• Kerakli qurilma va materiallar
  • 4-amaliy mashg’ulot Stаndаrtlаshtirish sоhаsidа fаоliyat оlib bоruvchi tаshkilоtlаr vа ulаrning vаkоlаtlаri, vаzifаlаri Ishning maqsadi




    Download 17.67 Kb.
    Sana01.03.2024
    Hajmi17.67 Kb.
    #165229
    Bog'liq
    4-amaliy ish(1)
    multimedia hujjatlarini yaratishda autoplay dasturi imkoniyatlaridan foydalanish, Собиржонова Гулхаё Тохиржон, 2-Ma\'ruza, 1-МИ га топширик tayyor, 1685296695, 6-MAVZU. ZAMONAVIY MENEJER, amaliy ish 9, задания на лето 1 класс, bola rivojlanish xaritasi (2) 1111111, 8-Mavzu. Benzinli dvigatellarning ta`minlash tizimi. Reja, Копия yuzi, 16-мактаб, Документ Microsoft Word, 3-4-jadval, 9 b sinf hisoboti

    4-amaliy mashg’ulot
    Stаndаrtlаshtirish sоhаsidа fаоliyat оlib bоruvchi tаshkilоtlаr vа ulаrning vаkоlаtlаri, vаzifаlаri
    Ishning maqsadi:
    Stаndаrtlаshtirish sоhаsidа fаоliyat оlib bоruvchi tаshkilоtlаr vа ulаrning vаkоlаtlаri, vаzifаlаri bo’yicha umumiy ma’lumotlarga ega bo’lish.
    Kerakli qurilma va materiallar:
    Ma’lumotlar, tarqatma materiallar, kompyuter qurilmasi, o’quv qurollari.
    O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni olib borish tashkiliy-texnikaviy qoidalarini belgilovchi standartlashtirish davlat tizimi (O‘zSDT) amalda qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimining asosiy tamoyillari Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 2 mart № 93-sonli “O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilangan.
    “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq respublikada standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni quyidagilar bajaradi:
    – xalq xo‘jaligi tarmoqlarida – O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi;
    – qurilish, qurilish industriyasi, shu jumladan, loyihalash va konstruksiyasini tuzish sohasida – O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi;
    – tabiiy boyliklardan foydalanishni tartibga solish va atrof-muhitni ifloslanish va boshqa zararli ta’sirlardan muhofazalash – O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
    – tibbiyotga mo‘ljallangan mahsulot, tibbiyot texnikasi buyumlari, dori-darmon vositalari sohasida, shuningdek, respublika sanoatida ishlab chiqariladigan va import bo‘yicha yetkazib beriladigan mahsulotda inson uchun zararli moddalarning borligini aniqlash bo‘yicha masalalarda - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
    – davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari o‘zlarining vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlar (keyinchalik – standartlar), shuningdek, “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunni qo‘llanish bo‘yicha yo‘riqnomalar va tushuntirishlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi, chop etadi.
    O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga Qonun bo‘yicha, respublikada standartlashtirish ishlarini olib borish umumiy qoidalarini o‘rnatish bilan bir qatorda manfaatdor tomonlarning davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari bilan hamkorlik qilish shakllari va usullarini aniqlash vazifasi ham yuklatilgan.
    “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq standartni tasdiqlagan idoralar standartlarning axborot-tarmoq jamg‘armalarini yaratadi va olib boradi, manfaatdor iste’molchilarni xalqaro\davlatlararo\hududiy standartlar, O‘zbekiston Respublikasining standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, shuningdek, standartlashtirish sohasida xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborot davlat tasniflagichi, standartlashtirish bo‘yicha qoidalar, me’yorlar va tavsiyalar to‘g‘risida axborotlar bilan ta’minlaydi. Standartlarni nashr etish va qayta chop etishni ularni tasdiqlagan idora bajaradi. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi respublikada standartlashtirish ishlarini tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va ta’minlash uchun mahsulotni standartlashtirish, metrologiya, sinash va sertifikatlashtirish masalalarida davlat boshqaruv idoralarini, tegishli vazirliklar, mahkamalar, assosiatsiyalar, konsernlar, korxonalar, tashkilotlar, jamoa birlashmalarini jalb etish huquqiga ega.
    O‘zSDT (O‘zDSt 1.0:1998)ning asosiy qoidalarida belgilanishicha, davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari o‘z vakolatlari doirasida va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan kelishilgan holda standartlashtirish bo‘yicha ishlarda qatnashadi, O‘zSDT doirasida standartlashtirish tarmoq tizimlarini ishlab chiqishi va tasdiqlashi mumkin.
    Iqtisodiyot tarmoqlarida va faoliyatning boshqa sohalarida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish, rejalash va muvofiqlashtirish uchun xos boshqaruv idoralari standartlashtirish bo‘linmalarini yaratadi va\yoki standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlarni tayinlaydi.
    Davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari davlat va tarmoq standartlashtirish dasturlari bo‘yicha standartlashtirish ishlarini olib boradi.
    Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini quyidagilar tashkil etadi:
