• Nazariy maʻlumot: Windows 11
  • 4-Amaliy mashgʻulot. Mavzu: Zamonaviy operatsion tizimlar bilan ishlash, mobil operatsion tizimlar va ularga xizmat koʻrsatish. VirtualBox dasturini kompyuterga oʻrnatish. Ishdan maqsad




    Download 11,89 Kb.
    bet1/4
    Sana10.01.2024
    Hajmi11,89 Kb.
    #134373
      1   2   3   4
    Bog'liq
    4-Amaliy mashgʻulot. Mavzu Zamonaviy operatsion tizimlar bilan -fayllar.org


    4-Amaliy mashgʻulot. Mavzu: Zamonaviy operatsion tizimlar bilan ishlash, mobil operatsion tizimlar va ularga xizmat koʻrsatish. VirtualBox dasturini kompyuterga oʻrnatish. Ishdan maqsad

    4-Amaliy mashgʻulot.


    Mavzu: Zamonaviy operatsion tizimlar bilan ishlash, mobil operatsion tizimlar va ularga xizmat koʻrsatish. VirtualBox dasturini kompyuterga oʻrnatish.


    Ishdan maqsad: Zamonaviy operatsion tizimlar bilan ishlash, mobil operatsion tizimlar va ularga xizmat koʻrsatish. VirtualBox dasturini kompyuterga oʻrnatishga oid malaka va koʻnikmalarni shakllantirish.


    Nazariy maʻlumot:


    Windows 11 — Windows 10 operatsion tizimining davomchisi hisoblanib, Microsoft tomonidan Windows NT oilasiga mansub boʻlgan shaxsiy kompyuterlar uchun operatsion tizimdir. Uning ilk taqdimoti 2021-yil 24-iyunda boʻlib oʻtdi. Windows 11 2021-yil 5-oktyabrda Windows 10 bilan ishlaydigan muvofiq qurilmalar uchun Windows Update orqali bepul yangilanish sifatida chiqarildi. Aynan xuddi shu sanada Microsoft Office 2021 chiqarilganligi eʼlon qilindi.
    Microsoft Build 2021 dasturchilar konferentsiyasida Microsoft bosh direktori Satya Nadella Windowsning keyingi avlodi haqida soʻz yuritdi. U bir necha oydan beri yangi operatsion tizim ustida ishlanayotganligi hamda yaqin orada uning rasmiy taqdimoti boʻlishini aytdi. Nadella nutqidan bir hafta oʻtib, Microsoft Windowsning 2021-yil 24-iyunga rejalashtirilgan tadbiriga taklifnoma yuborishni boshladi. 21-iyun kuni Microsoft Windows 11 ustida ishlayotganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. 24-iyun kuni Microsoft Windows 11 rasmiy taqdimotini oʻtkazdi. Tadbir 11:00 (Nyu-York vaqti bilan), 16:00 (Toshkent vaqti bilan)da boshlandi. Unda bolgʻusi operatsion tizim yangiliklari namoyish etildi.Ushbu tizim “Microsoft Fluent Design” deb nomlanuvchi yangilangan foydalanuvchi interfeysiga ega. Butun tizim shaffoflik, soyalar va yumaloq burchaklarga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Qayta ishlangan Ishga tushirish («Pusk») menyusi joriy etildi, u vazifalar paneli oʻrtasida joylashgan (lekin uni avvalgidek joylashtirish mumkin), jonli plitkalar mavjud emas. Vazifalar paneli ham markazlashtirilgan va soddalashtirilgan. Windows 10 da ilgari taqdim etilgan Vazifalarni koʻrish funksiyasi yangilangan dizayn asosida ishlab chiqilgan. Shuningdek yangi tizim ikonkalari, tovushlar va vidjetlar qoʻshilgan.
    Windows 11 yangilangan Segoe UI Variable shriftini oʻz ichiga oladi. Shrift oldingi Segoe UI shriftida hisobga olinmagan zamonaviy yuqori DPI displeylarini qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan. Ishlab chiquvchilar Windows 11da fon vazifalari bilan ishlashni yaxshiladilar, bu esa uni avvalgidan koʻra tezroq va samaraliroq ishlashini taʼminlashga olib keladi.
    Kirish va oʻchirish ekranlari uchun standart koʻk rang sxemasi qora rang bilan almashtirildi. “Oʻlik koʻk ekran” (BSOD) ham qora rangga oʻzgartirilgan.
    Ilk versiyalarda bu funksiya kiritilmagan boʻlsada, kelgusi 2022-yilga moʻljallangan Windows 11 ning yangilanishida rasman foydalanuvchilarga Android uchun yangi Windows quyi tizimi (WSA) va Android ochiq manba loyihasi (AOSP) yordamida Android ilovalarini oʻrnatish va ishga tushirish imkonini berish koʻzda tutildi (biroq buni oktyabr yangilanishida ham qilish mumkin). Android ilovalarni Microsoft Storedagi “Amazon Appstore” orqali olish mumkin. Ilovalarni ishga tushirish uchun Microsoft hisob qaydnomasi, Amazon hisob qaydnomasi, “Amazon Appstore” mijozining bir martalik oʻrnatilishi hamda kompyuterda 8 Gb yoki undan koʻp tezkor xotira (RAM) talab etiladi. Bundan tashqari foydalanuvchilar Android ilovalar toʻplami (APK) fayl formatidan foydalanib, har qanday manbadan Android ilovalarini koʻchirib olib oʻrnatishlari mumkin.

    Download 11,89 Kb.
      1   2   3   4




    Download 11,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-Amaliy mashgʻulot. Mavzu: Zamonaviy operatsion tizimlar bilan ishlash, mobil operatsion tizimlar va ularga xizmat koʻrsatish. VirtualBox dasturini kompyuterga oʻrnatish. Ishdan maqsad

    Download 11,89 Kb.