.