    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
    • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari - O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
    • texnik jihatdan tartibga solish sohasida o‘z vakolatlari doirasida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
    • texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
    • texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlarning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi;
    • texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlaydi;
    • umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
    O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi:
    • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarining loyihalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan takliflar kiritadi;
    • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqishga doir faoliyatini o‘z vakolati doirasida muvofiqlashtiradi hamda tashkil etadi;
    • umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
    • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasini tuzadi;
    • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni o‘z vakolati doirasida ekspertizadan o‘tkazadi;
    • o‘z vakolati doirasida: xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi;
    • mahsulotlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan, mahsulotning namunalarini olish, sinovlari va o‘lchovlari usullarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
    • umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan o‘z vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshiradi;
    • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi;
    • texnik jihatdan tartibga solish sohasida o‘z vakolati doirasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
    O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
    O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning xavfsizligiga doir, ularda inson hayoti va sog’lig’i uchun zararli bo‘lgan moddalar, kasallik tug’diruvchi organizmlarning mavjudligi, kasallik tashuvchilarning kirib kelishi yoki tarqalishining oldini olish, tibbiyot uchun mo‘ljallangan buyumlar, tibbiy texnika va dori vositalarini ishlab chiqarish hamda qo‘llash bo‘yicha majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi.
    O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi shaharsozlik faoliyatida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi.
    O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tabiiy resurslardan foydalanishda hamda atrof-muhitni ifloslanish va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi.
    Ushbu texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari o‘z vakolati doirasida:
    • texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari loyihalari va umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash yuzasidan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga takliflar kiritadi;
    • umumiy va maxsus texnik reglamentlar ishlab chiqilishini amalga oshiradi hamda ularni ekspertizadan o‘tkazadi;
    • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarini tuzadi;
    • avlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ekspertizadan o‘tkazadi;
    • umumiy texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
    • maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi;
    • umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
    • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi;
    • texnik jihatdan tartibga solish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
    Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
    Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida:
    • texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari loyihalari yuzasidan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga takliflar kiritadi;
    • umumiy va maxsus texnik reglamentlar ishlab chiqilishini amalga oshiradi;
    • umumiy va maxsus texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
    • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlarini tuzadi;
    • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantirishda ishtirok etadi;
    • umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi.
    Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
    Davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi.
    Nazorat uchun savollar

    1. “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq respublikada standartlashtirish bo‘yicha ishlarni kimlar bajaradi?

    2. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi qanday huquqlarga ega?

    3. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini nimalar tashkil etadi?

    4. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari o‘z vakolati doirasida qanday ishlarni amalga oshiradi?

    Download 17.67 Kb.




    Download 17.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-amaliy mashg’ulot Stаndаrtlаshtirish sоhаsidа fаоliyat оlib bоruvchi tаshkilоtlаr vа ulаrning vаkоlаtlаri, vаzifаlаri Ishning maqsadi

    Download 17.67 Kb.